Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
(56-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-
sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son) Qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlarning birja bozorlarida va uyushgan birjadan tashqari bozorlarida realizatsiya qilinishi kerak. Ular davlat ijrochisi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi investitsiya vositachisi — broker tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Qimmatli qog‘ozlar arzonlashtirilmaydi va ikki oy mobaynida bir necha marta kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Qimmatli qog‘ozlar mazkur muddatda realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga ushbu qimmatli qog‘ozlarni ularning broker tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yilgan oxirgi kimoshdi savdosi kunining oxirgi kimoshdi savdosi soatidagi o‘rtacha narxida o‘zida qoldirishni taklif etadi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish haqidagi ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan taklifi davlat ijrochisi tomonidan tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi kerak. Bir navbatdagi talablar bo‘yicha bir nechta undiruvchi mavjud bo‘lgan taqdirda, takliflar ijro hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushish navbatiga muvofiq, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkka nisbatan esa qonunda belgilangan navbatga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan undiruvchilarga yuboriladi. Agar mol-mulkning davlat ijrochisi tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati bo‘yicha undiruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan ortiq bo‘lsa, undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirishga tegishli farqni bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga to‘lagan (o‘tkazgan) taqdirda haqli, bu haqda taklifda ko‘rsatib o‘tiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish to‘g‘risidagi qarori haqida davlat ijrochisini taklifni olgan kundan e’tiboran besh kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart. (56-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ- 572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943- son) Oldingi tahrirga qarang. Undiruvchi mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechgan yoxud bu haqdagi o‘z qarorini belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etmagan taqdirda mol-mulk ijro xarajatlari, shu jumladan mol-mulkni olib qo‘yish, baholash va realizatsiya qilish bo‘yicha qilingan xarajatlar undirilgan holda qarzdorga qaytariladi. Undiruvchi — talabi realizatsiya qilinmagan mol-mulk bilan ta’minlangan kreditor realizatsiya qilinmagan mazkur mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechganda yoxud belgilangan muddatda o‘z qarorini yozma shaklda taqdim etmaganda, ijro ishi yuritish ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi, realizatsiya qilinmagan boshqa mol-mulk bo‘yicha ijro ishi yuritish esa qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘zga mol- mulk mavjud bo‘lmasa, ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi. (56-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son) Olib qo‘yilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor qarzini va davlat ijrochisi mol-mulkni olib qo‘yish, baholash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq holda qilgan xarajatlarning o‘rni to‘liq qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga oshirayotgan davlat ijrochisiga taqdim etgan taqdirda ham qarzdorga qaytariladi. Realizatsiya qilingan mol-mulkni mol-mulkning bahosi to‘liq to‘languniga qadar xaridorlarga berib yuborish, shuningdek to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) sharti bilan realizatsiya qilish savdo tashkilotlariga va davlat ijrochilariga taqiqlanadi. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish xususiyatlari, shuningdek ko‘chmas mulkni uzoq muddatga ijaraga olish huquqlarini, qarzdorning yer uchastkalariga, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mulkiy huquqlarini realizatsiya qilish tartibi ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (56-moddaning uchinchi — o‘n to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9- yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan uchinchi — o‘n uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling