Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

53
1
-modda. Qimmatli qog‘ozlarni xatlash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Hujjatli qimmatli qog‘ozlar ularning turgan joyi bo‘yicha xatlanadi. Hujjatsiz qimmatli 
qog‘ozlar ushbu qog‘ozlar egasining huquqlari ro‘yxatga olingan joy bo‘yicha xatlanadi.
Qimmatli qog‘ozlar xatlanganda davlat ijrochisi qaror chiqaradi. Hujjatli qimmatli 
qog‘ozlar xatlanganligi to‘g‘risida davlat ijrochisi xatlangan qimmatli qog‘ozlarning xatlov 
dalolatnomasini ham tuzadi.
Davlat ijrochisining qimmatli qog‘ozlar xatlanganligi to‘g‘risidagi qarorida yoki 
dalolatnomasida xatlangan qimmatli qog‘ozlarning umumiy soni, ularning turi va qimmatli 
qog‘ozlar emitentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan sana (aksiyalar 
bundan mustasno), ularni identifikatsiya qilish, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning qarzdorga 
tegishliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Qarzdorga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning xatlanishi qarzdorga ularni tasarruf 
etish, shuningdek bunday qimmatli qog‘ozlar o‘tkazmalarini amalga oshirish taqiqlanganligini 
anglatadi. O‘zga turdagi cheklovlarni belgilashda, shu jumladan qarzdorning qimmatli qog‘ozlarda 
mustahkamlab qo‘yilgan daromad olish huquqi va boshqa huquqlarini cheklashda davlat ijrochisi 
belgilangan cheklovlarni qimmatli qog‘ozlarni xatlash to‘g‘risidagi qarorda sanab o‘tishi shart.
(53
1
-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
54-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda 
sud ijrochisi tomonidan bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi. 
(54-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat ijrochisi mol-mulkni baholovchi tashkilotni jalb etadi, ushbu moddaning 
uchinchi

to‘rtinchi
 va 
oltinchi qismlarida
 nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Davlat ijrochisi alohida ko‘char mol-mulkning shartnomaviy narxini faqat alohida olingan 
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami 
qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, baholovchi 
tashkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan 
mustasno. 
(54-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish hisobiga undiruv qaratilayotgan garovga qo‘yilgan 
mol-mulk qo‘shimcha baholanmaydi hamda tijorat bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan garov 
(ipoteka) to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha realizatsiya qilinadi.
(54-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qimmatli qog‘ozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho 
toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa ro‘zg‘or buyumlari, nodir buyumlar, asl tasviriy 
san’at hamda haykaltaroshlik asarlari mutaxassislar albatta ishtirok etgan holda qonunchilikda 
belgilangan tartibda baholanishi, keyin (uch ish kuni ichida) mas’uliyatli saqlash uchun bankka yoki 
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoxud investitsiya vositachisiga topshirilishi kerak, 
muayyan turdagi qimmatliklar muzeyga yoki ularning saqlanish sharoitlarini ta’minlovchi boshqa 
ixtisoslashtirilgan muassasaga topshirilishi lozimligi to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan hollar 
bundan mustasno. 
(54-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati 
tegishli qimmatli qog‘ozlar o‘zida birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan va qonunchilikka muvofiq 
kotirovka qilinadigan fond birjasiga qimmatli qog‘ozlar kotirovkalariga doir so‘rov berish orqali 
sud ijrochisi tomonidan aniqlanadi. 
(54-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar davlat ijrochisi tomonidan ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar fond birjasining 
birja kotirovkasi varag‘iga kiritilmagan bo‘lsa, davlat ijrochisi qimmatli qog‘ozlarni baholash uchun 
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda baholovchi tashkilotni jalb etadi. 
(54-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash to‘g‘risidagi hisobot 
olingan (chiqarilgan) paytdan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay ijro ishi yuritishdagi 
taraflarga baholash natijalari haqida bildirishnoma yuboriladi.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan baholash obyektining qiymati xususida ijro 
ishi yuritishdagi taraflar o‘tkazilgan baholash to‘g‘risida o‘zlari xabardor qilingan kundan e’tiboran 
o‘n kundan kechiktirmay sudda nizolashishi mumkin. 
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni 
baholash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan 
nizom 
bilan tartibga solinadi. 
(54-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling