Ўзбекистон респуликаси
Dasturning maqsad va vazifalari
Download 208.29 Kb. Pdf ko'rish
|
5A112001 JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG‘ULOTLARI NAZARIYASI VA
Dasturning maqsad va vazifalari Mazkur sinov dasturining asosiy maqsad va vazifasi jismoniy madaniyat va sport sohasining tarixiy, huquqiy, ilmiy-nazariy va metodik masalalari bilan bog‘liq mavzular bo‘yicha abituriyentning bilim darajasini baholashdan iborat. Dastur savollariga berilgan javoblarning baholash mezonlarini ham belgilab beradi. Maxsus fanlar bo‘yicha magistraturaga o‘qishga kiruvchi bakalavrlarning bilimiga, tayyorgarligiga va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar Maxsus fanlar doirasida tuzilgan sinov dasturida jismoniy madaniyat va sportni sohasining mohiyati, funksiyalari, jamiyatda tutgan o‘rni va uni rivojlantirish istiqbollari nazariy-metodologik tavsifi kiritilgan. 5A112001 – “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi" mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga kiruvchi abituriyentlar: - maxsus fanlarni o‘rganish davrida har bir mavzuga javob berib, tegishli masalani yecha olishi; - maxsus fanlarni o‘zlashtirish jarayonida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasini bilishi; - mutaxassislikka oid ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan mustaqil ishlash, tizimli ravishda tahlil qilish, xulosa chiqarish bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi lozim. Maxsus fanlardan sinov mavzularini boshqa umumkasbiy fanlar bilan aloqasi Maxsus fanlarni o‘rganish davomida bakalavr ushbu fannning boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligini tushuntirib berishi, xususan, pedagogika, psixologiya, sport fiziologiyasi, odam anatomiyasi kabi fanlar bilan mazkur fan o‘rtasidagi bog‘liqlik va 3 uning rivojlanishida ularning ahamiyatini yoritib berishi lozim. Maxsus fanlarni o‘rganish magistraturaga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rishda asos bo‘lib hisoblanadi. Shu bois, maxsus fanlardan tuzilgan sinov savollariga javob berishda “Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi”, “Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish”, “Turizm”, “Sport mahoratini oshirish” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqligini e’tirof etish muhimdir. Download 208.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling