Zomin tuma ni


belgi bilan yozish mumkin?


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana21.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1217375
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-sinf matematika ochiq dars ishlanma Oydin Roziqova

belgi bilan yozish mumkin? 
Buning uchun matematiklar kasrlar deb ataluvchi sonlarni o‘ylab topdilar 
Kasrlarni yozish uchun tanish belgi (raqam)lar va chiziqlardan foydalaniladi. Chiziq 
tagiga narsa, shakl yoki miqdor nechta teng qismga bo‘linganligini ko‘rsatuvchi son 
yoziladi. Bu son maxraj deb ataladi. Chiziq ustidagi son shunday qismdan nechta 
olinganligini ko‘rsatadi. Bu son surat deb ataladi.
Endi biz birinchi rasmda to‘g‘ri to‘rtburchakning 1/15 qismi, ikkinchisida 1/6 
qismi, uchinchisida … qismi bo‘yalganligini ko‘rib turibmiz. Demak, agar birinchi 
to‘g‘rito‘rtburchakning ikki qismi bo‘yalsa, u holda “To‘g‘ri to‘rtburchakning 2/15 
qismi bo‘yalgan” deyiladi. Agar uch qismi bo‘yalsa, u holda “To‘g‘ri 
to‘rtburchakning 3/15 qismi bo‘yalgan” deyiladi. Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning 
hamma qismlari bo‘yalsa, u holda birinchisida 15/15, ikkinchisida 6/6, uchinchisida
esa 12/12 va h. k. kasr hosil bo‘ladi.
Yodingizda tuting! Agar har bir to‘g‘ri to‘rtburchakning hamma qismlarini 
bo‘yasak, unda bir butun to‘g‘ri to‘rtburchak hosil bo‘ladi. Shuning uchun surat va 
maxraji bir xil bo‘lgan har qanday kasr 1ga teng bo‘ladi:15/15=1; 6/6=1; 12/12=1 
625- topshiriqda berilgan rasmlar nimasi bilan bir-biriga o‘xshashini 
o‘quvchilarga tushuntiriladi. Ya’ni barcha shakllarning ¼ qismi bo‘yalgan.
626-627- topshiriqlarni o‘quvchilar doskada bajaradilar.
626- topshiriqda AB kesmani o‘lchab, daftarlarida chizadilar.
O‘ylab ko‘ring! Kesmaning 1/10 qismi nimaga teng.Yozuvlar to‘g‘ri bo‘lishi uchun 
nuqtalar o‘rniga qanday uzunlik o‘lchovlarini yozish kerak? O‘quvchilar topshiriqni 
bajaradilar. 1…=1/10… 1…=10… 
Agar quyidagicha yozuv hosil bo‘lsa, u holda topshiriq to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi: 
1 sm= 1/10 dm 1 dm= 10 sm 
627 – topshiriq 
Santimetrning 1/10 qismi nimaga teng? 1/10 sm … mmMetrning 1/10 qismi nimaga 
teng? 1/10 m= … dm. 1m hosil bo‘lishi uchun 1 km ni nechta bir xil qismga bo‘lish 
kerak? To‘g‘ri tenglikni yozing: 1 m=…/… km.
To‘g‘ri tengliklar: 1/10 sm=1 mm; 1/10 m=1 dm; 1 m=1/10 km.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling