Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdor jismoniy shaxsga mulk
huquqi asosida tegishli
bo‘lgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi bo‘lgan yagona uyga (kvartiraga), agar qarzdor va
(yoki) uning oila a’zolari unda doimiy ravishda yashayotgan bo‘lsa qaratilmaydi,
ijro hujjatida
undiruvni mazkur uyga (kvartiraga) qaratish nazarda tutilgan yoxud ushbu mol-mulk majburiyat
bo‘yicha garov narsasi bo‘lgan hollar bundan mustasno. Undiruv boshqa uylarga (kvartiralarga),
ularda qarzdor va (yoki) uning oila a’zolari yoxud o‘zga shaxslar doimiy
ravishda yashab turgan-
turmaganligidan qat’i nazar, qaratilishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Undiruvchi yoki davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra, undiruv sud tomonidan qarzdorning
yagona uyiga (kvartirasiga) yoxud uy hududidagi alohida turgan
binoga yoki uyning muayyan
qismiga, agar sud uyni (kvartirani), shu jumladan unga tutash hududni qismlarga bo‘lish mumkin,
qarzdor tasarrufida qolgan qismi esa qarzdor va uning oila a’zolari normal turmush kechirishi uchun
yetarli
deb topgan taqdirda, qaratilishi mumkin.
(52-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan,
qarzdor va uning oila a’zolari normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan
uy anjomlari va
jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlarga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin
emas.
Investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan
investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mablag‘lar va
boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida qarzdorning ilgari
yuzaga kelgan qarzini uzish
hisobiga majburiy tartibda undirib olinmaydi.
(52-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: