Zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda aholining harakati


Jazirama issiq kunlardan qanday saqlanish kerak?


Download 28.5 Kb.
bet9/9
Sana23.02.2023
Hajmi28.5 Kb.
#1224163
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Ma\'ruza

8. Jazirama issiq kunlardan qanday saqlanish kerak?
Jazirama issiq - bir necha kunda o‘rtacha havo haroratining 10 va undan yuqori gradusga ko‘tarilishini anglatadi.
Xavfi shundan iboratki, inson tana harorati 37.1oS dan ko‘tarilishi, yoki tana haroratining 38.8oS ga ko‘tarilib inson salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Inson tana haroratining ko‘tarilishi tananing qizarishiga va kuchli chanqoqqa olib keladi. Keyinchalik, hushdan ketish, nafas qisishi va yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin.
Jazirama issiqqa tayyorgarlik choralari.
Suv zaxirasini yaratish uchun qo‘shimcha idishlarga suv to‘ldirib qo‘ying. Issiq kunga mo‘ljallangan kiyimlarni, elektr maishiy uskunalarni (ventilyator, konditsioner) tayyorlab qo‘ying. Agar siz qishloq joylarda istiqomat qilsangiz, soyabon, shiyponlar, quduqlarlardan, shuningdek derazalar uchun qalin pardalardan foydalaning. Ichimlik suvidan unumli foydalaning.
Jazirama issiq harorat ta’siridan saqlaning. Och rangdagi, havo o‘tkazuvchi (iloji bo‘lsa paxta xomashyosidan) kiyim va bosh kiyimlardan foydalaning.
Yodda tutingki, kuygan tana qismi sovimaydi va terlamaydi. Shoshmasdan harakatlaning, iloji boricha soya joylarda bo‘lishga harakat qiling. Pivo va boshqa alkogol mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, bu organizmning umumiy holatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Issiq kunda shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, qo‘shimcha tuzli maxsulotlar va meva, sabzavotlardan iste’mol qiling.
Jazirama issiq natijasida oftob urganda zudlik bilan soya joylarda saqlaning, zudlik bilan dush qabul qiling yoki shamol bor joyga o‘ting va asta-sekinlik bilan ko‘proq suv iste’mol qiling. Oftob urushidan saqlanish maqsadida iloji boricha badaningizni sovutishga harakat qiling.
Jazirama issiq kunda yong‘in xavfi kelib chiqishi mumkinligini yodda tuting.
Issiq kunda nima qilish kerak

  1. Ko‘proq suv ichish. To‘g‘ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini me’yorlashtirishiga qulay sharoitlar yaratadi. Issiq kunda suv iste’mol xajmini ko‘paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha oddiy ichimlik suvini iste’mol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo‘lganlar, shifokor tavsiyasiga rioya qilish kerak.

  2. Eng issiq paytda - 12-00 dan 16-00 gacha ko‘chaga chiqmaslik va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikka harakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtiring-ki, bu vaqtda yoki ishda, yoki uyda bo‘ling.

  3. Ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona haroratiday bo‘lishi kerak. Muzdek suv bilan yuvinish esa, tana harorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.

  4. Albatta, ochiq suv xavzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish ta’qiqlangan xavzalarda cho‘milish qat’iyan man etiladi.

  5. Ertalab va kechqurun ko‘proq harakat qiling. Bunday issiq kunda kamharakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.

  6. Oziqlanish ratsionini o‘zgartiring. Issiq kunda ko‘proq sovuq taomlar iste’mol qiling. Yog‘liq sut va go‘sht maxsulotlar iste’mol qilmang, ammo baliq va sabzavot mahsulotlaridan voz kechmang. Sutli mahsulotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozimki - rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste’molga yaroqlik muddati o‘tib ketgan mahsulotlarni sotib olmaslik kerak.

  7. Albatta taomlarni tuz bilan tanovvul qiling chunki, yuqori haroratda, tananing terlashi natijasida ko‘p miqdorda natriy moddasi yo‘qotiladi.

  8. Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikga harakat qiling.

  9. Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob urishi asosan bosh qiziganda sodir bo‘ladi.

Bunday issiq kunda, konditsionersiz iloji yo‘q. Ammo kun bo‘yi konditsioneri bor bo‘lgan xonada bo‘lsangiz ham, shunday joylashing-ki undan chiqayotgan sovuq havo to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizga ta’sir qilmasin.
Download 28.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling