Zilzila ta'sirida zamin mustahkamlik ko'rsatkichlarini o'zgarishi zilzila, yer qimirlash


Download 243.49 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi243.49 Kb.
#1016077
1   2   3   4   5
Bog'liq
ZILZILA TA\'SIRIDA ZAMIN MUSTAHKAMLIK KO\'RSATKICHLARINI O\'ZGARISHI

Yaponiya zilzilasi (2011) Xonsyu orolining sharqiy qirgʻogʻidagi zilzila, yoki Buyuk sharqiy yapon zilzilasi (yap. 東日本大震災 Higasi Nixon daysinsay) 2011-yilning 11-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:46 da (UTS 5:46) 9.0-9.1 magnitudali zilziladir. Giposentr Tinch okeanining 35 km chuqurligida joylashgan edi. Zilzila ortidan sunami keldi va zilziladan 69 daqiqa oʻtgandan soʻng sunami Senday suvga gʻarq qildi.
Bu Yaponiya tarixidagi eng kuchli, dunyo tarixidagi eng kuchli zilzilalar qatorida yettinchi, turli baholarga koʻra 6, 5 yoki 4 oʻrinda turadi. Halok boʻlganlar soni boʻyicha esa Yaponiyada 1896, 1923-yilgi zilzilalardan ortda qoladi.
Imoratlarga, inshootlarga yer silkinishining taʼsiri va xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Inshootlar koʻradigan talafotlariga ko'ra quyidagicha tasniflanadi:

  • 1-darajali talafot. Bunda yengil shikastlanish yuz beradi.

  • 2-darajali talafot. Ogʻir boʻlmagan shikastlanish sodir etiladi, devorlarda katta boʻlmagan yoriqlar paydo boʻladi.

  • 3-darajali talafot. inshootlarning ogʻir shikastlanishi yuz beradi, devorlarda katta va chuqur yoriqlar paydo boʻladi.

  • 4-darajali talafot. Imorat va inshootlar ichki devorlarining toʻliq buzilishi yuz beradi.

  • 5-darajali talafot. Imorat va inshootlar toʻliq, buzilishi sodir boʻladi.

Imorat va inshootlarning konstruksiyasi va qurilish materiallariga qarab quyidagicha tasniflanadi:

  • A guruh — xom gʻisht, paxsa devorli imoratlar;

  • B guruh — pishiq gʻishtdan qurilgan inshootlar;

  • C guruh-temirbeton, sinchli va yoyuchdan qurilgan inshootlar.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda davlat standarti tomonidan imoratlar guruhining har bir ballda koʻradigan talofat darajalari qonunlashtirib qoʻyilgan. Jumladan:

  • 6 ball — yer silkinish jarayonida A guruhga mansub inshootlar 2-darajali talofat, B guruhi inshootlari 1-darajali talofat koʻradi.

  • 7 ball — A guruhidagi inshootlar 3-darajali talofat koʻradi.

  • 8 ball - A guruhidagi inshootlar 5-darajali, B guruhidagi inshootlar ham 3,4-darajali, V guruhidagi inshootlar 2-darajali talofat koʻradi.

  • 9 ball — B guruhidagi inshootlar 4-darajali, shuningdek, V guruhidagi inshootlar ham 4-darajali talofat koʻradi.

  • 10 ball - B guruhidagi inshootlar 5-darajali, V guruhidagi inshootlar 4-darajali talofat koʻradi.

  • 11 ball — B guruhidagi inshootlar toʻliq qulaydi togʻ jinslarining tik va gorizontal yoʻnalishdagi harakati kuzatiladi.

  • 12 ball — amalda yer yuzasida tik inshoot qolmaydi.

Yer silkinishi keltiradigan talofat inshootning turiga, konstruksiyasiga bogʻliq boʻlishi bilan bir qatorda, qurilish maydonlarining muhandis-geologik sharoitiga, yaʼni togʻ jinsliri turlarining mustahkamlik darajasiga, hossa va hususiyatlariga bogʻliq. Masalan, 1966 yili Toshkent shahrida boʻlgan silkinish natijasida shaharning yer osti suvlari satxi yer yuzasiga yaqin boʻlgan pastqam joylarga joylashgan imoratlar kuchli talofat koʻrdi. Shundan keyin 1966-yili shahar xududida qayta muhandis-geologik xaritalash ishlari oʻtkazilib, shahar markazi tuproq sharoiti nuqtai nazaridan 9 ballik mintaqaga oʻtkazildi. Bu degan soʻz, 9 ballik mintaqada quriladigan inshootlar konstruksiyasiga va usuliga maʼlum talablar qoʻyish va ularni bajarishni talab qiladi.
Seysmoaktiv hududlarda qurilish ishlarini olib borishda davlat tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalarga, talablarga rioya qilinmogʻi zarur. Yaʼni shahar qurilishida imoratlarning balandligiga va shakliga katta talablar qoʻyiladi, ular quyidagilardan iborat:

  • Shahar hududida katta-katta ochiq maydonlarning boʻlishi, yaʼni silkinish sodir boʻlgan taqdirda va undan keyin odamlarning yashashi uchun yengil qurilmalar qurish uchun xavfsiz joy zarur;

  • Suv havzalarining boʻlishi, yaʼni zilzila vaqtida chiqishi mumkin boʻlgan yongʻinlarni oʻchirish maqsadida foydalanish uchun suv zaxirasiga ega boʻlish;

  • Inshootlar orasidagi masofa, inshoot balandligidan 1,5 marta uzoq boʻlishi, chunki imorat talofat koʻrganda bir-biriga taʼsir qilmasligi kerak.

Inshootlar yer silkinishiga bardosh berish xususiyatiga koʻra 3 guruhga boʻlinadi:

  1. A — 7 ballgacha chidaydigan kuchsiz seysmochidamli uylar. Bunga tuproqdan, gʻishtdan qurilgan uylar kiradi.

  2. B — 8 ballgacha chidaydigan uylar. Bu xildagi uylar har xil yogʻoch karkaslardan tayyorlanadi (sinchli uylar).

  3. C — 9 ballgacha chidaydigan seysmochidamli uylar. Bu xildagi uylarga katta metall karkaslardan tayyorlanadigan, temirbeton konstruksiyalardan qurilgan inshootlar kiradi.

Yer silkinish oqibatlarini tugatish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yer silkinishining oqibatlarini tugatishda ishga yaroqlik har bir kishi ishtirok etishi zarur va quyidagi ishlar birlamchi hisoblanadi:

  • Yer tagida, buzilgan va yonayotgan uyda qolgan odamlarni qutqarish;

  • Ishlab chiqarish, kommunal-energetik tizimlarda sodir buladigan avariyalarning oldini olish va toʻgʻrilash (chunki bular inson xayotiga xavf soladi);

  • Buzilgan uylarni, inshootlarni tiklash;

  • Talofat koʻrganlarga tibbiy yordam koʻrsatish shahobchalarini tayyorlash;

  • Yer silkinish oʻchogʻida suv taʼminotini tiklash.

Yer silkinishi boshqa turdagi tabiiy ofatlarni, falokatlarni: masalan, yer surilishi, suv toshqini, qor koʻchkisi, yongʻin chiqishi hamda avariyalarni: kommunal-energetik tizimlarining izdan chiqishi, kimyo sanoati korxonalarida avariya natijasida KTZMlarning tashqariga toʻkilishi, AESlarda radioaktiv moddalarni atmosferaga chiqishi va boshqa xavfli ofatlarning yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin. Ammo, xozirgacha yer silkinishining aniq vaqtini va joyini ayta oladigan uslub yoʻq, lekin yerning tavsifli xususiyatlari, tirik mavjudodlarning xatti-harakatlari oʻzgarishiga qarab olimlar yer silkinishi xaqida muayyan maʼlumotlarni beradilar.

Download 243.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling