Zond qo’yish, oshqozon yuvish texnikasi stomatitlarda og‘iz shilliq par


Download 77.55 Kb.
bet5/6
Sana02.11.2023
Hajmi77.55 Kb.
#1740146
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ZOND QO’YISH, OSHQOZON YUVISH TEXNIKASI

10. Tozalovchi huqna qilish texnikasi

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga uchligi yumshoq rezina balloncha bilan huqna qilinadi, yoshidan oshgan bolalarda Esmarx krujkasi yoki uchligi qattiq rezina ballon (nok) yordamida bajariladi.


Tozalovchi huqna uchun uy haroratidagi suv ishlatiladi, kichik yoshdagi bolalar uchun esa suv harorati 24-26°C bo‘lishi lozim. Huqna qilinadigan ballon oldin 15 daqiqa qaynatib sterillanadi, uchligiga esa vazelin surtiladi. Yuboriladigan suvni ballonga to‘ldirib olinadi, buning uchun uni oldin yaxshilab qisib, havosi chiqarib yuboriladi.
Bolani chap yonboshi bilan kleyonka va choyshab ustiga yotqiziladi. O‘ng oyog‘ini bukib qorniga tortiladi. O‘ng qo‘l
bilan hech qanday kuch ishlatilmasdan ballon uchligini to‘g‘ri ichakka 4-5 sm kiritiladi. Keyin ballonni qisib, suyuqlikni ichakka kiritiladi va bo‘shashtirib yubormasdan, uni to‘g‘ri ichakdan chiqarib olinadi. Suyuqlik chiqib ketmasligi uchun bola dumbalarini bir necha daqiqa yumib ushlab turiladi.
Ko‘krak yoshidagi bolalarga huqnani chalqancha yotqizib qo‘ygan holda, oyoqlarini sal balandga ko‘tarib turib qilinadi.
Tozalovchi huqna uchun suyuqlik miqdori bolaning yoshiga bog‘liq: 1-3 oylik bolaga 60 ml, 3 oylikdan 1 yoshgacha - 90 ml dan 150 ml gacha, 1-2 yoshli bolaga 200 ml; 2-9 yoshli bolaga 400 ml/gacha, 9 yoshdan oshganlarga 500 ml. Katta yoshdagi bolalarga tozalovchi huqna bajarish tartibi:
1. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: Esmarx krujkasi, uchlik, shtativ, vazelin, tuvak, suvqog‘oz, qo‘lqop, bemor mustahabi uchun to‘plam, to‘siq, choyshabcha, niqob, fartuk.
3. Bola ruhiy jihatdan tayyorlanadi.
4. Bola mo‘ljallanayotgan muolaja haqida, uning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida ogohlantiriladi.
5. Qo‘lqoplar kiyiladi va fartuk taqiladi.
v 6. Xona haroratidagi (20oC) 1-1, 5 litr suv Esmarx krujkasiga quyiladi.
7. Krujka shtativga ilib qo‘yiladi.
8. Rezina krujkadagi ventil ochiladi va suv bilan to‘ldiriladi, ventil yopiladi.
9. Uchlik vazelin bilan yog‘lanadi, kushetka ustiga suvqog‘oz to‘shaladi. Bunda uning chetlari pastga qo‘yilgan tog‘oraga tushib turishi kerak.
10. Bolani chap yonboshiga yotqiziladi. Bolaning oyoqlari tizzadan bukilgan va biroz qoringa keltirilgan bo‘lishi kerak.
11. Dumbalari orasi chap qo‘lning 4 ta barmog‘i bilan ochiladi, o‘ng qo‘l bilan esa uchlik anal teshikka ehtiyotkorlik bilan kiritiladi. Bunda avval kindik yo‘nalishida 3-4 sm, keyin esa umurtqa pog‘onasiga parallel yo‘nalishda 8-10 sm kiritiladi. 12. Suvning tez oqishi og‘riq chaqirishi mumkin, shuning
uchun ventilni qisman ochish kerak.
13. Agar suv ichaklarga bormasa, krujkabalandroqko‘tariladi yoki uchlik holati o‘zgartiriladi: u biroz chuqurroq kiritiladi yoki sirtdan tortib ko‘riladi. Agar bu yordam bermasa, uchlikni
chiqarib, boshqasiga almashtiriladi (u najas bilan tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin).
14. Ichakka suv borishi to‘xtagandan keyin ventil berkitiladi va uchlik ehtiyotlik bilan chiqariladi.
15. Bolaga suvni ichakda bir necha daqiqa ushlab turish kerakligi tushuntiriladi.
16. Unga tuvak beriladi.
17. Defekatsiya aktidan keyin najas ko‘zdan kechiriladi. Agar tuvakda faqat najas toshlari aralash suv bo‘lsa huqnani shifokor ko‘rigidan keyin qaytarish zarur.
18. Defekatsiyadan keyin bolaga mustahab qildiriladi.
19. Asboblar, parvarish buyumlari va bemor ajralmalariga ishlov beriladi.
20. Qo‘lqoplar yechiladi va ularga ishlov beriladi.


Download 77.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling