Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/32
Sana22.08.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1669293
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi

Birinchi 
bosqichda 
professor-o’qituvchilarning 
va 
talabalarning 
vaqtlarining tejalishi ochiq elektron ta’lim resurslarni va mutaqil ishni bajarish 
bo’yicha metodik qo’llanmalarning oliy ta’lim muassasasining elektron ta’lim 
platformasiga (Moodle LMS tizimiga) joylashtirish orqali amalga oshiriladi. 
Ilgari mustaqil ish topshiriqlarini talabalarga yetkazish katta vaqtni talab 
qilar edi (ayniqsa katta guruxlar va potoklardi). Masalan ayrim paytlarda o’quv 
dasturining o’zgarishi hisobiga esa umuman topshiriqlarning parametrlari o’zgarib 
ketishi o’quv jarayoniga salbiy ta’sir qilishi mumkin. 
Hozirda esa oliy ta’lim muassasasining elektron ta’lim platformasi (Moodle 
LMS tizimiga)dagi o’quv kurs sahifasidan barcha zarur materiallarini topish 
mumkin. 


44 
Talabalarning mustaqil ta’lim uchun topshiriqlarini oson olishi va ularning 
muddatlarini ko’rishi mumkin. Tizim tomonidan topshiriqlarni ochilishi, yopilishi 
va muddatlarni belgilash avtomatik tarzda bajarilishi mumkin. Bundan tashqari 
tizim professor-o’qituvchiga istagan paytda topshiriqlarga o’zgartirish kiritish, 
yangi adabiyotlarni qo’shish, topshiriqlarga aniqliklar kiritish va boshqa 
imkoniyatlarni beradi. 
Ana’naviy usullarga qaraganda Moodle tizimi orqali talabalarga o’quv 
metodik materiallarni, meyoriy xujjatlarning, o’quv va metodik ko’llanmalarning 
hamda turli mashg’ulotlar uchun topshiriqlar etkazish oson va tezkor amalga 
oshirish mumkin, bu esa o’z navbatida professor o’qituvchini sezilarli darajada 
vaqtini tejaydi. 
 
Ikkinchi bosqich mustaqil ta’lim uchun ajartilgan nazoratini 
optimalashtirishga imkon beradi. Auditoriya soatlarining qisqarishi sharoitida
mashg’ulot paytida yozma nazorat ishlarini o’tkazish tavsiya qilinmaydi, bundan 
tashqari yozma ishlarni tekshirishga, natijalarni tahlil qilishga sezilarla darajada 
vaqt sarflanadi. Moodle tizimida nazoratlarni keng miqdorda boshqariladigan 
testlarning turli shakllarida o’tkazish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari tizim 
nazoratini, baholashni va monitoringini tizimning o’zi amalga oshirishi mumkin. 
Moodle tizimida “topshiriq” elementidan foydalanish talabalarning mustaqil 
ta’limini boshqarishni optimallashtirishga imkoniyat yaratadi. Tizim talaba 
bajargan “topshiriq”larni qachon, qayerdan joylashtirganligi haqida ma’lumotni, 
professor-o’qituvchini tekshirilmagan ishlar xaqida xabardor qiladi, topshiriqlarga 
izoh va tavsiyalar berish imkoniyati mavjud. Talabalarga ham topshiriqlarni 
istalgan paytda bajarish, qachon va qanday tekshirilganlini ko’rishi mumkin. 
Moodle tizimiga o’tishning birinchi va ikkinchi bosqichlari o’qituvchiga 
mavjur o’quv metodik materiallardan rasional foydalanishga, auditoriyadan 
tashqari mustaqil ta’limni boshqarishni effektivligini oshirishga va asosiysi 
vaqtdan unumli foydalanishga imkoniyat bersa, keyingi uchinchi bosqich esa o’tish 
esa fanni o’rganish modelini sezilarli o’zgartirishni talab qiladi. 


45 
Eng avvalo o’quv materialning qaysi qismi talabalar tomonidan mustaqil 
tarzda 
o’zlashtirilishi 
mumkinligi 
aniqlash 
zarur. 
Bendjamin 
Blum 
taksanomiyasiga asosan ta’lim maqsadlarning birinchisi “Bilish” dir, ya’ni o’quv 
materialni eslab qolish va aytib bera olishdir. Eng avvalo mustaqil ta’limda kamida 
ushbu maqsadga erishish zarur. Buning uchun saytga o’tiladigan dars mashg’ulot 
bo’yicha elektron qo’llanmalar, video darslar va video lavhalar, taqdimotlar, 
SCORM lar, ta’lim jarayonini boshqaruvchi va topshiriqlarni bajarilishini 
kuzatuvchi funksiyalarini sozlanishi mumkin. 
Talabalarda mustahkam bazaviy bilimlarning dars oldinidan shakllanganligi 
bevosita talabalar bilan o’tkaziladigan auditoriya mashg’ulotlarida ta’limiy 
maqsadlarning yuqori darajalariga “Tushunish”, “Qo’llash” va kafolatli erishishga 
imkon beradi. Bu esa o’z navbatida produtiv va ijodiy xarakterga ega bo’lgan 
murakkab kompitent-orientirlangan mustaqil ishlarni bajarishga asos yaratadi. 
Moodle tizimi ta’lim jarayoni subektlarining sarflanayotgan mehnati va 
erishilayotgan natijalar orasida optimalmal tanlovdir. 
Moodle tizimidan foydalanishdanish, hamda pedagoglar tomonidan uning 
imkoniyatlarini bosqichma bosqich o’zlashtirish, haqiqatdan ham, talabalarning 
mustaqil ta’limini boshqarishni optimallashtirishni ta’minlash mumkin. Natijada 
o’quv jarayonini samaradorligini oshishiga olib kelishi mumkin. 
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fikrlash, tahlil va bashorat qilish 
malakasini oshirish, uni kelajakda o’z professional kasbini egallashda katta ta’sir 
etadi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling