Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
74-modda. Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang. Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda, ko‘chirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi. (74-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Ko‘chirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining ijro hujjatida ko‘rsatilgan xonaga moneliksiz kirishini va unda yashashini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Bunda qarzdorga majburiy ko‘chirib kiritish amalga oshirilayotgani va u undiruvchining yashashiga monelik qilmasligi shart ekanligi tushuntiriladi. (74-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatining ijro etilishiga qarzdor monelik qilgan taqdirda, ijro harakatlari xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa — ichki ishlar organlari xodimlarining ko‘magida amalga oshiriladi. Undiruvchining yashashiga monelik qilish keyinchalik ham davom etsa, mazkur harakatlar yana amalga oshiriladi va qonunda nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llaniladi. (74-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) Oldingi tahrirga qarang. Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan ko‘chirib kiritish to‘g‘risida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi. (74-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Agar undiruvchining tegishli xonadan har kuni moneliksiz foydalanish imkoniyati ta’minlangan bo‘lsa, ijro hujjati ijro etilgan hisoblanadi. Agar undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risida dalolatnoma tuzilganidan keyin qarzdor undiruvchining yashashiga yana monelik qilsa, ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi yuritish yangidan tiklanishi mumkin. Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor bo‘lmagan shaxs undiruvchining yashashiga monelik qilsa, ijro ishi yuritish qayta tiklanmaydi. Bunday holda ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi masala sud tartibida hal qilinadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling