Ziyoda masharipova
Download 226.51 Kb.
|
IFODALI O`QISH
0‘ZBEKMAN
Yangi bir asming ostonasi bu, Yetishdim umrimning qutlug‘ yoshiga. Tilimda shukrona, dilimda g‘ulu, Tarix sarkotibin keldim qoshiga: Mana, men - O'zbekman, qoiimda tug‘im Va barcha a'molim bitilgan kitob. Shuning ichidadir borim va yo‘g‘im, Shuning ichidadir men uchun oftob. 0‘zbekman, inshoolloh, iymonim butun, Tilim qisiq emas bashariyatdan. Kimgadir tengdirman, kimdandir ustun, Zuvalam qorilgan samimiyatdan. 0‘zbekman, gohida iqbolim kulib, Gohida o‘zimdan chiqqan ofatim. Dunyoni olsam-da, jahongir boTib, Go'dak yig‘isiga yo‘qdir toqatim. - 146 - www.ziyouz.com kutubxonasi 0‘zbekman, qanchalik jafo chekmayin, 0‘zimga haq bo'ldim, o‘zimga haqman. Yashadim yovlarga bo‘yin egmayin, Bu kun o‘z erkiga erishgan xalqman. Istiqlol, ketma yurt peshonasidan, Tole, tark etmagin bizni, ilohim. Mana, yangi asr ostonasidan 0‘tdim. Bismillohir rahmonir rohiym. (Abdulla Oripov) •kifk Go'daklikdan maTum har odam, Bola boshdan degan gap to‘g‘ri. Mabodo men shoir boTmasam, BoTar edim bezori, o‘g‘ri. Jikkakkina shum bola edim, Tengdoshlarim ichra qahramon. Qaytar edim ko‘chadan doim Bumim pachoq usti boshim qon. Qo‘rqib qotgan onam qoshida Derdim tutib o‘zimnn mahkam: «Hechqisi yo‘q. Qoqildim toshga. Ertagacha qolmas o‘mi ham». Yillar o‘tdi, ketdi bolalik, Nihoya yo‘q armonlarimga. Yoshlikdagi sho'xlik, olovlik Ko‘chdi she'm dostonlarimga. Bolaligim ketdi borini Satrlarda qoldirib butun. She'rlarimda shum bezorining Xislatlari aks etar bu kun. - 147- www.ziyouz.com kutubxonasi Mag‘rurligim hamon qolmagan, Hamon baland o‘tli ko‘kragim. Bolalikda burnim qonagan, Bugun esa qondir yuragim. Mendan kulgan to‘da qoshida Deyman tutib o'zimni mahkam: «Hechqisi yo‘q! Qoqildim toshga, Ertagacha qolmas o‘rni ham». if ic rk Endi qaytmam uyimga, Men elkezar devona. Ko‘z tikibdir yo'limga Ko‘m-ko‘k o‘tloq yagona. Unda meni sog‘ingan Faqatgina qichitqon, Boshi quyi solingan Chuchmomai nafarmon. Oy tepamda, yuksakdir, Shapka otsam yetmaydi. Qo‘shiq, asli yurakdir, Tug'iladi - yitmaydi. Uyga umr so‘nggida Biz qaytamiz turfahol. Vujudtitroq qo'ynida, Yarim murda, yarim shol. Sening uchun, ey odam, Ko‘hna maqol aytadi. «0‘lar chog‘i itlar ham 0‘z uyiga qaytadiw. (Sergey Yesenin) Download 226.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling