2.4.1.Qoramol go’shtidagi asosiy organoliptik ko’rsatgichalari
Go’sht sanoatida va savdo sohasida go’sht deganda so’yilgan
hayvonlarning tansidan terisini, boshini, oyoqlarining pastki qismini va ichki
organlarini ajratilgandan qolgan qismiga aytiladi. Shunga muvofiq go’sht
o’zining morfologik tuzilishi jihatidan tarkibiga murakkb to’qimalarni
birlashtiradi, bunga muskul, pay to’qimalari bilan birgalikda yog’, suyak, qon va
limfa tomirlari, limfa tugunchalari va nerv tolalari kiradi.
Go’shtning asosiy va qimmat baho qismini go’sht to’qimasi yoki skelet
muskuli tashkil qiladi. O’zicha aytganda, ya’ni go’sht to’qimasi - umumiy
go’sht degan tushunchani berib, qolgan boshqa to’qimalar go’sht deb atalmaydi.
Dastlabki qayta ishlash jarayoniga va sanoatda qayta ishlanishiga qarab
go’sht quyidagi toifalarga bo’linadi:
1. Suyakdagi go’sht - tana go’shti va yarim tana go’shti
2. Suyaksiz go’sht (obvalennoye) – suyaklardan tananing yumshoq
joylarini ajratilgan qismi.
3. Paysiz go’sht - muskul to’qimasini ko’rinarli pay birikmalaridan,
yog’dan, limfa tugunlaridan va tomirlardan ajartilgandan qolgan qismi.
Go’sht – bu iste’mol uchun eng qimatbaho mahsulotlar qatoriga kirib,
uning tarkibida odamning organizmi uchun kerakli bo’lgan barcha biologik faol
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
45
moddalar mavjud, bu esa odamlarning hayoti o’sishida va rivojlanishida katta
ahamiyatga yega.
Tananing go’shtiga va uning tarkibiy qismiga kiradigan to’qimalarning
morfologik tuzilishiga ta’rifnoma.
Tana go’shtini to’qimalarining tarkibiga quyidagi asosiy to’qimalar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |