Zomin davlat qo‘riqxonasining yaratilish tarixi


Tuprog‘i, gidrogeologiyasi va o‘simliklar dunyosi


Download 29.97 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi29.97 Kb.
#1550246
1   2   3   4
Bog'liq
1bob

1.4. Tuprog‘i, gidrogeologiyasi va o‘simliklar dunyosi.
Relefning anchayin qismliligi, iqlim sharoitining xilma-xilligida o‘simliklar qoplamida vertikal kenglilikning keng o‘rin tutgani qo‘riqxona tuprog‘i xilma- xilliligiga zamin yaratdi. Shuningdek shamol jadalligining har xilligi va tuproqni tashkil qiluvchi jinslarning rang-barangligi tuproq mexanik tarkibi va kimyoviyligiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. O‘tgan galgi o‘rmonni tashkil etishda tuproqni o‘rganish natijalari va 1977 yildagi dala ishlari natijalarining to‘ldirishi va tuzatishlariga ko‘a qo‘riqxona hududida vertikal, maydonlashgan hududga moslashgan quyidagi tur va turning bo‘linmalari ajratilgan:
I tur - dengiz sathidan 1750 dan 2300 metrgacha balandlikdagi o‘rtatog‘lik kengligida och-jigar rangli tuproq joylashgan. Tushalgan jinslar sog‘ tuproqlashgan qumoq tuproqdir, shimoliy manzalarning qiyaliklari bo‘ylab tez-tez mahalliy inslarning elyuviysi o‘rin olgan. Tarkibda 4-6,5 foizgacha chirindi mavjud. Yuvilish darajasiga qarab tarkibda chirindi miqdori keskin o‘zgaradi. Och-jigar rangli tuproq maydonida 5ta guruhlikdagi tuproq xilma-xilligi ko‘rinadi.
II tur - dengiz sathidan 2100-2800 metrgacha balandlikdan o‘rin olgan jiggar rang tuproq. relefi o‘ta kesilgan, qiyaliklar asosan tik, shag‘alli va toshli, ba’zan mahalliy jinslar bilan chiqadi. O‘simliklar dunyosi xilma-xildir. Shimoliy yonbag‘irlarda yarimsharsifat va Zarafshon, onda-sonda Turkiston archalari aralashgan o‘rmonzorlar o‘rin olgan.
1-tur bo‘linmasi - jigar rang, karbonatli, janubiy manzaralarning g‘adir-budir va kesilgan relefidagi tik va qiyalagan nishablariga moslashgan. Tuproq gatlami turli darajalarda ko‘rinishdagi eroziya jarayoniga uchragan. Jigar rang karbonatli maydonlarda tuproq 3ta guruhlikdagi tuproq xilma-xilligi ko‘rinadi.
2-tur bo‘linmasi - jigar rang, suyuqlikda ajralib chiqqan (tipik) tuproq. Shimoliy manzaralardagi qiyaliklarda, oldingi tur bo‘linmasi bilan bir balandlikdan joy olgan. Relefi kesilgan, qiyaliklar asosan tik tushgan. Jigarrang, suyuqlikda ajralib chiqqan (tipik) tuproq maydonida 3ta guruhlikdagi tuproq xilma-xilligi ko‘zga tashlanadi.
3-tur bo‘linmasi - o‘rmon kengligida joylashgan jigar rang, suyuqlikda ajralib chiqqan tuproq. Asosan yarimsharsimon va Zarafshon archalarining anchayin unumli yo‘g‘on daraxtlariga moslashgan. Eroziya jarayoniga uchramagan yoki kuchsiz eroziya o‘tgan.
III tur – baland tog‘lik cho‘l o‘tlog‘iga moslashgan tuproq. Subalp kengliklarida jagar rang tuproqdan yuqorida joylashgan. 2700 metrdan pastga tushmaydi. Yuqori chegarasi dengiz sathidan 3500 metr balandlikkacha ko‘tarilib tizmaning cho‘qqilari bo‘ylab o‘tadi. Relef keskin kesilgan, qiyaliklar asosan tik nishabli, shag‘alli va toshli, mahalliy jinslaming chiqishlari ko‘p. Tuproq kuchli yuvilgan, kuchsiz rivoj topgan, karbonatlardan suyuqlikda erib ajralib chiqqan. Bir guruhga birlashgan.
IV tur – qiyalama-tekis relefdagi asosiy ochiq suv oqimlari bo‘ylab iovlashgan o‘tloq-allyuvial tuproq. Buta-daraxt o‘simliklar onda-sonda uchraydi. Archa. tol, zirk va na’mataklar o‘sadi. Bir guruhga birlashgan.
V tur- saz botqoqliklarining torflashgan tuprog‘i (torf-botqoq yuqoritog‘lik tuprog‘i). Vaqtincha yoki mutassil ortiqcha namlanish natijasida yuzaga keladi va buloqlar hamda doimiy qorliklar yaqinida qiyaliklar, daryo qayirlari depressiyasiga moslashgarn. Bu yerlarga qiyoq o‘t-ayiqtovongulilar, qiyoq o‘t-qo‘g‘a va kabreziv turkumlari xos. Ortiqcha namlanish aeroziyani qiyinlashtiradi va anaerob jarayon rivojiga yo‘l ochib ko‘p miqdorda o‘simliklar to‘kilishi torflashtirishga olib keladi. Torfli gorizont miqdori 30 - 50 sm gacha yetadi. Torf ostida toshqotishma bilan tushalgan zang dog‘lari bilan ko‘kimtir qumloyli qatlam yotadi.

Download 29.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling