Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining
“Лекция”(Ma’ruza) – modulini yaratish
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Лекция moduli
- II bob yuzasidan xulosalar
- III-BOB. TAJRIBA SINOV ISHLARINING QO’YILISHI VA ULARNING NATIJALARI 3.1. Tajriba sinov ishlarining qo’yilishi
“Лекция”(Ma’ruza) – modulini yaratish
“Лекция” – modulini yaratish uchun o’quv kurs yoki uning bo’limlari sahifasining “Редактировать” rejimida tugmasi bosiladi. Mazkur oynadan “Лекция” modulini tanlab, “Добавить” tugmasini bosish natijasida “Добавить лекция” sahifasi hosil bo’ladi: 56 Лекция moduli asosiy kurs elementlaridan bir hisoblanganligi uchun ham uning sahifalarini to’ldirish qolga modullarni to’ldirishdan farq qiladi. Barcha modullar bila ishlashda “Общее”, “Общие настройки модуля” va “Ограничить доступ” bo’limlarini to’ldirish qoidalari bir xi kechadi. 57 II bob yuzasidan xulosalar Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki: Ushbu bobda Moodle tizimida elektron resurs yaratish uchun qo’llanilgan dasturiy vositalar, hamda dasturdan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar keltirilgan. Elektron ta’lim resursi maqsadga yo’naltirilgan, ta’lim maqsadiga erishish uchun pedagogik metodlar va texnologiyalarning uslubiy izchililigiga ega bo’lgan pedagogik ssenariy asosida tuziladi. Elektron ta’lim resurslari haqida ma’lumotlar yoritilgan. Ulardan qanday foydalanish va ular qanday xossalarga ega ekanligi to’liq bayon etilgan. Yani shuni aytish mumkinki, bu boblarni o’qib o’zlashtirgan fodalanuvchi elektron resurslaridan foydalanish yo’llari haqida ma’lumot oladi. Elektron ta’lim resurslari foydalanuvchiga vaqtdan unumdor foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. 58 III-BOB. TAJRIBA SINOV ISHLARINING QO’YILISHI VA ULARNING NATIJALARI 3.1. Tajriba sinov ishlarining qo’yilishi Bugungi kunda jahonda ta’limga kompetentli yondashuv asosida bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, pedagog kadrlarning kreativ kompetentligini rivojlantirish orqali ijodiy ta’lim jarayonini loyhalashtirishning zamonaviy metodik ta’minotini yaratish, talabalarda kasbiy faoliyat sohalariga yo‘naltirilgan kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish. Ana shu nuqtai-nazardan ilg‘or xorijiy tajribalar asosida zamonaviy kasbiy ta’lim mazmunini internatsionalizatsiyalash va modernizatsiyalash, kompetentsiyalarga asoslangan innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish, elektron ta’lim va texnologiyalarini amaliyotga keng tatbiq etish asosida talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini yanada takomillashtirish muhim o‘rin tutadi. Xususan, talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonida elektron ta’lim resurslaridan foydalangan holda tashkillashtirish ta’lim sifatini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Tadqiqotimizning tajriba-sinov ishlari maqsadi talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonida elektron ta’lim resurslaridan foydalanish mazmunini asoslash va amaliy tajribada sinab ko’rishdan iborat etib belgilangan. Tadqiqotimizning maqsadi va vazifalariga tayanib tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodikasini va metodik kompetentligini baholash mezonlarini ishlab chiqdik. Tadqiqotimizning o’tkazishda tajriba-sinov maqsadi natijalari quyidagi vazifalarining hal etilishi hisobiga ta’minlandi: Elektron ta’lim resurslaridan foydalanish yo’llari, mazmuni, shakli, metod va vositalari. 1. Elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning mavjud shart-sharoitlarini aniqlash. Oliy ta’lim tizimidagi sub’ektlarini masofaviy ta’lim 59 texnologiyalaridan foydalangan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida bepul o’qitish imkoniyati foydalanib talabalarning mustaqil ta’lim olishda jarayonini tashkillashtirish va yechimlarini topish; Xususan, - yuqori sifatli raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’limni o’rnini aniqlash; - ochiq elektron ta’lim resurslari bazasini shakilantirish; - ochiq elektron ta’lim resurslaridan foydalangan xolda talabalarning mustaqil ishini tashkil etish mexanizmini yaratish; - xorij adabiyotlardan foydalangan xolda talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonini tashkilashtirish; 2. Oliy ta’lim tizimida o’qitish sifatiga ta’sir etuvchi omillarni, husuan talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning zamonaviy usullari yordamida tadqiqotchilik bilim va ko’nikmalarini o’zlashtirish. 3. Oliy ta’lim tizimida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning o’qitish sifatiga ta’sir etuvchi omillari mazmunini va shakl vositalarini o’rganish hamda tajriba sinovdan o’tkazish. 4. Oliy ta’lim tizimidagi sub’ektlaridan biri bo’lmish talabalarning mustaqil ta’limi muhim masalalardan biri ekanligi hisobga olgan holda, tegishli ta’lim fanlari bo’yicha o’quv dasturlari mazmunini takomillashtirishni, ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari bo’yicha mamlakatimizning ilg’or zamonaviy uskunalar va texnologiyalari bilan ishlash malakasini beruvchi ochiq elektron o’quv kurslar orqali mustaqil ta’lim olish jarayonini tashkillashtirish. Oliy ta’lim tizimida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning o’qitish sifatiga ta’sir etuvchi omillariga oid ilmiy-uslubiy xulosa va tavsiyalar chop etish. Tajriba-sinov maydonlariga qo’yilgan talablar, talabalar va o’quvchilarning fikrlash doirasini shakllanishiga doir kompleks yo’llanmasini belgilab berish, kasbiy faoliyatida mustaqil o’z o’rnini topib olishni taminlab beradigan o’quv dasturlari, qo’llanmalarini yaratishga xizmat qilishi kerak. 60 Tadqiqot ishlarimizda QDPI Fizika-Matematika fakulteti “Informatika o‘qitish metodikasi” yo’nalishi 3-kurs talabalarining “Axborot tizimlari” fanidan mustaqil ta’lim jarayonining amaliy asoslariga tayangan holda yangi bilmlarni o’zlashtirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Tadqiqot ishimiz QDPI Fizika-Matematika fakulteti “Informatika o‘qitish metodikasi” yo’nalishi 3-kurs talabalarining “Axborot tizimlari” fanidan mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etish masalalarini atroflicha tahlil qilish, sinab ko’rish, ilmiy farazlar tasdig’ini topish, muammoli va takomillashtirishga muhtoj sohalarda yangi AKT metodlar, vositalar, imkoniyatlar izlash, topish va joriy etish uchun ilmiy xulosalar chiqarishga qaratilgan. Ta’lim sifatini ta’minlashga xizmat qiluvchi elektron ta’lim resurslari va xorij adabiyotlaridan foydalangan holda talabalarning bilim, ko’nikmalarini oshirish. Shuningdek, Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika institutidagi Axborot Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling