Òzbkek tili me'yorlari Nutq madaniyatiga erishishning asosiy omili tilni
Download 38.02 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5395830601523669701
Òzbkek tili me'yorlari Nutq madaniyatiga erishishning asosiy omili tilni, ayniqsa adabiy til meyorlarini egallash, ulardan unumli va orinli foydalanishdir. Hozirgi adabiy til meyorlariga rioya qilib tuzilgan nutq aniq, tog’ri va tasirchan holda tinglovchiga yetib boradi. Meyor-sozning mavjud bolgan manosi, fonetik tuzilishi. S.I.Ojegov fikricha, “Meyor-bu ijtimoiy jarayonda birga mavjud bolgan, bor bolgan, yangi paydo bolgan yoki otmishning kam ishlatiladigan til unsurlarini (lug’aviy, talaffuz, morfologik, sintaktik) tanlashning natijasi sifatida shakllangan, jamiyatga xizmat qiladigan foydali til vositalari yig’indisidir, keng manoda bu unsurlarni baholashdir”. Adabiy meyor oz holicha shakllanadi. Uning shakllanish va taraqqiyotiga tilning tarkibiga kiruvchi lahja, shevalar turlicha hissa qoshadilar. Qaysi hududda savdo, fan madaniyat taraqqiy etgan bolsa, meyorga ham osha hududdagi shevalarning ulushi koproq boladi. Meyor til qurilishi unsurlarining hammasiga tegishli. Adabiy meyor umumiy meyordan olinadi, unga suyanadi. Adabiy meyor umumiy meyorning xususiy korinishi bolgani uchun undan hajm jihatidan kichikdir. Og’zaki adabiy normaning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, ertakchi, latifachi, dostonchi, xalq shoir-baxshilari katta hissa qoshadilar. Nutq madaniyati adabiy meyorlarni tadqiq etar ekan, u meyordagi mustahkam va zaif orinlarni belgilaydi. Adabiy meyor adabiy til bilan birga tug’iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyatining taraqqiyoti bilan rivojlanib, oz qonun-qoidalarini mustahkamlab boradi. Sozlovchi yoki tinglovchi gapirganda yoki eshitganda malum odob, axloq meyorlariga rioya qiladi, chiroyli va tasirchan gapirishga intiladi, tilga hurmat bilan munosabatda boladi, oz gapi va ozgalar gapiga etiborli boladi, orinli sozlash va tinglash madaniyati, suhbat va munozara madaniyatiga amal qiladi. Bular umum-meyor darajasidagi talablardir. Nutq madaniyatida ham adabiy til meyori-olchovi zarur. “Til meyori-bu til birliklari va uning qurilishini ozaro yaxshi tushunish zaruryati tufayli paydo bolgan, undan foydalanuvchi xalq tomonidan yaratilgan amaldagi qoidalar yig’indisidir” -deb takidlaydi olim B.N.Golovin. Til unsurlarining xalq ortasida kopchilikka maqul bolgan variantini tanlash-adabiy til meyori hisoblanadi. Ozbek adabiy tilining meyorlari: 1. Fonetik meyorlar. Bunda hozirgi ozbek adabiy tilidagi unli va undosh tovushlarning qollanilishi meyor hisoblanadi. 2 .Leksik-semantik meyor (soz qollash)lar. Soz variantlaridan hamma uchun tushunarli bolgan korinishini tanlab olish hozirgi ozbek tilining lug’aviy meyori hisoblanadi. Imlo, talaffuz, tarjima lug’atlarida lug’aviy meyor oz aksini topadi. Sozning manosini bilmay ishlatish, shevaga xos sozlarni qollash, paronimlarning manosini tushunmasdan ishlatish rus tilidan tog’ridan-tog’ri kalka-tarjima qilish meyor hisoblanmaydi. Masalan: bolsa ornida bosa sozini ishlatish, yorug’ ornida yoruq sozidan foydalanish. Rus tilidan tarjima qilish asosida: Bazm kechasining aybdorlari. 3.Talaffuz meyorlari (orfoepik). Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til meyorlariga muvofiq kelishi. Ruscha sozlarni yozma shakliga taqlid qilib aytish-(Moskva tog’ri aytilishi Maskva) sozlarni ozbekcha aksent bilan talaffuz etish (Angiliya) shevaga xos talaffuz (yol-jol) talaffuz me`yorlarini egallashda orfoepik lug’atlarning ahamiyati katta. 4. Aksentologik (urg’uning tog’riligi) meyorlar. Bunda soz va gaplarda urg’uni tog’ri qollash meyori tushuniladi. Urg’uni tog’ri ishlatmaslik soz manosiga tasir qiladi: olma-meva, olma-buyruq feli. 5. Grammatik meyor: Turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari hozirgi tilimizda tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatiladi. Ammo kelishik qoshimchalarini notog’ri qo’llash uchraydi. Bazan – ning ornida –ni, -lar ornida –la ishlatiladi. Direktorni xonasida kordim. (direktorni oz xonasida kormoq). Direktorning xonasida kordim. (Boshqa birovni direktor xonasida kormoq). 6. Soz yasalish meyorlari: Soz yasovchi qoshimchalarning fonetik tuzilishi jihatidan bir qolipda ishlatilishi soz yasalish meyori hisoblanadi. Bazan nuqtda sifat yasovchi –li va ot yasovchi –lik qoshimchalari farqlanmay ishlatiladi. Paxtali chopon ornida paxtalik chopon. 7. Imloviy meyorlar (orfografik). Hozirgi ozbek adabiy tilining meyorlari 1956-yil “Ozbek orfografiyasining asosiy qoidalari” ga tayanadi. 72 paragrafdan iborat. 1995-yil yangi lotin alifbosiga otish haqida qaror qabul qilindi. Lotin alifbosiga asoslangan yozuvda ham yangi orfografik qoidalar yaratildi. Bog’in kochirish qoidalariga ozgartirishlar kiritildi. Demak, imloviy meyor sozlarning tog’ri, xatosiz yozilishiga asoslanadi. 8. Grafik (yozuv) meyorlari: Hozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan bolib, 29 ta harf va 3 ta harf birikmasidan iborat. 9. Punktuatsion meyorlar: Bu meyor 10 ta tinish belgisi asosida ish yuritadi (nuqta, vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, tire, undov belgisi, soroq belgisi, kop nuqta, qoshtirnoq, qavs) 10. Uslubiy meyor: Nutq sharoitiga qarab til birliklarining eng maqulini qo’llash adabiy tilning uslubiy meyori hisoblanadi. Sinonimlardan notog’ri foydalanish, soz takror ayrim eskirgan sozlarni qollash nutqni uslubiy jihatdan buzadi. Ozbek tilida sozlashuvchi kishilar va ijodkorlar uchun ozbek adabiy tili meyorlariga rioya qilish majburiy sanaladi. Nutq odobi-umumiy axloqni bezovchi mezon hisoblanadi. Orta Osiyoda axloqiy tarbiya oz ananalariga ega. Axloq haqidagi ibratli fikrlar qadimgi turkiy yodnomalar buyuk allomalarning asarlari, yozma yodgorliklar orqali bizgacha yetib kelgan. Orta asrlarda axloq fan sifatida yuzaga keldi. Farobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Jaloliddin Davoniy, Sabzavoriy, Giyosiddin Mansur kabi olimlarning asarlarida axloq fanining mavzusi vazifalari, maqsadi nazariy va amaliy jihatdan isbotlab berildi. XIII asrda yashagan Ibn Arabiyning “Tahzibul axloq” (“Xulqiy tarbiya haqida”), “Kitobul axloq” (“Axloq kitobi”), Abu Bakr Qalandarning “Qalandarnoma” asarlari, XV asrda yashagan Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, XVI asrda yashagan Poshshoxoja Abduvahobxojaning “Gulzor”, “Miftoh ul- adl” (“Adolat kalidi”), XVII asrda yashagan Abdurahmon ibn Abdukarimning “Muftoh u-l axloq”, XVIII asrda yashagan Hakim Qoniyning “Parishon” va “Guliston”, XIX asrda yashab ijod qilgan Abu Tohir Xojaning “Axloqi Muzaffariy”, va “Axloqi Muhammadiy”, Abdurahmon Sharafning “Ilmi axloq”, Salohiddinning “Mahosini axloq” (“Axloq fazilatlari”), XIX asrning oxiri XX asr boshlarida yashagan Abdurahmon Sayyohning “Meyori axloq” kitoblarida sharqona meros bolgan axloq masalalari ilmiy mushohada etib beriladi. Orta Osiyo xalqlari boy axloqiy merosga ega hisoblanadi. Demak, axloqni belgilovchi nutq odobiga rioya qilish bizning xalqimizga ajdodlardan qolgan meros. Ota-bobolarimiz qadimgi davrlardan boshlab axloqiy tarbiyaga katta etibor berganlar. Odobli sozlash uchun ham avvalo ozbek adabiy tili meyorlarini mukammal organmoq zarur. Oqituvchi nutqi adabiy til meyorlariga tola mos kelishi uchun bu adabiy meyorlarni u mukammal organmog’i hayotiy zaruratdir. Agar oqituvchi nutqi adabiy til meyorlariga to’la mos kelsa bu oquvchilarning yutug’idir. Chunki bola ustozidan talim oladi, hattoki unga taqlid ham qiladi. Tog’ri, boshqa soha vakillaridan ham adabiy til meyorlariga rioya qilgan holda sozlash talab etiladi. Ammo oqituvchi kelajak avlod tarbiyachisi sifatida bola dunyoqarashini shakllantiradi. Shuning uchun ham oqituvchi har qanday vaziyatda va har qanday sharoitda oz nutqiga etiborli bolmog’i talab etiladi. O’zbek xalq adabiy tilining rivojida Boburning she’riyati va birinchi ozbekcha nasriy asar “Boburnoma”ning yozilishi, XVIII-XIX asr ozbek demokratik adabiyotining yirik vakillari Turdi Farogiy, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Maxmur kabi shoirlarning ijodi katta ahamiyatga ega boldi. Xalq manfaatini himoya qilgan bu shoirlar, albatta, xalqning ahvolini, turmushi, dard va orzularini yaxshi bilganlar hamda oz ijodlarida xalq ruhiga mos keluvchi, uning kechinmalarini ifodalovchi, xullas, unga yaqin, xalqona soz va iboralarni koplab qollab, adabiy tilni boyitishga, uni xalqqa yaqinlashtirishga xizmat qilganlar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Orta Osiyo chor Rossiyasiga qoshib olinishi bilan olkadagi ijtimoiy-siyosiy tuzum, umuman, turmush ozgarib ketdi va ozbeklar hayotiga ruslar hayoti va iqtisodiyotiga oid koplab yangi buyum, jihoz, istemol mollari kirib keldi, rasmiy idoralar ish yuritish tartibi ozgardi, dunyoviy ilmlarni oqitish dargohlari ochildi. Bularning hammasi ozbek tilida koplab yangi sozlar va iborlarning ham paydo bolishiga olib keldi. Osha davr shoirlari va tarjimonlari ijodida manashu jarayon yaqqol oz ifodasini topgan. Masalan, Furqatning “Vistavka xususinda”, “Gimnaziya”, “Royal xususinda” kabi masnaviylari, Muqimiyning “Hajvi Viktor boy”, “Veksil”, “Moskovchi boy ta’rifida”, “Ta’rifi pech”, Zavqiyning zamon ozgarishlarini aks ettiruvchi turkum she’rlarida qollangan telegraf, telpon, pech, dabernas (доверенность), bolus (волость), kontur, chas (часть), samovar, suruk (срок), dogma (дума), davay, kalish, gazetxona, fonus, purjina, uyoz, shapka, piyon, zovut, kupes sozlari haqiqatan fikrimizning isbotidir. Til ijtimoiy ongning korinishlaridan biri, jamiyat a’zolari orasida kommunikatsiyaning eng muhim omili bolgani uchun uning rivojlanishi ham oz navbatida yana shu ijtimoiy hayot bilan, bu hayot egalarining aqliy, ilmiy, madaniy saviyalari, shu hayot asosidagi iqtisodiyotning ham rivoji bilan uzviy bogliq. Shu jihatdan olganda Oktabr inqilobiy tontarishidan keyingi sovet tuzumi davrida sobiq SSSR tarkibida XX asrning 90-yillarigacha bolgan Ozbekistonda hayotning tubdan ozgargani, hokimiyatning mehnatkash qoliga otgani hamda xalqni savodli, ilmli, soglom bolishi, erkaklar va xotin-qizlarning teng huquqli bolishlariga kop ahamiyat qaratildi. Shu bilan birga, xalqning diniy e’tiqodlari, oziga xos milliy udumlariga, tiliga, aksincha, e’tibor kamaydi; chunki bu zamonda tabiat va jamiyat qonunlari materialistik falsafaga suyanib ish korar edi. SSSRdagi barcha respublikalar, jumladan, Ozbekistonda ham “qardoshlik va birodarlik tili” bolgan rus tilining ta’siri kuchli edi. Eng avvalo, rus kirill grafikasi asosidagi alfavitga otildi, undan keyingi yillarda esa sanoat, qishloq xojaligi, tibbiyot, madaniyat va san’at, ilm-fanning tez sur’atlardagi taraqqiyoti bilan bogliq holda rus tilidan bevosita va bilvosita Yevropa tillaridan koplab sozlar, affikslar hamda qisqartmalar ozlashtirila boshlandi. Ruscha va internatsional sozlar hisobiga bu davrda ozbek tili beqiyos darajada boyidi. Hatto rus tili Ozbekistonda aholining ikkinchi tiliga aylandi, bilingvizm yuzaga keldi. Bu ozbek tilining tashqi omil hisobiga boyishi edi. Ichki omillar hisobiga tilimizning ozgarib, boyib boorish jarayoni esa susayib ketdi. Ayniqsa, milliy turmush tarziga xos sozlar, iboralar, murojaat sozlari, qoshimchalar qollanishdan chiqib bordi. Masalan: ragat (muhit), imlama mehmondorchilik, iskart (olchov, me’yor, chegara), avsat (ton) – ortahol (ton), arrapusht (umurtqa suyagi), imoratsoz, sandiqzada, porom, pokach, kursi, bozorchi, kosib, chilangar, qandolatpaz, goyibona, nuridiyda, toqati toq, doli guliga kelibdi kabi.Ozbek tiliga rus tilidan va u orqali boshqa tillardan soz ozlashtirilishiga bir umumiy nazar tashlagandayoq, bu sozlar oz davrining ruhiyatini aks ettirishini kuzatish mumkin. Demoqchimizki, 30-yillardagi ozlashtirilgan sozlar 40- yillarnikidan,bu davrlarga xos sozlar esa 50-70 – yillar oraligida ozlashgan sozlardan farq qiladi. Adabiy tildagi salmogI va ogzaki sozlashuv nutqidagi salmogI nisbati ham. Masalan, 30-40 – yillar davriga xos ozlashgan sozlarga misol qilib: samovar (choyxona ma’nosida), doktorxona, park, izvosh, pristav, notarius, akatsiya, “Russko-aziatskiy bank”, pivoxona,vaza, rezinka, ofitser, turma, gazeta, internat, amrikon, minut, kilimetr, kolxoz, tabelchi, progul, stol, patefon, kachalka, membrane, shaxmat, shirkat, ferma, pochtaxona, adres, blanka, akademiya, institute, metod, poyezd, kerosin, ZAGS, aktiv, rayon soveti, uborshitsa, dokladchi, shofyor, gruzovoy mashina, portret, staxanovchi, chislo, byulleten, rabfak, texnikum, kanselariya, praktikum, minimum, maksimum, sud, sudya, ekspluatatsiya, realism, obyekt, fiziologiya, direktor, otvod, nomer, traktorist, plastinka, pojar, kultura, borjom kabi qator sozlarni keltirish mumkin. 50-70 – yillarda ozlashgan sozlar esa Ikkinchi jahon urushidan keyingi tinch qurilish, xojalik va sanoatni rivojlantirish, fan- texnika va madaniyat, yuksalgan SSSRdagi xalqlarning dostligi kundalik turmushimizning belgisiga aylanib ketgan yillarda esa quyidagi sozlar amalda bolgan: Vilt, godovoy,gudok, dejur, doxod, ideya, kadr, kandidat, kanikul, kvalifikatsiya,, kvartal, besh yillik, kitel, klesh,klub, kollektiv, mayovka, konkurent, zayom, zakaz, otvyortka, parad, povestka, nakladnoy, proba, pristup, razbor, priyomnik, sberkassa, sbor, setka, sort, spekulant, staj, etaj, subbotnik, schotchik, klass, tipovoy, podxod, ukol, propiska,, chekanka, polka, chexol, shuba, sessiya, kanal. Bu sozlar shunchalik faol va keng qollanar ediki, ularni adabiy til me’yori darajasida qabul qilish mumkin edi. Ogzaki sozlashuv nutqida esa ozlashtirilgan: akkuratno, daje, uje, zaraza, zapiska, znachit, legkovoy, upravleniye, soxraneniye, roddom, priyomniy pokoy, porok serdsa, podarka, napor, pechat, peredacha,rasxod, rabochiy, svidaniye, sovsem, spiska, srazu, stroyka, tolko, trudovoy, sokrasheniye, ustupka, sentr, chernovoy, shishka, yavka sozlari shunchalik singib ketgan ediki, ozbek tilida erkin sozlashib, fikr almashish mumkinligiga shubha tugila boshlagan va bu holat, ayniqsa, 80- yillar oxiriga kelib ozbek tilining keyingi taqdiri qanday bolishi haqida xavotirli oylarga olib kelgan edi. Xayriyatki, 1989-yilda ozbek tiliga davlat tili maqomi rasmiy tarzda berilishi bilan Respublikamizning oz Mustaqilligiga chiqishi yangi, ozligini topaman degan xalqimizning orzusi royobga chiqishi davri boshlandi. Ozbek tilining oz qadrini topib, oyoqqa turishi, avvalo, ozbek tilining boyishi, rivojidagi shu paytgacha e’tibordan chetda qolib kelayotgan ichki manbalar: shevalardan sozlar va qoshimchalarni adabiy tilga otkazish, eskirib iste’moldan chiqib ketgan arxaizm-sozlarni va qoshimchalarni faollashtirish, ozlashib, “me’yoriy” maqomga ega bolgan va faol qollanib kelgan ruscha- xorijiy sozlarni ozbekcha muqobili bilan almashtirish davri boshlandi. Dastlabki yillarda kundalik matbuot, radio va televideniye nutqida, rasmiy ish yuritish doiralarida bu borada anchagina yanglishish, chalkashliklar hukm surdi, vaqtincha amaliyotda bolgan nohiya/tuman, uchqich/tayyora, ofitser/zobit, bilet/chipta, belkurak/lopatka, kanselariya/devonxona, kulliyot/fakultet, oliygoh/oliy oquv yurti, savdo/tijorat dubletlari Respublikada Atamalar Qomitasi ish boshlab, bu xil chalkashliklarni bartaraf qilishda oz salmoqli hissasini qoshishi, ijod ahli va sohalar mutaxassislarining harakatlari bilan ancha izga tushdi; me’yorlar ishlana bordi. Kirill yozuvidan ozbek alfavitining lotin grafikasiga otishi muddati davomida esa yangi orfografik me’yorlar qat’iylashdi. Internet bilan aloqa, kompyuterda ishlash, SMSlar yuborish bunda oz hissasini qoshyapti.Yangi iqtisodiy-ijtimoiy tuzum, jahon axborot tizimiga ulanish, biznes va tijoratning, yangi madaniy aloqalarning rivojlanishi respublikaning jahonga chiqishiga kuchli omil va vositalar bolib xizmat qila boshladi. Natijada xorijiy davlatlar bilan aloqalarga keng yol ochildi, ayniqsa, yoshlarimiz ta’lim tizimi, bank-tijorat-biznes va kasb-hunar kanallari orqali xorijiy mamlakatlarda tez-tez bolyaptilar, ingliz, nemis,xitoy va boshqa tillarni organishga qiziqish kuchaydi. Natijada ozbek tilining hozirgi bosqich hayotida xorijiy sozlar, qisqartmalar bevosita kopayyapti, rus tilining ta’siri ham ma’lum darajada saqlangan. Yoshlar orasida uch tilni, hatto, tort tilni biladiganlar ko`payib boryapti. 1.Sozlarning grammatik tuzilishi va ozgarishi tilshunoslikning qaysi bolimida òrganiladi.? A)morfologiyada B) leksikologiyada C) orfografiyada D) sintaksisda 2.Yozma nutqning qonun-qoidalari tilshunoslikning qaysi bolimida organililadi.? A)orfografiyada B) morfologiyada C) fonetikada D) orfoepiyada 3.Bosh harflarni ishlatish qoidalari tilshunoslikning qaysi bolimida organiladi.? A)orfografiyada B) fonetikada C) orfoepiyada D) morfologiyada 4.Ogzaki nutqning tovush tizimini yozma nutqda qanday berilishini organadi.? A)grafika B) orfografiya C) orfoepiya D) fonetika 5.Ogzaki nutqning tovush tizimini tilshunoslikning qaysi bolimi organadi.? A)orfoepiya B) orfografiya C) fonetika D) grafika 6.Tilshunoslikning atash manolarini organuvchi bolimi qanday nomlanadi.? A)leksikologiya B) sintaksis C) morfologiya D) lugatshunoslik 7.Tilshunoslikning qaysi bòlimlarida sòz òrganiladi.? A) morfologiya va leksikologiyada B) faqat leksikologiyada C) sintaksis va morfologiyada D) sintaksis va leksikologiyada 8.Sozlarning grammatik manolari tilshunoslikning qaysi bolimida organiladi.? A)morfologiyada B) sintaksisda C) uslubshunosikda D) leksikologiyada 9.Tilshunoslikning qaysi bolimida bir va kop manoli sozlar organiladi.? A)leksikologiyada B) morfologiyada C) fonetikada D) frazeologiyada 10.Har qanday til ozining nutq tovushlari, sozlari (iboralari) va qoshimchalaridagi imkonyatlarni qaysi bòlimda namoyon qiladi.? A) sintaksis B) frazeologiya C) morfologiya D) uslubshunoslik 11.Yunoncha «harf oqish va yozish sanati», «harf» manosini anglatuvchi tilshunoslik bòlimi qaysi.? A) grammatika B) grafika C) orfografiya D) sintaksis 12.Tilshunoslikning leksikologiya bolimiga oid atamalar qaysi qatorda berilgan.? A) kop manoli soz, atama, metafora B) grammatik mano, undovlar, boglovchi C) ajratilgan bolak, undalma, kirish soz D) yordamchi sozlar, boglama, hol 13.Sozlarning kelishiklarda turlanishi, fellarning tuslanishi, son-miqdor tushunchalarning ifodalanish qoidalari quydagi adabiy til me'yorlarining qaysi biri uchun xos.? A) morfologik meyorlar B) leksik meyorlar C) talaffuz meyorlari D) sintaktik meyorlar 14.Ega-kesimning mosligi, ikkinchi darajali bolaklarning ularga boglanish qonuniyatlari adabiy til me'yorlarining qaysi turiga mansub.? A)sintaktik meyorlar B) talaffuz meyorlari C) leksik meyorlar D) morfologik meyorlar 15.Adabiy til meyorlari haqida bildirilgan qaysi fikr xato? A) Nutqda manodosh sozlardan togri va orinli foydalanish morfologik meyorlarga asoslanadi. B) Adabiy til meyorlariga amal qilinmasdan tuzilgan nutq togri nutq bola olmaydi. C) Til unsurlaridan til qonuniyatlariga uygun, jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiy amaliyot va ananaga muvofiq holda foydalanish qoidalari adabiy meyor sanaladi. D) Adabiy meyorning quyidagi turlari mavjud: 1) leksik (soz qollash) meyorlar 2) talaffuz meyorlari 3) soz yasalishi meyorlari 4) morfologik meyorlar 5) sintaktik meyorlar 6) uslubiy meyorlar Download 38.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling