Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

25-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar qarzdor jismoniy shaxs bo‘lsa, ijro harakatlarini davlat ijrochisi uning yashash joyi 
yoki ish joyida yoxud uning mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi.
Agar qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa, ijro harakatlarini davlat ijrochisi uning organi 
joylashgan yoki mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi.
Qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklovchi ijro 
hujjatlarining talablari bunday harakatlar amalga oshiriladigan joyda bajariladi.
Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorning yashash joyi, ish joyi yoki turgan joyi 
o‘zgargan bo‘lsa yoki ilgarigi turgan joyida undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yo‘q 
ekanligi yoxud undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli emasligi ma’lum bo‘lib 
qolsa, davlat ijrochisi bu haqda darhol dalolatnoma tuzadi hamda dalolatnoma tuzgan kunning 
ertasidan kechiktirmay ijro hujjatini dalolatnomaning nusxasi bilan birga qarzdorning ma’lum 
bo‘lgan yangi yashash joyidagi, ish joyidagi, turgan joyidagi yoki qarzdorning mol-mulki turgan 
yangi joydagi davlat ijrochisiga yuboradi, ayni bir vaqtda bu haqda undiruvchini, ijro hujjatini 
bergan sud yoki boshqa organni xabardor qiladi.
Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida zarurat tug‘ilsa, davlat ijrochisi ijro harakatlarini 
o‘z vazifalarini bajara olishi mumkin bo‘lgan hududdan tashqarida ham amalga oshirishi mumkin. 
Bu holda davlat ijrochisi ushbu moddaning 
to‘rtinchi qismiga 
muvofiq dalolatnoma tuzib
ko‘rsatilgan hududga boradi. U yetib borgan paytdan boshlab bir sutka ichida ijro harakatlarini 
amalga oshirish joyidagi katta davlat ijrochisiga ijro harakatlarini shu hududda amalga oshirishi 
zarurligi to‘g‘risida ma’lum qiladi, katta davlat ijrochisi bu erga kelgan davlat ijrochisiga 
ko‘maklashadi.
Bir davlat ijrochisining boshqa davlat ijrochisiga yuborgan ijro hujjati ijro etish uchun 
qabul qilib olinishi lozim.
Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi to‘g‘risida davlat ijrochilari o‘rtasida kelib 
chiqadigan nizolar Majburiy ijro byurosi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan hal etiladi.
(25-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling