Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

74-modda. Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun 
davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda, ko‘chirib kiritish davlat ijrochisi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
(74-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ko‘chirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining ijro hujjatida ko‘rsatilgan 
xonaga moneliksiz kirishini va unda yashashini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Bunda qarzdorga 
majburiy ko‘chirib kiritish amalga oshirilayotgani va u undiruvchining yashashiga monelik 
qilmasligi shart ekanligi tushuntiriladi. 
(74-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatining ijro etilishiga qarzdor monelik 
qilgan taqdirda, ijro harakatlari xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa — ichki ishlar organlari 
xodimlarining ko‘magida amalga oshiriladi. Undiruvchining yashashiga monelik qilish keyinchalik 
ham davom etsa, mazkur harakatlar yana amalga oshiriladi va qonunda nazarda tutilgan javobgarlik 
choralari qo‘llaniladi. 
(74-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi 
tomonidan ko‘chirib kiritish to‘g‘risida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi. 
(74-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Agar undiruvchining tegishli xonadan har kuni moneliksiz foydalanish imkoniyati 
ta’minlangan bo‘lsa, ijro hujjati ijro etilgan hisoblanadi. 
Agar undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risida dalolatnoma tuzilganidan keyin qarzdor 
undiruvchining yashashiga yana monelik qilsa, ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi yuritish yangidan 
tiklanishi mumkin. 
Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor bo‘lmagan shaxs undiruvchining yashashiga monelik qilsa, 
ijro ishi yuritish qayta tiklanmaydi. Bunday holda ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi masala sud 
tartibida hal qilinadi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling