Zokirqulov Javohirning "Kimyoviy bog`lanish"


Download 21.88 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi21.88 Kb.
#107734
Bog'liq
Kimyoviy bog`lanish


Toshkent Davlat Stomatologiya Insituti I bosqich Stomatologiya fakulteti 114 A guruh talabasi Zokirqulov Javohirning “Kimyoviy bog`lanish” mavzusida tayyorlagan Mustaqil ishi

Kimyoviy bog`lanish

Atomlarning bir-biri bilan birikish jarayonida yuzaga keladigan bog` kimyoviy bog` deyiladi.

Bog` uzunligi 2 ta omilga bog`liq:


  1. Radiusga to`g`ri proporsional bo`ladi ya`ni radius ortsa bog` uzunligi ham ortadi yoki aksincha ( atom adius davrlarda o`ngdan chapga, guruhlarda yuqoridan pasga qarab ortadi)

  2. Atomlar orasidagi bog`lar soniga teskari proporsional bo`ladi ya`ni atomlar orasidagi bog` qancha ko`p bo`lsa bog` uzunligi shuncha qisqa bo`ladi

C---C C ==C

Bunda chapdan o`ngga bog` uzunligi kamayadi

Har qaysi element atomlari o`zlarining elekton konfiguratsiyasini inert gazlarnikiga o`xshatishga harakat qiladi. Chunki inert gazlarning orbitallari elektronlar bilan to`lgan bo`lib, ular barqarordir. Shuning uchun element atomlari bir-biridan elektron olib yoki elektron berib kimyoviy bog` hosil qiladi.

Kimyoviy bog`lanish turlari 4 ga bo`linadi



  1. kovolent bog`lanish

  2. ion bog`lanish

  3. metall bog`lanish

  4. vodorod bog`lanish

Kovolent bog`lanish

Metalmas atomlari orasida yuzaga keladi va elektron juftlar hisobiga ya`ni toq elektronlarning qo`shilishi hisobiga yuzaga keladi.

Kovolent bog`lanish “to`yinuvchanlik” va “yo`naluvchanlik” xossalariga ega ya`ni element atomlari elektron olib to`yinadi(to`yinuvchanlik) va shu atomlar o`rtasida yuzaga kelgan juft elektron qaysidur atom tomon tortilsa (elektromanfiyligi katta atom tomon) bu yo`nalgan bo`ladi

Masalan: H

Kovalent bog`lanish 2 ga bo`linadi:


  1. qutibsiz kovolent bog`lanish

  2. qutibli kovolent bog`lanish

bundan tashqari donor akseptor bog`lanish ham mavjud.

Qutubsiz kovolent bog`lanish

Bir xil metalmas atomlari o`rtasida yuzaga keladi yoki N.E.M (nisbiy elektromanfiylik) lari bir-biiga juda yaqin bo`lgan metalmas atomlari orasida yuzaga keladi ya`ni N.E.M lar ayirmasi “0” dan “0,4” gacha bo`lsa

Masalan: H2, Cl2, O2, N2, H3P, CS2, S8

Xususiyatlari: Qaynash-suyuqlanish temperaturasi juda past, eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o`tkazmaydi (noelektrolit), qutubli erituvchilarda erimaydi(masalan, H2 suvda erimaydi), qutibsiz erituvchilarda yaxshi eriydi (masalan, H2 kislorodda yaxshi eriydi), to`yinivchanlik xususiyatiga ega , yo`naluvchanlik xossasiga deyarli ega emas.



Qutubli kovolent bog`lanish

Har xil metalmas atomlari orasida yuzaga keladi yoki N.E.M lari bir-biridan biroz farq qiladigan metallmas atomlari orasida yuzaga keladi.

Masalan: HCl, H2O, CO2, SO2, SCl4, PCl3, NH3, CH4

ya`ni bularda N.E.M ayirmasi “0,4” dan “2” gacha bo`ladi

Xususiyatlari: Qaynash-suyuqlanish temperaturasi past(qutubsiz kovolent bog`ga nisbatann), qutubli erituvchilarda eriydi (masalan HCl suvda eriydi), eitmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o`tkazmaydi (ayrimlari o`tkazadi) bog` va molekulalar qutubli bo`ladi( ayrim molekulalar qutbsiz)

Donor-akseptor bog`lanish

Bir element atomining juft elektronlari va ikkinchi element atomining bo`sh orbitallari hisobiga yuzaga keladigan bog` donor-akseptor bog` deyiladi.

“Donor” --- elektron beruvchi

“Akseptor” --- elektron oluvchi



Birinchi, ikkinchi, uchunchi, to`rtinchi “A” guruh elementlari faqat akseptor

Beshinchi, oltinchi, yettinchi “A” guruh elementlari faqat donor vazifasini bajaradi

Galogenik kislotalarning suvdagi eritmalarida gidroksoniy kationi(H3O+) va kislota qoldig`I anioni hosil bo`ladi

Masalan: HCl == h+ Cl-

H+ + H2O = H3O+

H2O + HJ = H3O+ + J-

Quyidagi molekulalarda donor-akseptor bog` mavjud:



CO , NH4+, H3O+, HNO3, N2O5, N2O, sariq va qizil qon tuzi va boshqalarda

\

Ion bog`lanish

Qarama-qarshi zaryadli ( musbat va manfiy) ionlarning bir-biriga totilishi hisobiga yuzaga keladigan bog` ion bog` deyiladi.

Metal va metalmas atomlari orasida yuzaga keladi. Bularda N.E.M ayirmasi ”2” dan katta bo`ladi

Asoslar, tuzlar, metal oksidlari bunga misol bo`ladi

Masalan: KOH, K2O, KNO3, FeCl3,Fe(NO3)2, Fe(OH)2, BaCl2 ……..

Xususiyatlari: agregat holati qattiq, qaynash-suyuqlanish temperaturasi yuqori, qutubli erituvchilarda eriydi, ertitmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o`tkazadi kristal holatda o`tkazmaydi, to`yinuvchanlik, yo`naluvchanlik xossalariga ega emas, to`yinmaganlik yo`nalmaganlik xossalariga ega.

Metall bog`lanish

Musbat zaryadlangan yadro va erkin harakatlanuvchi elektronlar hisobiga yuzaga keladi:

Bir xil metal atomlari o`rtasida yuzaga keladigan bog` metal bog` deyiladi.

Barcha metal atomlari bunga misol bo`ladi

Masalan: Na, K, Ca, Mg, Fe, Cu, Cr, Cd, Pd, Au ……

Xususiyatlari: agregat holati qattiq, qaynash-suyuqlanish temperaturasi yuqori, qutubli erituvchilarda erimaydi(ayrimlari kimyoviy jarayon hisobiga eriydi) qutubsiz erituvchilarda erimaydi,Kristal va suyuqlangan holatda elektr tokini yaxshi o`tkazadi, to`yinuvchanlik va yo`naluvchanlik xossalariga ega emas, to`yinmaganlik va yo`nalmaganlik xossalariga ega.



Vodorod bog`lanish

Elektromanfiyliklari juda yuqori bo`lgan metallmaslarning vodorodli brikmalari orasida yuzaga keladigan bog`lanish vodood bog`lanish deyiladi.

Vodood bog`lanish hosil bo`lishining 2 ta sharti mavjud:


  1. molekula tarkibida H elementi bo`lishi shart

  2. N.E.M katta bo`lgan va tarkibida kamida 1juft elektronga ega bo`lgan atom( O, N, Cl, F, Br) bo`lishi shart.

Vodorod bog`lanish 2ga bo`linadi:

  1. Molekulalararo H bog`lanish--- bir nechta molekulalar o`rtasida yuzaga keladi. Bunga HF, HCl, HBr, H2O, bir atomli spirtlar(CH3OH, C2H5OH…), p-nitro fenol , bir asosli karbon kislotalar(CH3-COOH, C2H5COOH,…) va hakazo.

  2. Ichki molekulyar H bog`lanish---bitta molekulaning ichida yuzaga keladi, bularga ko`p atomli spirtlar (etilenglikol-C2H6O2, glitserin-C3H9O3), uglevodlar, RNK, DNK, o-nitro fenol…..

Vodorod bog` eng kuchsiz bog` bo`lib, molekulalararo H bog`lanishning ichki molekular H bog`lanishga nisbatan qaynash-suyuqlanish temperatuasi yuqori bo`ladi

Vodorod----- ion ----- metal ---- kovolent

Shu ko`rinishda (chapdan o`ngga) bog` mustahkamligi ortadi

Kavolent ---- vodorod ----- ion ----- metal



Ushbu ko`rinishda (chapdan o`ngga) qaynash-suyuqlanish temperaturasi ortadi.


Download 21.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling