70-modda. Alimentlar va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi
Alimentlar va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi O‘zbekiston
Respublikasining Oila
kodeksi
bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining
V bo‘limiga
qarang.
8-BOB. MULKIY XUSUSIYATGA EGA BO‘LMAGAN NIZOLAR BO‘YIChA IJRO
HUJJATLARINI IJRO ETISh
71-modda. Qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga
oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning umumiy
shartlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga
oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi yuritishni
qo‘zg‘atayotganda ularni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun unga o‘n besh kunlik muddat
belgilaydi.
Davlat ijrochisi ijro hujjatining o‘zi belgilagan muddatda ixtiyoriy ravishda ijro etilishi
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Qarzdor ijro hujjatining talablarini davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda uzrsiz
sabablarga ko‘ra ijro etmagan taqdirda, davlat ijrochisi qarzdorga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llaydi,
sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlagan taqdirda esa uni jinoiy javobgarlik to‘g‘risida yozma
shaklda ogohlantiradi. Qarzdor shundan so‘ng ham ijro hujjatini ijro etishdan bo‘yin tovlagan
taqdirda, davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda uni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini
ko‘radi;
(71-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
72-modda. Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjati, basharti u bilan tuzilgan mehnat
shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan yoki u qonunga xilof ravishda boshqa ishga
o‘tkazilgan bo‘lsa, darhol ijro etiladi.
Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor
qilish yoki boshqa ishga o‘tkazish haqidagi o‘zining noqonuniy farmoyishini bekor qilish
to‘g‘risida buyruq chiqarib, xodim ilgarigi mehnat majburiyatlarini bajarishga amalda qo‘yilgan
vaqtdan boshlab tamomlangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |