Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalar tasviriy faoliyat darslarida tovush
kuchaytiruvchi asboblardan foydalanish
Kar bolalar maktabida ham, zaif bolalar maktabida ham rassomchilik
san'ati mashqulotlari eshitish-ko‟rish ta'ssurotlari orqali olib boriladi. Tovush
kuchaytiruvchi asboblar butun dars davomida ishlatiladi. ENB bolalarning
eshitish imkoniyatlari turlichadir: ayrim bolalar so‟zlarni quloq oldidan
eshitsalar, ayrimlari 0.5 metrdan, 1 metrdan eshitadi. Shuning uchun o‟qituvchi
ommaviy ish yuritgandan keyin, har bir o‟quvchi bilan, eshitishni
kuchaytiruvchi asbobsiz, oldiga borib, shaxsiy ravishda ish olib boradi :
topshiriqni qanday bajarish kerakligini tushuntiradi, ishini ma'qullaydi yoki
kamchiliklarini ko‟rsatadi, rasm chizish masalasiga doir talablarni tushungan
yoki tushunmaganligiga e'tibor beradi.
O‟qituvchi har bir o‟quvchidan yangi so‟z materialni to‟g‟ri talaffuz
etishni talab qiladi. Dars o‟tishda qiyinchilikka duch kelganda imo-ishoralar
ham ishlatiladi. quyidagi tushunchalar shular jumlasidandir: “tikka”, “qiya”,
“tor”, “ keng”, “uzoq”, “yaqin” va boshqalar.
Lekin, shuni ham aytib o‟tish kerakki, ko‟p qollarda ( masalan,
materiallarning nomi, o‟quv qurollari, predmetlarning nomi, rassomchilik
harakatiga doir jismoniy harakatlar, fikr yuritish jarayonini belgilovchi so‟zlar,
predmetlarning sifatlariga tegishli bo‟lgan so‟zlar), imo-ishora usulini ishlatish
joiz emasdir, chunki bolalarda bunday moyillik paydo bo‟lib, so‟zlashish
tajribalari va nutq rivojlanmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |