Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining
Magistrlik dissertatsiya ishi ob’ekti
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magistrlik dissertatsiya ishi maqsadi
Magistrlik dissertatsiya ishi ob’ekti: oliy ta’lim muassasasining o’quv
jarayoni. Magistrlik dissertatsiya ishi predmeti: oliy ta’lim muassasasida elеktron ta’lim jarayonini tashkillashtirish va boshqarish usullari. (Moodle tizimi misolida) Magistrlik dissertatsiya ishi maqsadi: Oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim jarayonini ta’minlash bo’yicha xalqaro tajribalardan kelib chiqib, elektron ta’lim resurslaridan foydalangan holda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan modellar asosida, Oliy ta’lim muassasalarining elektron axborot ta’lim tizimini shakllantirishga oid tegishli xulosa va takliflarni ishlab chiqish. Ushbu maqsadlardan kelib chiqib quyidagi vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi: 1. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida oliy ta’limni isloh qilish, tizimni normativ-me’yoriy xujjatlar bilan ta’minlash, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’rsatilgan vazifalarni va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining elektron ta’limni tashkil etish bo’yicha buyruqlarini o’rganish orqali ta’lim sifati oshirishning xuquqiy asoslarini o’rganish; 2. Oliy ta’lim tizimidagi sub’ektlarini masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida bepul o’qitish imkoniyati foydalanib talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonini tashkillashtirish va yechimlarini topish; Xususan, - yuqori sifatli raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’limni o’rnini aniqlash; - ochiq elektron ta’lim resurslari bazasini shakilantirish; - ochiq elektron ta’lim resurslaridan foydalangan xolda talabalarning mustaqil ishini tashkil etish mexanizmini yaratish; - xorij adabiyotlardan foydalangan xolda talabalarning mustaqil ta’lim olish 6 jarayonini tashkilashtirish; 3. Oliy ta’lim tizimidagi sub’ektlaridan biri bo’lmish talabalarning mustaqil ta’limi muhim masalalardan biri ekanligi hisobga olgan holda, tegishli ta’lim fanlari bo’yicha o’quv dasturlari mazmunini takomillashtirishni, ta’limni ishlab chiqarish bilan integrasiyalashni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari bo’yicha mamlakatimizning ilg’or zamonaviy uskunalar va texnologiyalari bilan ishlash malakasini beruvchi ochiq elektron o’quv kurslar orqali mustaqil ta’lim olish jarayonini tashkillashtirish. 4. Masofaviy ta’lim texnologiyalari asosida ochiq elektron ta’lim resurslari orqali mustaqil ta’lim olgan talabalarini bilim, malaka va ko’nikmalarini baholash, takliflar ishlab chiqish; 5. Ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalangan holda, ta’limni ishlab chiqarish bilan integrasiyalashni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari bo’yicha mamlakatimizning ilg’or zamonaviy uskunalar va texnologiyalari bilan ishlash malakasini beruvchi o’quv kurslarni o’quv jarayoniga tadbiq etish masalasini o’rganish. 6. Masofaviy ta’lim texnologiyalari asosida omaviy onlayn ochiq kurslar orqali ta’lim olgan talabalarning (mustaqil ta’lim jarayonida) bilim, malaka va ko’nikmalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling