Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Undiruv qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilganda ijroni


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

61-modda. Undiruv qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilganda ijroni 
ta’minlash choralari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Uchinchi navbatda realizatsiya qilinadigan davlatga qarashli mol-mulk xatlab qo‘yilganda 
davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilgandan keyin uch kunlik muddat ichida xatlangan mol-
mulkning tarkibi va qiymati to‘g‘risidagi, shuningdek undiruvchining talablari summasi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda qarzdorning mol-mulki xatlanganligi haqidagi 
xabarnomani davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega organning tegishli hududiy bo‘linmasiga 
yuboradi. Mazkur xabarnomaning nusxasi qarzdor yuridik shaxs tomonidan budjetga to‘lovlar va 
davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar amalga oshirilishini nazorat qiluvchi soliq organiga 
yuboriladi. 
(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(61-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi 
O‘RQ-199-sonli 
Qonuniga
 asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdor yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy 
sudda ish yuritish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ijro ishi yuritish va undiruv qaratilgan mol-mulkni 
realizatsiya qilish masala mohiyatan iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib 
turiladi. 
(61-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 
62-modda. Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling