32
1
-modda. Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish
(32
1
-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari
bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan
shaxsning yoki qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi
qaror qabul qilishi shart.
(32
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli
Qonuniga
asosan birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y.,
03/22/762/0290-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun
belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin
bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat
mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati
tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan
taqdirda, davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish
to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan sudga o‘n kunlik muddat ichida murojaat qiladi.
(32
1
-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |