undirilgan summalarni undiruvchiga pochta orqali o‘tkazishga (jo‘natishga) sarflangan
mablag‘lar;
qarzdorni, uning mol-mulkini yoki qarzdordan sudning qarori bo‘yicha olib qo‘yilgan
bolani qidirishga sarflangan mablag‘lar;
ijro hujjatini ijro etish jarayonida amalga oshiriladigan boshqa
zarur ijro harakatlariga
sarflangan mablag‘lar.
Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
76-modda. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan bo‘nak bilan ta’minlanishi
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijro harakatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida undiruvchi davlat ijrochilarining
depozit hisobvarag‘iga tegishli xarajatlarni yoxud ularning bir qismini amalga oshirish uchun yetarli
miqdorda bo‘nak badalini o‘tkazishga haqli.
(76-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ushbu Qonun 42-moddasining
ikkinchi
qismida
nazarda tutilgan hollarda undiruvchi
qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo‘yicha tegishli xarajatlarni to‘liq bo‘nak
bilan
ta’minlashga haqli.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijro harakatlari tamomlanganda bo‘nak badali (ushbu Qonunning
77-moddasiga
muvofiq
xarajatlarning qarzdor hisobidan amalga oshirilgan qismi) undiruvchiga to‘liq
qaytariladi, ushbu
Qonun 40-moddasining
oltinchi
qismida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(76-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: