Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
16-modda. Qonuniy vakillar
Ijro ishi yuritishda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari himoya qiladilar. Ular o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar. Qonuniy vakillar amalga oshirish huquqi vakil qilinayotganlarga tegishli bo‘lgan barcha harakatlarni qonunda nazarda tutilgan cheklanishlar bilan vakil qilinayotganlarning nomidan bajaradilar. Oldingi tahrirga qarang. Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan jismoniy shaxs ishtirok etishi lozim bo‘lgan ijro ishi yuritish bo‘yicha, bedarak yo‘qolganning mol-mulki ishonchli boshqaruviga berilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda tayinlangan shaxslar bedarak yo‘qolgan shaxsning vakili sifatida qatnashadilar. (16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33 , 35-moddalari va 49-bobiga qarang. Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri ishtirok etishi lozim bo‘lgan ijro ishi yuritish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo‘lsa, vasiy yoki meros mol-mulkni muhofaza qilish va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi merosxo‘rning vakili sifatida qatnashadi. LexUZ sharhi Fuqaroni bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 36 va 37-moddalari hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 32-bobida belgilangan. Qonuniy vakillar ijro ishi yuritishda ishtirok etishni o‘zlari vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga egadirlar. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling