Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risidagi masalalarning


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

38-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risidagi masalalarning 
sud yoki davlat ijrochisi tomonidan ko‘rib chiqilishi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Sud tomonidan berilgan ijro hujjatiga asosan qo‘zg‘atilgan ijro ishi yuritishni to‘xtatib 
turish va tugatish o‘sha sud yoki davlat ijrochisi turgan joydagi sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilmagan ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi 
yuritishni to‘xtatib turish va tugatish davlat ijrochisi turgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud 
tomonidan amalga oshiriladi. 
(38-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi 
O‘RQ-833-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 
03/23/833/0236-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining
Fuqarolik protsessual
,
Iqtisodiy protsessual 
yoki 
Jinoyat-protsessual kodekslarida 
yoxud O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini 
yuritish to‘g‘risidagi 
kodeksida 
boshqa tartib belgilanmagan bo‘lsa, ijro ishi yuritishdagi 
taraflarning yoki davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish haqidagi yoki tugatish 
to‘g‘risidagi arizasi u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sud tomonidan ko‘rib 
chiqiladi.
(38-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son) 
Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish, ushbu Qonun 34-moddasining 
ikkinchi 
qismi
, 35-moddasining 
ikkinchi qismi 
va 37-moddasining 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan 
hollarda, ijro hujjati qaysi davlat ijrochisining ish yuritishida bo‘lsa, o‘sha davlat ijrochisi 
tomonidan amalga oshiriladi.
Ijro ishi yuritishdagi taraflarning ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish 
to‘g‘risidagi arizasi u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda davlat ijrochisi 
tomonidan ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra davlat ijrochisi ijro ishi 
yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish haqida yoxud ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishni yoki 
tugatishni rad qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish haqidagi sud hujjati yoxud boshqa 
organning hujjati davlat ijrochisi tomonidan olingan paytdan e’tiboran darhol ijro etilishi kerak. 
Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida bu haqda unga ma’lum 
bo‘lgan vaqtdan e’tiboran uch kunlik muddatda ijro ishi yuritishdagi taraflarga, sudga (agar masala 
ijro hujjatini bergan sud tomonidan emas, boshqa sud tomonidan hal qilingan bo‘lsa) yoki ijro 
hujjatini bergan o‘zga organga ma’lum qiladi.
To‘xtatilgan ijro ishi yuritish bo‘yicha u tiklanguniga qadar majburiy ijro choralari 
qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sud yoki boshqa organning ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoxud tugatish to‘g‘risidagi 
hujjati ustidan o‘n kunlik muddatda shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin.


(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling