Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi
Aralash model. Ushbu model universitet talabalarini masofali o’qitishning
turli shakllarini, aniqrog’i shakllarning integratsiyasini nazarda tutadi. Masalan, kunduzgi shaklda o’qiyotgan talabalar masofali o’qitish kurslarining dasturlaridagilarni yoki ushbu universitetning o’qituvchisi o’qiyotgan kunduzgi kurslari bilan parallel ravishda qisman o’qiydilar. Shuningdek, bu modelda an’anaviy kurslar doirasida virtual seminarlar, taqdimotlar, ma’ruzalar ko’rinishidagi mashg’ulotlar aloxida shakllarining birlashmasi bo’lishi mumkin. Universitet axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik yuqori jixozlangan bo’lsa, shunchalik o’qitish shakllari turli-tuman bo’ladi. Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zelandiyadagi Massey universitetida (Massey University, New Zealand – http:www.massey.ac.nz ) tashkil etilgan. Janubiy Koreya muvaffaqiyati va ta’lim tizimi 2 . Dunyoda ta’lim yo’nalishida Janubiy Koreya ta’lim sohasi yetakchi o’rinni egallab, ilmiy salohiyat ham shiddat bilan yuksalib bormoqda. Bu fikrlar isboti sifatida “Ilmiy yuksalishni baholash xalqaro tashkiloti” (IAEP) tomonidan 2015 yilda 19 mamlakat talabalari orasidan 18 yoshli o’smirlar uchun egallangan ta’lim sifatini ifodalovchi monitoring tadqiqotlarida Janubiy Koreya yoshlari birinchi o’rinni egalladi. Koreyada 359 ta oliy o’quv yurtlari mavjud bo’lib ularda 3,3 mln.ga yaqin talabalar tahsil olishadi. Ushbu oliy o’quv yurtlarining 222 tasi to’rt yillik kollejlar, 180 tasi xususiy ta’lim muassasalaridir. Jami mavjud oliy o’quv yurtlarining 85 foizi xususiy ta’lim muassasalaridir. Universitetlarda 78%, kasbiy maktablarda 96 % talabalar xususiy ta’lim muassasalarida o’qishadi. Universitetlarning umumiy xarajatlarini 23% davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Boshqa rivojlangan davlatlar qatori Koreyada ham oliy ta’lim ikki bosqichda (bakalavriat va magistratura) olib boriladi. Bakalavriat ta’lim dasturlari 4 yilga mo’ljallangan bo’lib, kamida 130 kredit birligidan iborat. O’quv dasturining birinchi ikki yili umumkasbiy o’quv 2 Success and Education in South Korea Clark W.Sorensenp 34-39 2004 http// Retrieved 15.07.2015 from://www.jstor.org. 25 fanlaridan, oxirgi ikki yili esa mutaxassislik fanlaridan iborat. Semestr 16 haftadan iborat. Bakalavrlar asosan universitetlarda va 4 yillik o’quv dasturi asosidagi kollejlarda tayyorlanadi. 2000 yilda Janubiy Koreya xukumatining yalpi milliy maxsulotining 4,5 foizi ta’limga yo’naltirilgan. Lekin Yevropadagi bu ko’rsatkich ancha yuqori bo’lib bu ko’rsatkich Vengriyada 6,1%, Frantsiyada 7,5% ni tashkil etgan. Shunday bo’lsada Janubiy Koreya xalqining ta’lim olishga asosiy e’tibor qaratayotganligi mamlakatni barcha soxalarda erishayotgan yutuqlarida xam ko’rinib turibdi. Bugungi kunda Janubiy Koreyada ta’lim tizimidagi erishilayotgan yuqori ko’rsatkichlar sababi mutaxassislar tomonidan quyidagi xususiyatlarda deb ko’rsatilmoqda: Janubiy Koreya xalqida ta’limga bo’lgan ishtiyoqning balandligi xususiyati; Janubiy Koreyadagi ta’lim tizimida talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayoniga aloxida e’tibor qaratilganidadir. Janubiy Koreyadagi ta’lim tizimida pedagoglarning aksariyati erkaklardan iborat bo’lganligi xususiyati, tizimni qat’iy rivojlanishi omili bo’lib xizmat qilgan deya baholanmoqda; Janubiy Koreya yoshlarining ta’limga ko’p vaqt sarflaganligi xususiyati, koreyalik o’quvchilarning qo’shimcha bilim yoki amaliyot uchun maktabdan tashqari qo’shimcha bir necha soat vaqtlarini ajratishida kuzatiladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling