Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining
Uzoqlashtirilgan auditoriyalar
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonini MOODLE LMS tizimida tashkillashtirish usullari
Uzoqlashtirilgan auditoriyalar.
Bu modеlda zamonaviy axborot tеxnologiyasi vositalari faol foydalaniladi. Qandaydir oliygoxda o‘tkazilayotgan o‘quv kurslar, ma’ruzalar yoki sеminarlar talabalar yig‘iladigan uzoqlashtirilgan o‘quv auditoriyalarga sinxron tеlеko‘rsatuv, vidеoanjuman, radioeshittirish ko‘rinishida tеlеkommunikatsiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir o‘qituvchi bir vaqtni o‘zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu modеl bo‘yicha AQSh ning Viskonsiya univеrsitеti (Wisconsin University, USA) da, shuningdеk, Xitoyning markaziy radio va tеlеvidеniе univеrsitеti (China Central Radio and TV University) da masofali o‘qitish tashkil etilgan. 2.2. Talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonini MOODLE LMS tizimida tashkillashtirish usullari Oliy ta’lim muassasalarida yo’nalishidan kelib chiqqan holda yangi kiritiladigan fanlar bo’yicha, kiritilgan (yoki o’qitilayotgan) fanlarni sifatini oshirish maqsadida, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan fanlarni o’rganib chiqqan holda mustaqil o’rganish uchun OETR/OOOK taklif etilayotgan kurslar bazasini yaratish va o’quv ishchi dasturga kiritish kerak. Barchamizga ma’lumki talabalarning mustaqil ishi o’quv rejada ajaratilgan umumiy soatning 40 % tashkil etadi. Hozirda talabalarning mutaqil ishini tashkillashtirishning fanning o’ziga xos tomonlaridan kelib chiqqan holda har xil turlarda tashkillashtiriladi. Quyidagi modelda ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalangan holda talabalarning mutaqil ishini tashkillashtirish mexanizmi taklif etiladi. 39 OTM kafedrasining professor-o’qituvchilari tomonidan OETR/OOOK o’rganilib chiqiladi. Kafedraning yo’nalishidan kelib chiqqan holda OETR/OOOK o’quv modullari ajartib olinadi. Ajaratib olingan o’quv modullarining qiyinlik darajasi, O’quv modulini o’zlashtirishga ketadigan vaqti, kursni o’zlashtirish uchun talabadan talab qilinadigan minimal bilim talablari o’rganilib chiqiladi. Tanlab olingan o’quv fan moduli bo’yicha ichki nazoratni tashkillashtirish maqsadida imtihon-nazorat savollari tuziladi. Ajratib olingan o’quv fan modullari kafedra yig’ilishida muhokama qilinadi va maxsus bayonnoma asosida tasdiqlanib, universitet ilmiy uslubiy kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Mustaqil ish sifatida talabalarga OETR/OOOK berilayotgan o’quv fanlari ro’yihati tavsiya sifatida beriladi. Talaba mustaqil ish sifatida OETR/OOOK tomonidan taqdim etilayotgan kursni (o’quv fanini yoki modulini) o’zlashtiradi. O’zlashtirgandan keyin kafedra tomonidan ichki nazorat testlarini topshirib mustaqil ishi baholanadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling