Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining
II BOB. Oliy ta’lim muassasalarining elеktron ta’lim jarayonini
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB. Tajriba sinov ishlarining qo’yilishi va ularning natijalari
II BOB. Oliy ta’lim muassasalarining elеktron ta’lim jarayonini
tashkillashtirish va boshqarish mеtodlari. 2.1. Oliy ta’lim muassasasida elеktron ta’lim jarayonini tashkillashtirish va ta’lim sifatini ta’minlash usullari........................................................................... 29 3.1. Talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonini MOODLE LMS tizimida tashkillashtirish usullari......................................................................................... 38 3.2. Talabalar mustaqil ta’limini Moodle tizimi orqali tashkil etish texnologiyasi.......................................................................................................... 45 II bob yuzasidan xulosalar..................................................................................... 57 III BOB. Tajriba sinov ishlarining qo’yilishi va ularning natijalari 3.1. Tajriba sinov ishlarining qo’yilishi................................................................. 58 3.2. Tajriba-sinov ishlarini natijalari va ularning tahlili....................................... 63 III bob yuzasidan xulosalar.................................................................................... 68 Umumiy xulosalar.................................................................................................. 69 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati........................................................................ 70 3 Kirish Istiqlolning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda ta’lim sohasiga yuksak e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga tobora keng kirib borayotgan bir sharoitda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini modernizatsiyalash, jumladan ta’lim jarayonida rivojlangan mamlakatlarning ilg’or tajribalaridan keng foydalanilmoqda. Ta’lim tizimini isloh etish va uning sifatini oshirish maqsadida uning normativ-huquqiy bazasi shakllantirildi. Jumladan, O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta’lim muassasasini jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatishi, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, talabalar, ilmiy-pedagog kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan ish olib borishda elektron ta’limdan samarali foydalanish masalalari Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirishning asosiy vazifalari sifatida belgilandi. 1 Shu munosabat bilan Respublikamizning qator ta’lim muassasalarining texnika bazasi, jumladan, kompyuter texnikasining yangi avlodi bilan jixozlanishi, shuningdek, ularning Internet tarmoqlariga ulanishi, elektron a’loqalar bilan ta’minlanishiga e’tibor yanada kuchaydi. Bularning hammasi ta’lim mazmunini samarali qilish maqsadida Respublika ta’lim muassasalariga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish, o’quv rejalariga kiritilgan fanlarni yangi interfaol usul va vositalardan foydalanib, jumladan, masofadan turib o’qitish, elektron darsliklar yaratish va ularni o’quv – tarbiya jarayonida qo’llashga qaratilgan. 1 O‘zbekiston Reespublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. // O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. –T., 2017 . – B.39. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling