"Ziji Kuragoniy" haqida Qozizoda Rumiy G‘iyosiddin Jamshid Koshiy
Download 80 Kb.
|
1459743410 64184
Qozizoda Rumiy
Ulug‘bekning matematika va astronomiya sohalari bo‘yicha birinchi ustozlaridan hisoblangan Rumiy Kichik Osiyening, yan’i Rumning Burs shahrida 1360 yillarda qozi oilasida dunyoga kelgan. O‘z yurtida astronomiya va matematikadan yetarlicha keng bilimga erishgan. Rumiy Xurosondalik kezlarida markazi Samarqand bo‘lgan Movarounnahrda matematikaning rivojlanganligi haqida eshitib Samarqandga yo‘l oladi. Mashhur «Asar al-Boqiya»ning muallifi solih Zokiyning ma’lum qilishicha, Rumiy Samarqandga X1V asrning oxirgi o‘n yilligida kelgan. Tarixchi Vasifiy Rumiyning ma’lum qilishicha, Rumiyning ma’lumoti haqida shunday hikoya qiladi. Uning yozishicha, Ulug‘bek madrasasining birinchi mudarrisi mavlono Muhammad Xavofiy bo‘lgan Madrasa qurilishining yakunlanishi arafasida, Ulug‘bek madrasaga kim mudarrislik qilishi haqida so‘rashganda, u «...barcha fanlar bo‘yicha yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan kishini izlaymiz», - deb jovob bergan. Qozizoda Rumiy Samarqandda Ulug‘bekning bobosi Temur saroyida astronom bo‘lib ishlagan mavlono Ahmaddan dars olib, o‘zining ilmu nujum bo‘yicha oldindan erishgan bilimlarini to‘ldirgan. Xijriy yil hisobi bilan 808 yil (1405-1406 yillar)da "Ajab al-Mandur fi axbori Temur" ("Temur haqida qiziqarli xabarlar") kitobining muallifi Ibn Arabshoxga o‘zi tuzgan va sayyoralarning xolatlarini aks qilgan 200 ta jadvali haqida yozgani ma’lum. Ayrim tarixiy manbalarga ko‘ra, Rumiy 1420 yillardayoq Ulug‘bek madrasasining matematika va astronomiya shu’basiga rahbarlik qilgan. 30-yillarning boshlarida uning ma’ruzalarini eshitish uchun Alisher Navoiyning ustozi yosh Abduraxmon Jomiy tashrif buyurganini ham tarixiy manbalar ma’lum qiladi. Mashg‘ulotlarning asosiy predmeti qilib Rumiy X11–X111asrlarda o‘tgan xorazmlik mashhur riyoziyotchi, astronom va vrach Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chagminiyning "Al-Mulaxxas fil-xay’a" ("Astronomiyaning qisqacha bayoni") asariga o‘zi yozgan sharhlarni olgan edi. Rumiyga «Aflotuni zamon» taxallusi ham qo‘yilgan edi va Ulug‘bekka ta’lim bergan ustozi edi. Ali Qushchi va Mirim Chalabiylar Rumiyning eng iste’dodli shogirdlaridan edi. Rumiyning asosiy ishlari: - «Arifmetika haqida risola» fors-tojik tilida yozilgan o‘quv qo‘llanma bo‘lib, qo‘l yozmasi Mashhad (Eron) va Istambul (Turkiya) kutubxonalarida bor; - «Sinus haqida risola» kitobida bir gradusli burchak sinusini hisoblash usulini beradi; - «Sinus choragi haqida risola», «Taftazoniy astronomik asariga sharhlar»ni fors-tojik tilida yozadi. - «Asosiy jumlalar» kitobida shunday nom bilan yozilgan Shamsiddin Samarqandiyning asariga sharhlar yozadi, Evklidning beshinchi postulatini isbotlamoqchi bo‘ladi; - «Astronomiyaga doir» kitobida Muhammad ibn Umar Chag‘miniy tomonidan yozilgan kitobga sharhlar yozadi; Rumiyning "Sharx al-Chagmaniy"dan tashqari ""Al-Majistiy"ning bayoniga sharh", "Astronomiya fani haqida risola", "Astronomiya va geometriya haqida risola" va "Arifmetika haqida risola" kabi asarlari bizgacha yetib kelgan bo‘lib, bu asarlarning ko‘pchiligi Istambul, Berlin, London, Texron va Sankt-Peterburg kutubxonalarida hozirgacha saqlanadi. Rumiy 1437 yili vafot etdi va Shohizinda maqbarasiga dafn etildi. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling