“Ўзбекистон темир йўллари”
Ilmiy amaliyot (stajirovka)ning asosiy qoidalari
Download 100 Kb.
|
Стажировка кундалиги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy amaliyot (stajirovka) o‘tash bosqichlari
Ilmiy amaliyot (stajirovka)ning asosiy qoidalari:
Magistratura talabasi quyidagi qoidalarga rioya qilishi shart: ilmiy amaliyot (stajirovka) o‘tash shartlari va tartibi bilan oldindan tanishish; ilmiy amaliyot (stajirovka) ob’ektiga kelgach tashkilot tomonidan ilmiy amaliyot (stajirovka)rahbariga kundalikni taqdim etish va ilmiy amaliyot (stajirovka) rejasini aytish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va ilmiy amaliyot (stajirovka) ob’ekti bilan tanishish; zarur bo‘lgan hollarda yotoqxonaga joylashish uchun yo‘llanma olish; ilmiy amaliyot (stajirovka)ni belgilangan muddatlarda o‘tash; ilmiy amaliyot (stajirovka) o‘tash dasturida ko‘rsatilgan topshiriqlarni belgilangan tartibda to‘liq va sifatli bajarish; ilmiy amaliyot (stajirovka) kundaligini har kuni va tartibli yuritish, jumladan stajirovka davomida bajarilgan ishlarni stajirovka kundaligida qayd etib borish; qabul qiluvchi tashkilotda (davlatda) belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish. Ilmiy amaliyot (stajirovka) o‘tash bosqichlari: Tayyorlov bosqichi (stajirovka o‘tashning birinchi kuni); Asosiy bosqich; Yakuniy bosqich (ilmiy amaliyot (stajirovka) bo‘yicha hisobot himoyasi). Ilmiy amaliyot (stajirovka)ning tayyorlash bosqichida talaba qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka o‘tash uchun kelgan magistratura talabasi mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartib qoidalari, tashkilotdan ilmiy amaliyot (stajirovka) o‘tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funksiyalari, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtiriladi hamda amaliyotchi (stajyor)ga ilmiy amaliyot (stajirovka) o‘tash dasturiga muvofiq tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Mazkur bosqichda magistratura talabasi tomonidan qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan kelishilgan holda ilmiy amaliyot (stajirovka) o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadval (kalendar reja) tuziladi. Ilmiy amaliyot (stajirovka) o‘tashning asosiy bosqichida-magistratura talabasi tomonidan stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadvalda (kalendar rejada) nazarda tutilgan ishlar bajariladi. Ilmiy amaliyot (stajirovka) o‘tashning yakuniy bosqichida – magistratura talabasi tomonidan stajirovka o‘tash jarayonida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari ko‘rib chiqiladi tahlil qilinadi, hamda baholanadi. Download 100 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling