Zilzila oqibatlarida qutqaruv va kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni amalga oshirish


Zilzilaning yuzaga kelish sabablari


Download 47.88 Kb.
bet3/5
Sana11.03.2023
Hajmi47.88 Kb.
#1258797
1   2   3   4   5
Bog'liq
OMONOV S

Zilzilaning yuzaga kelish sabablari


Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi:

  • Tektonik zilzilalar;

  • Vulqon zilzilalari;

  • Agʻdarilish, oʻpirilish zilzilalari;

  • Texnogen (insonning muxandislik faoliyati bilan bogʻlik) zilzilalar.

Yuqorida qayd etilgan yer silkinishi turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng ko'p talofat keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera oʻramlarida boʻladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi. Qiya sathlarida togʻ jinslarining katta bo'laklarini agʻdarilishi, yoki tog'larning oʻpirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar agʻdarilish zilzilalari deyiladi. Bu yer silkinishining tarqalish maydoni kichik, koʻp hollarda talofatsiz boʻladi.
Vulqon jarayoni, yaʼni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bogʻlik boʻlgan yer silkinishiga vulqonli yer silkinishi deyiladi.Bunday yer silkinishi vulqonning faollashishi bilan bogʻlik boʻlganligi sababli aksariyat koʻp hollarda ular aniq bashorat qilinadi.Shuning uchun uning keltiradigan talofati deyarli kuchli boʻlmaydi.
Insonning muxandislik faoliyati bilan bogʻlik boʻlgan yer silkinishlar asosan oxirgi yillarda hisobga olinmoqda.Bunday yer silkinish yirik suv omborlari vujudga kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulotlarining yer ostidan surib olinishi jarayoni amalga oshirilgan maydonlarda yuz bermoqda. Inson oʻzining muxandislik faoliyati bilan yer osti komponentlariga muayyan taʼsir etishi, u yoki bu darajada oʻzgartirishi yer silkinishining vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda. Daryo vodiylariga toʻgʻonlarning qurilishi natijasida maydoni bir necha ming km2, hajmi bir necha yuz km3 dan katta boʻlgan (masalan, Chorvoq suv omborining umumiy xajmi 2,1 mld. m3, suv sathi maydoni 3640 ga teng) suv omborlari vujudga kelmoqda. Yer qaʼrida 4000-5000 m chuqurlikda yotgan gaz, neft yer sathiga soʻrib chiqarilmoqda, yer ostida uzoq geologik davrlar mobaynida yotgan koʻmir ana shu yer qaʼrida yondirilib gazga aylantirib olinmoqda. Vaqtincha saqlash maqsadida baʼzan yer osti gʻorlariga, xandaklariga va togʻ jinslari gʻovaklariga gaz, neft mahsulotlari yuqori bosim ostida kiritilmoqda, juda katta miqdordagi mineral suvlar yer ostidan chiqarib olinmoqda. Yer qaʼrining odamlar taʼsir etish joylarida yigʻilayotgan energiya miqdorining u yoki bu darajada oshishi yoki kamayishi oqibatida sodir boʻlgan yer silkinishlari Hindiston, AQSH, Oʻzbekistonda kuzatilganligi fandan maʼlum. Jumladan, Chorvoq suv ombori qurilib boʻlingandan keyin bu hududda bir necha marta yer silkinishlar boʻlib oʻtgan. Tekshirishlarning koʻrsatishicha, bu yer silkinishlar oʻzlarining tayyorlanish, sodir boʻlish mexanizmlari bilan Chorvoq suv omboriga yigʻilgan suvning miqdori va yigʻilgan suvni suv omboridan chiqarilish tezligi bilan bogʻliq holda yuz berishi kuzatilgan. Bunga birinchidan, suv omborining 2,1 milliard m3 dan ortiq suv bilan toʻlatilishi jarayonida, ombor tubida yotuvchi togʻ jinslarining siqilishi va taranglashishi oqibatida yuz beradigan mikrosiniqlar, darz ketishlar va ularning nisbiy harakati sabab boʻlsa, ikkinchidan, suvni suv omboridan bir meʼyorida chiqarilmasligi va togʻ jinslariga taʼsir qiluvchi kuchlarning nomutanosib xolatda boʻshatilishi, oʻzgarishi sabab boʻlgan. Respublikamizning harbiy hududida 1976, 1984-yillarda yuz bergan 8-10 balli Gazlidagi yer silkinishlarini baʼzi olimlar ana shu hududdagi mavjud gaz konlari va ulardan gazni surib olish jarayoni bilan bogʻlashadi. 1976-yildagi Gazli yer silkinishining gipotsentri (zilzila oʻchogi, litosferaning maʼlum chuqurlikdagi togʻ jinslari qatlamlarining uzilishi, surilish joyi) yer qobigʻining 5-25 km chuqur oraligʻida, 1984-yilgi yer silkinishida esa 50-200 km oraligʻida joylashgan. Yer silkinish hodisasini vujudga keltiruvchi energiyaning yigʻilishi, sarflanish darajasi silkinish hududlaridan surib olingan gazning miqdori, yer qaʼri togʻ jinsi qatlamlariga tushayotgan tabiiy bosimning mutanosibligini maʼlum darajada buzilganligi oqibati zilzilaning sodir boʻlish vaqtini tezlashtiradi.
Zilzila turlaridan eng xavflisi (talofatlisi) tektonik zilzila hisoblanadi. Maʼlumki, har yili sayyoramizda 100000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar (seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia boʻlib, imorat va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo boʻlishiga, ming-minglab insonlar yostigʻining qurishiga olib keladi.
Yer silkinish oʻchogʻi gipotsentrning joylashgan chuqurligi boʻyicha:

  1. yuza — 70 km.gacha

  2. oʻrta — 70-300 km.

  3. chuqur — 300 km.dan pastda „mantiya“ qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin.

Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning oʻchogʻi asosan 70 km.gacha chuqurliklarda joylashganligi qayd etilgan. Mantiyadagi katta bosim yoki portlashlar tufayli zilzila oʻchogʻi vujudga keladi, natijada katta kuchlanishlar paydo boʻladi, bular oʻz navbatida yerning ustki qatlamini tebranishiga olib keladi. Gipotsentrdan hamma tarafga, qaytar seysmik toʻlqinlar tarqaladi, ular asosan, boylama va koʻndalang turlariga boʻlinadi.Yer ostidan uzunasiga tarqalayotgan (vertikal tarzda) toʻlqinlar oʻz yoʻnalishi buyicha navbatma-navbat yer poʻstlogʻini siqib, yer yuzasiga chiqqanda tovush chiqaradi. Bu esa yer silkinishi oldidan chiqadigan tovushning oʻzginasidir. Koʻndalang toʻlqinlar (gorizontal) yer yuzasiga chiqib, zilzila toʻlqinlarini vujudga keltiradi va epitsentrdan barcha taraflarga tarqaladi. Kuchli yer silkinishi oqibatida yerning yaxlitligi, butunligi oʻzgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik qismlar ishdan chiqishi, insonlar oʻlimi yuz beradi. Yer silkinishi koʻpchilik hollarda maʼlum intensivlikda chiqadigan tovush bilan yuz beradi va uning past-balandligi yer qimirlashning kuchiga bogʻlik.
Yer qimirlashning asosiy koʻrsatkichlari quyidagilardan iborat: yer silkinish oʻchogʻining chuqurligi, silkinish amplitudasi va yer silkinishining intensiv energiyasi.

Download 47.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling