"Ziji Kuragoniy" haqida Qozizoda Rumiy G‘iyosiddin Jamshid Koshiy
Download 80 Kb.
|
1459743410 64184
G‘iyosiddin Jamshid Koshiy
Ulug‘bek saroyining ikkinchi buyuk allomasi G‘iyosiddin Jamshid Ibn Ma’sud Ibn Mahmud al-Koshiy bo‘lib, u Koshon (Eron) da tug‘ilgan. Bu ulka Temur tomonidan 1387 yilda zabt etilgan edi. G‘iyosiddin Jamshid Samarqandga Koshondan tashrif buyurgan. Koshonda yaxshi ta’lim olib, Iroqning ko‘p shaharlarini kezgan va Samarqandga kelgunga qadar riyoziyot va astranomiyadan yetarlicha ma’lumotga erishgani, uning bu sohalar bo‘yicha yozgan asarlaridan ma’lum bo‘ladi. 1408, 1409 va 1410 yillarda ro‘y bergan Oy tutilishlarini kuzatib, ularning tafsilotlarini olimning Shoxrux (Ulug‘bekning otasi) ga bag‘ishlab 1414 yilda bitgan «Ziji Xakoniy» «Ziji Elxoniy» asarida keltirilgan. Shundan sharqshunos akademik Bartold, Koshiy Xirotda Shoxruxning saroyida ham ishlagan bo‘lsa kerak, deb taxmin qiladi. Mazkur Oy tutilishining haqiqatdan ro‘y berganligi nemis astranomi T.Oppolserning «Tutilishlar kanoni» (1887 yili chop etilgan) kitobi tasdiqlaydi. Koshiy astronomiyaga doir 10 ta, matematikaga doir 3 ta ilmiy ish yozgan: - «Haqqoniy astronomiya jadvallari» (1413) asarini N. Tusiyning «Elxoniy jadvallari» kitobi asosida yozadi. Asar fors-tojik tilida yozilgan bo‘lib, Mashhad va Istambul kutubxonalarida saklangan. - «Osmon narvoni», «Vatar va sinus haqida risola», «Usturlob yasash haqida risola», «Aylana uzunligining diametriga nisbati» (1424) kitoblarini arab va fors-tojik tillarida yozdi. Bulardan tashkari Koshiyning ikkita yirik asari bor: - «Miftohul hisob», ya’ni «Arifmetikaning kaliti» asari. Bu asar o‘rta asr elementar matematika ensiklopediyasi hisoblanadi. 1427 yilda yozilgan bu kitob bir necha asr davomida Sharq mamlakatlarida talabalar uchun matematikadan asosiy o‘qish kitobi bo‘lib xizmat qildi. Xozircha bu kitobning 7 ta qo‘l yozmasi Sankt Peterburg, Berlin, London va Parij kutubxonalarida saqlanmokda. Koshi birinchi bo‘lib o‘nli kaerlar nazariyasini asoslab bergan olimdir. Evropada o‘nli kaerlar nazariyasi 150 yil keyin Simon Stevin (1548-1620) tomonidan ishlab chiqilgan. Koshiy va N. Tusiylar Nyuton binomini Nyutondan oldinroq o‘zlarining ilmiy ishlarida bayon etganlar. - 1424 yilda Samarqandda Koshiy «Aylana haqida risola» nomli ikkinchi ilmiy ishini yozdi. Bu ish Istambulning harbiy muzeyida saqlanmoqda. Nemis olimi bu ishni 1953 yilda nashr qildi. Bu kitob 10 bo‘lim va xulosadan iborat. «Vatar va sinus haqida» Koshiy tomonidan berilgan usullar Ulug‘bek ilmiy maktabining a’zolari Rumiy, Mirim Chalabiy va Birjandiylarning ilmiy ishlarida ham bor. Qozizoda Rumiy bir gradus sinusini hisoblash masalasi Koshi tomonidan birinchi marta berilganligini va juda aniq ekanligini ta’kidlaydi. Qozizoda Rumiy rasadxonaning ikkinchi rahbari Jamshid Koshiyga juda yuqori baho berib shunday deydi: "Mening faxrli ukam, davrimizning nodiri ... al-Koshiy nomi bilan dongi ketgan G‘iyosiddin Jamshid ibn Ma’sud xandasa va aljabrning ba’zi teoremalariga tayangan holda sinus 1 darajaning qiymatini aniq hisoblash usulini ixtiro qildi". Bu masalani hal qilish uchun ilgari ko‘p olimlar kirishganlar, biroq udda qilolmaganlar. "Ziji Kuragoniy"ning so‘z boshisida Koshiyga shunday ta’rif berilgan: " G‘iyosiddin olimlar dunyosining faxri, u fan asoslarini takomillashtirdi, murakkab masalalarni hal qildi, bu janob olamni aks qilgan oynai jahon edi". Koshiyning Samarqand rasadxonasida o‘tkazgan astronomik kuzatishlari, «Ziji Kuragoniy»dan joy olgan jadvallar, kuzatish natijalarida aks qilgandan tashqari, astronomiya va matematikadan e’lon qilgan 19 ta risolasining mazmunidan ham o‘rin olgan. Bu asarlarining ro‘yxati G.P.Matviyevskaya va B.A.Rozenfeldlarning «Matematiki i astronomi musulmanskogo srednevekovya» (M., «Nauka», 1983) kitobida keltirgan. Bu asarlar ichida «Arifmetikaga kalit», «Bir gradus sinusining aniqlash haqida risola», Shoxruxga bag‘ishlangan «Xaqon ziji», «Elxon ziji»ning takomillashganidir, «Koshiy ziji», «Astronomiya haqida risola», «Astranomiya fanining qisqacha bayoni» risolalari uning nomini jahonga tanitdi. G‘iyosiddin Koshiyning vafot etgan yili aniq emas. Sharqshunos X.Zuter (1848-1922) uzining «Arabskiye matematiki i astronomi i ix turdi» maqolasida Koshiyning o‘limi xijriy yil hisobida 840 yillar atrofida (yani taxminan, 1434 yilda) ro‘y bergan deb taxmin qiladi. Sharqshunos B.Rozenfed Koshiy 1429 yilda vafot qilgan deb yozadi. Astronom G.Jalolov esa nemis olimi sharqshunos Brokkelman fikriga qo‘shilib, Koshiy 1440 yillarning boshida olamda o‘tgan, deb ma’lum qiladi. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling