Ziddiyatlar pedagogik muloqotda yuz beruvchi to’siqlar sifatida


Deprivasiya  konsepsiyasi


Download 389.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana08.01.2022
Hajmi389.89 Kb.
#242061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
konfliktli vaziyatda muomala madaniyati

Deprivasiya  konsepsiyasi.  Yirik  ijtimoiy  kolliziyalar  sabablarini  aniqlash 

uchun deprivasiya deb ataladigan konsepsiyadan foydalanish mumkin. Bunda gap 

shunday  holat  to’g’risida  ketadiki,  bu  holat  uchun  talablar  va  ularni  qondirish 

imkoniyatlari  o’rtasidagi  yaqqol  farqlanish  xosdir.  Vaqt  o’tishi  bilan  deprivasiya 

kuchayishi yoki kamayishi yoxud o’zgarmasdan qolishi mumkin. Deprivasiyaning 

kuchayishi  bir  tomondagi  talablar  (kutilayotgan  natijalar),  ikkinchi  tomondan, 

ularni  qanoatlantirish  imkoniyatlari  o’rtasidagi  nisbatga  bog’liq.  Deprivasiyaning 



 

12 


o’sishi,  birinchidan,  shakllangan  talablarning    imkoniyatlarini  kamayishida  ro’y 

berishi  mumkin,  masalan,iqtisodiy  krizis  sharoitida.  Bunday  sharoitda  talablar 

quyidagi  formula  bilan  belgilanadi:  «faqat  yomon  bo’lmasa  bo’ldi».  Ikkinchidan 

shunday  vaziyat  bulishi  mumkinki,  bunda  kutilayotgan  natijalar,  talablar  ularni 

qondirish  imkoniyatlaridan  ko’proq  o’sib  boradi.  Mana  shunda  deprivasiya 

kuchayadi va demak, konfliktlarni vujudga kelish ehtimoli kuzatiladi. 

Deprivasiya  barqaror  darajasining  saqlanishi  yoki  uning  kamayishi 

ehtiyojlarni  qondirish  sharoitida  talablar(kutilayotgan  natijalar)  darajasining 

pasayishi  yoki  kutilayotgan  natijalarga  nisbatan  talablarni  qondirishning  juda  tez 

o’sishi  sharoitida  yuz  berishi  mumkin,  bu  esa  jamiyatda  axloqiy-psixologik 

muhitni  barqarorlashtirish,  keskinlikni  yumshatishga  imkon  beruvchi  ruhiy  shart-

sharoitni    yaratadi.  Va  aksincha,  deprivasiyaning  kuchayishi  ijtimoiy  tanglikni 

ortishiga,  ochiq  ijtimoiy,  siyosiy  va  etnik  konfliktlarni  vujudga  kelishiga  olib 

keladi. 



Download 389.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling