Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro ishi yuritishni tamomlash


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

41-modda. Ijro ishi yuritishni tamomlash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda tamomlanadi:
ijro hujjati amalda ijro etilganda;
yig‘ma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlaridagi undiruv to‘g‘risidagi talablar 
bir yoki bir nechta solidar javobgar qarzdor hisobidan amalda ijro etilganda;
ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga binoan ijro etilmasdan 
qaytarilganda;
ijro hujjati ushbu Qonunning 
40-moddasida 
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha qaytarilganda;
ijro hujjati ijro etish uchun ushbu Qonun 25-moddasining 
to‘rtinchi qismiga 
muvofiq 
boshqa davlat ijrochisiga yuborilganda;
ijro hujjati ijro etish uchun tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga, tugatish 
boshqaruvchisiga) yuborilganda.
Ijro ishi yuritish tamomlanganda davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Ijro ishi 
yuritishni tamomlash to‘g‘risidagi qarorda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib 
qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar, shu 
jumladan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga oid cheklashlar va qarzdorning o‘z mol-mulkiga 
bo‘lgan huquqlariga doir cheklovlar bekor qilinadi.
Ijro ishi yuritish ushbu Qonunning
25-moddasi 
asosida boshqa davlat ijrochisiga 
yuborilishi munosabati bilan tamomlanayotganda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, 
olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar 
bekor qilinmaydi. Mazkur vakolatlar ijro ishi yuritish yuborilgan davlat ijrochisiga o‘tadi.
Davlat ijrochisi qarorining ko‘chirma nusxalari u chiqarilgan kunning ertasidan 
kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa 
organga yuboriladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qo‘yilgan inkasso 
topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu 
cheklovlarning bekor qilinganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ijro ishi yuritish tamomlanganidan so‘ng davlat ijrochisi qarzdordan ijro yig‘imini, davlat 
ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni hamda ijro xarajatlarini undirish to‘g‘risida 
ilgari chiqarilgan va ijro etilmagan qarorlarning ijrosini davom ettiradi. Bunda qarzdorga nisbatan 
ijro ishi yuritish jarayonida belgilangan cheklovlar mazkur qarorlar ijrosi uchun zarur bo‘lgan 
miqdorda saqlab qolinadi. Ijro ishi yuritish tamomlangan taqdirda, ijro yig‘imi faqat ijro hujjatining 
majburiy tartibda ijro etilgan qismi bo‘yicha undiriladi, nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari 
bundan mustasno.
Ijro ishi yuritish, ushbu modda birinchi qismining 
ikkinchi
va 
uchinchi xatboshilarida 
nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra tamomlanganda ijro hujjatining asl nusxasi, boshqa hollarda esa 
ijro hujjatining ko‘chirma nusxasi ijro ishi yuritish materiallarida qoladi.


(41-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling