Ўзбекистон республикси


Tasviriy faoliyat darsini tashkil etish va olib borish


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/39
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#218641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
tasviriy faoliyatga orgatish maxsus metodikasi

Tasviriy faoliyat darsini tashkil etish va olib borish. 

Rivojlanishda  nuqsoni  bo‟lgan  bolalar  maktabining  tasviriy  faoliyat 

darslarida,  rasm  chizishni  o‟rgatishdan  tashqari  bolalarni  nutqini  va  eshitish 

qobiliyatini rivojlantirish ustida ish olib boriladi. 

Rassomchilik  bilimi  va  mahoratini  shakllantirish  murakkab  jarayondir. 

Bunda doim yangi materialni o‟zlashtirish, vaqti –vaqti bilan qaytarib turish va 

umumlashtirish lozimdir. 

Tasviriy faoliyat darslari quyidagi etaplardan tashkil etiladi. 

1.Darsni tashkil etish. 




 

24 


2.Darsning  asosiy  hismi.  (dars  mazmuni,  yangi  yoki  o‟talgan  materialni 

tushuntirish). 

3.Ish natijasini va darsga yakun yasash. 

Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalar maktabida har bir dars davomida, dars 

shaxsiy  foydalaniladigan  eshitish  apparatining  ishga  yaroqliligini,  ish  joyi  va 

o‟qivchilarning  joylashganligini  tekshirishdan  boshlanadi.  1-sinfning  dastlabki 

dars  davomida  hamma  o‟quvchilarni  shaxsiy  so‟roq  qilish  kerak.  “Partangda 

niam  turibdi”,  “Nomi  nima”,  “Malikaga qizil qalamni  ber”,  “To‟g‟rio‟tir”, shu 

kabi  so‟roqlarga  tutib  darsning  asosiy  hismiga  bosqichma-bosqich  o‟tiladi. 

Buning  uchun  o‟qituvchi  avvalgi  darsda  o‟tilgan  o‟quv  materialiga  qaytib, 

bolalarni  so‟roqdan  o‟tkazadi:  «O‟tgan  darsda  nimaning  rasmini  chizgan 

edinglarq”,  “qaysi  ranglardan  foydalandinglarq”,  “qanday  bilimga  ega 

bo‟ldinglarq” va hokazo. 

Darsning  kirish  hismiga  5  daqiqa  ajratiladi.  Darsning  asosiy  hismi 

qoyilgan maqsad va masalalar asosida tuziladi.  Shuni ham aytib o‟tish kerakki. 

O‟qituvchi  mavzuni  e'lon  qilishdan  oldin,  o‟quvchilarni  oylashga,  nimani 

chizilishi kerakligini topishga yo‟naltirilgan savol bilan murojat etadi. Masalan: 

mavzu  «Olma”  rasmini  chizish  bo‟lsa,  daraxtda  pishadi,  dumaloq,  rangi  sariq, 

qizil, yashil bo‟ladi, yozda va kuzda pishadi, shirin, nordon bo‟ladi, qani bolalar 

oylab javob bering deydi, so‟ng o‟quvchilar olma deb javob berishadi. Shundan 

so‟ng o‟qituvchi to‟g‟ri bugun biz sizlar bilan olma rasmini chizamiz, deb darsni 

davom ettiradi.  1-2 sinfda yangi mavzuni tushuntirish jarayonida o‟qituvchi va 

o‟quvchilarning  birga  ishlaganlari  ma'qul.  Ko‟rgazmali  qurollar  yordamida 

bosqichma-bosqich  chiziladi.  3-sinf  esa  o‟qituvchi  oldin  tushuntirish  ishlarini 

olib borgandan keyin o‟quvchilar mustaqil ravishda ishlashadi. 

Tasviriy  faoliyat  darslarida  o‟quvchilar  ilk  bor  sur'atlarni  kuzatish  usuli 

bilan  rasm  chizish  turlari  va  janrlari  bilan  tanishadilar.  Bu  darsda  o‟qituvchi 

kerakli bo‟lgan ko‟rgazmalarni, yangi nutq materiali yozilgan kartochkalar, rasm 

chizish etaplarining sxemalarini tayyorlaydi. 



 

25 


Rivojlanishda  nuqsoni  bo‟lgan  bolalarga  darsni  avval  ular  bilan  yuzma-

yuz  turgan  holda  tushuntirib,  keyin  doskaga  chizmoq  lozimdir.  Turli  xil 

daraxtlarning  barglarini  chizganda,  o‟qituvchi  bolalarga  ularning  bir-biridan 

farqini  ko‟rsatishni  maqsad  qilib  qoyadi.  O‟quv  materiallarini  o‟rganib 

mustahkamlagandan  keyin, uni  umumlashtirish  kerak, uning  umumiy  shakli  va 

asosiy belgilari qanday tuziladi va boshqalar. Darsning asosiy hismiga 35 daqiqa 

ajratiladi.  Darsning  yakuniga  esa  10  daqiqa  ajratiladi.  Darsning  yakunida 

o‟quvchilarga  quyidagi  savollar  bilan  murojat  etiladi.  “Bolalar  bugun  darsda 

nimani  rasmini  chizdikq”,  “Uning  nomi  nimaq”,  “Birinchi  nimani  chizdik, 

keyinchiq”, “Umumiy shaklning keng joyi qayerdaq” va boshqalar. Eng yaxshi 

chizilgan  rasmlarni  doskada  muqokama  qilish  lozim.  Ko‟p  xato,  yomon 

chizilgan  rasmlarni  doskada,  sinfdagilarga  ko‟rsatib  muqokama  qilish  kerak 

emas. Ko‟p xatolikka yo‟l qoygan o‟quvchining o‟ziga qayerda xato qilganligini 

ko‟rsatiladi. 




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling