Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

19-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari 
Xolis tegishli ijro harakati dalolatnomasida o‘zi ishtirok etgan ijro harakatlari fakti, 
mazmuni va natijalarini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Xolis o‘zining qanday ijro harakatlarini 
amalga oshirish uchun taklif qilinganligini, ular qanday ijro hujjatlariga asosan amalga 
oshirilayotganligini bilishga, amalga oshirilgan ijro harakatlari bo‘yicha fikr-mulohazalar 
bildirishga haqli. Xolisning mulohazalari tegishli ijro harakatlari dalolatnomasiga kiritilishi lozim. 
Xolisning istagiga binoan bunday mulohazalar uning o‘z qo‘li bilan yozilishi mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Xolislar ishtirok etadigan ijro harakatlari boshlanishidan oldin davlat ijrochisi ularga o‘z 
huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. 
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Xolislar o‘z majburiyatlarini bajarishlari munosabati bilan o‘zlari qilgan xarajatlari 
qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Mazkur xarajatlar ijro harakatlarini amalga oshirish 
xarajatlariga kiritiladi. 
 LexUZ sharhi 
Mazkur Qonunning 
9-bobiga 
qarang. 
20-modda. Ijro ishi yuritishda mutaxassislarning ishtiroki 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro harakatlarini amalga oshirayotganda yuzaga keladigan, maxsus bilimlarni talab 
qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun davlat ijrochisi o‘z tashabbusiga yoki taraflarning 
iltimosiga binoan o‘zining qarori bilan mutaxassis tayinlashi mumkin. 
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mutaxassis sifatida zarur bilimlarga ega shaxs tayinlanishi mumkin. Mutaxassis yozma 
ravishda xulosa beradi. Mutaxassisning yozma xulosasi u davlat ijrochisining qarori bilan tanishgan 
kundan e’tiboran o‘n besh ish kuni ichida taqdim etilishi kerak. 
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mutaxassis davlat ijrochisining chaqiruvi bo‘yicha kelishi, qo‘yilgan masalalar yuzasidan 
xolisona xulosa berishi, o‘zi bajarayotgan harakatlarni tushuntirib berishi shart. Mutaxassis ijro 
harakatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bajargan ishi uchun haq olish huquqiga ega. Bu haq ijro 
harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi. 
(20-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling