11. Sifonli huqna qilish texnikasi
Odatdagi tozalash huqnalari ta’sir qilmaganda sifonli huqnalar quyidagi hollarda qilinadi:
1) Ichakning tutilib qolishi. 2) Turli xil zaharlanishlаr.
3) Davolash maqsadida gazlarni haydash va yo‘g‘on ichakning pastki qismini yuvish.
Ichakning tez bo‘shalishi uchun sifon usuli (ichakni ko‘p marta yuvish) eng yaxshi usul hisoblanadi, bu usulda tuta-shadigan idishlardan foydalaniladi. Bunday idishning biri -ichak, ikkinchisi - to‘g‘ri ichakka kiritilgan rezina naychaning tashqi uchidagi voronkadir. Bajarish tartibi:
1. Bola ruhiy jihatdan tayyorlanadi. 2. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
3. Tayyorlab qo‘yiladi: 2 ta yo‘g‘on, uzunligi 1 m keladigan bir uchiga shishali naychaulanganoshqozon zondi, 1 litr hajmli voronka, xona haroratidagi 10 litr suv, 1 litrli obdasta, yuvindi suvlarini yig‘ish uchun chelak, suvqog‘oz, fartuk, vazelin, qo‘lqoplar, to‘siq, mustahab uchun to‘plam.
4. Zaruriyat bo‘lsa to‘siq o‘rnatiladi.
5. Qo‘lqoplar kiyiladi va fartuk taqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |