Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining


Tajriba-sinov ishlarini natijalari va ularning tahlili


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/32
Sana22.08.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1669293
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi

3.2. Tajriba-sinov ishlarini natijalari va ularning tahlili 
Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika institutining Axborot 
texnologiyalari 
markazida 
yuritiluvchi 
http://moodle.kspi.uz/
 
tizimida 
o’qitishning modulli tiziminida Fizika-Matematika fakulteti “Informatika o‘qitish 
metodikasi” yo’nalishi 3-kurs talabalarining “Axborot tizimlari” fanidan mustaqil 
ta’lim mavzularidan tashkil topgan o’quv kursi yaratildi. 
Talabalar bilimini baholashda mustaqil ta’limda egallangan bilimlar 
shakllanishini ko’rsatish maqsadida tajriba va nazorat guruhlarida o’tkazilgan 
nazorat test natijalarini hisoblashda qulay bo’lishi uchun 100 ballik reyting 
tizimidan “5” ballik tizimga o’tkazish lozim. Bu jadvalda keltirilgan (3.2-jadval).
Ushbu jadvaldan DTS da keltirilgan quyidagi darajalar bo’yicha bahoga 
aylantirib olindi: 
III daraja – reproduktiv daraja bo’lib, DTSida belgilab berilgan bilimlarni 
o’zlashtirishning minimal darajasiga muvofiq keladi va quyi –“3” bilan 
baholanadi. 
II daraja – reproduktiv darajada qo’llaniladigan DTSidagi bilimlar darajasi 
bo’lib, bu darajada egallagan bilimlar “o’rta” – “4” bilan baholanadi.


64 
I daraja – bilimlarni ijodiy qo’llash darajasi bo’lib, DTSida belgilab berilgan 
bilimlarni o’zlashtirishning imkoniyat talablariga muvofiq keladi va “yuqori” – “5” 
bilan baholanadi. 
1. Reyting ko’rsatkichi – 100 – 86% - “5”. 
2. Reyting ko’rsatkichi – 85,9 – 71% - “4”. 
3. Reyting ko’rsatkichi – 70,9 - 56% - “3”. 
4. Reyting ko’rsatkichi – 55 – 0% - “2” (attestatsiya qilinmaydi). 
Tajriba–sinov ishlari jarayonida 42 nafar talabadan olingan savolnoma, test va 
boshqa ishlar tahlil etilib, matematik–statistika metodi orqali 2 ta guruh (42 nafar) 
talabalarning mustaqil ta’limda egallangan bilimlar shakllanishini darajasi 
aniqlanadi.
QDPI IO’M yo’nalishida tajriba–sinov ishlariga tanlangan 2 ta guruh (42 
nafar) talabalarining mustaqil ta’limda egallangan bilimlar shakllanishini darajasi 
aniqlanadi. 
301-IO’M va 302-IO’M guruh talabalari bilan o’tkazilgan tajriba–sinov ishlari 
natijalarida kuzatuv va nazorat guruhlariga bo’linishdi, bunda qatnashgan 301-
IO’M —guruh kuzatuv, 302-IO’M —guruh nazorat guruhlariga bo’linishdi jami 
tajribada 42 nafar talaba qatnashdi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling