Zoologiya darsligi asosida mavzulashtirilgan testlar to’plami


Zoologiya(10-variant). Xordalilar tipi. Sudralib yuruvchilar sinfi


Download 212.99 Kb.
bet15/30
Sana09.01.2022
Hajmi212.99 Kb.
#266385
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
Zoologiya-2017

Zoologiya(10-variant). Xordalilar tipi. Sudralib yuruvchilar sinfi.

1.Sudralib yuruvchilarga xos bo'lmagan xossa keltirilgan qatorni aniqlang. a.Tuxumida sariqlik moddasi ko’p, po’chog’I qalinb.tuxumdan chiqqan bolasi voyaga yetgan davriga o'xshamaydi c.tuxumlarini quyosh yaxshi tushadigan qum yuza qavatiga ko’mib qo’yadi d. tumshug’i osti va qornida muguz tangachalari yaxlit qoplam hosil qiladi

2.Ildam kaltakesak uzunligi(a), tuxumlari soni (b), bir yilda necha marta tulashini(v) juftlang:1)15 – 20 sm; 2)5 – 15 sm; 3)10 – 20 ta; 4)5-15 ta; 5)4-5 marta; 6)5-7 marta a.a-2,b-3,v-6 b.a-1,b-4,v-5 c.a-2,b-4,v-6 d.a-1,b-3,v-5

3.Ko’zida yuqori va pastki qovoqi b-n birga yupqa pardaga o’xshash pirpiraydigan 3-qovog’I ham bo’ladi – …

a. charx ilon b. ildam kaltakesak c. kuyka d. ko’l baqasi

4.Sudralib yuruvchilarning ichki tuzilishidagi amfibiyalardan farqini belgilang: 1)bo’yin umurtqalari soni 8 ta; 2)qovurg’alari va ko’krak qafasi rivojlangan; 3)o’pka devori ko’plab kataklarga bo’lingan; 4)yuragi ikki bo’lma va 1 qorinchadan iborat; 5)yuragi birmuncha murakkab tuzilgan(qorinchasida yarim to’siq bo’ladi); 6)moddlar almashinuvi sust boradi; 7)miyachasi ancha kuchli rivojlangan; 8)urug’lanishi ichki; 9)ayirish sistemasi tasmasimon buyraklar.

a. 1,2,3,4,5,6,7,8,9 b. 1,2,3,5,7,8 c. 4,6,9 d. 1,2,4,5,6,9

5.Kaltakesakning ayri tili nima vazifani bajaradi? a.ta’m bilsh b.tuyg’u c.ta’m, tuyg’u d.haroratni sezish,hid bilish

6.Qaysi hayvon terisi quruq tangachalar b-n qoplangan? a.toshbaqa b.ko’k kaptar c.ildam kaltakesak d.triton

7.Tunda ularning ohista chirqillashi eshitiladi, tunda ov qiladi, hasharotlar va o’rgimchaklar bilan oziqlanadi – bu …

a. qum bo’gma iloni b. ildam kaltakesak c. gekkon d. falanga

8.Oyoqsiz kaltakesaklar: a.sariq ilon,urchuqsimon kaltakesak b.sariq ilon,agama c.qalqontumshuq, sariq ilon d.agama, gekkon

9.Ilonlarga xos bo’lgan belgilarni juftlang: 1)oyoqlari bo’lmaydi, qovurg’alariga tayanib harakatlanadi; 2)shaffof qovoqlari soat oynasi kabi ko’zini qoplab turadi; 3)tullaganda terisi paypoqqa o’xshab yaxlit ko’chib tushadi; 4)yuqori va pastki jag’lari cho’ziluvchan paylar yordamida harakatchan birikkan; 5)tanasidan ancha yo’g’on o’ljani ham butunligicha yutadi; 6)havoda tarqalgan tovushni eshitmaydi; 7)tili go’shdor va yo’g’on; 8)yuqorigi jag’ida zahar bezi va ikkita yirik zahar tishlari bo’ladi; 9)ba’zilarida issiqlikni uzoqdan sezadigan organlari bo’ladi; 10)terisi orqa tomonidan juda qalin qalqonlar bilan qoplangan; 11)tili tam bilish va tuyg’u organidir.

a.1,2,3,4,5,6,8,9,11 b.1,2,3,4,7,8,9,10,11 c.1,3,5,7,9,11 d. 1,2,5,8,9,10,11

10.Zaharsiz ilonlarni belgilang: 1)qum bo’gma iloni; 2)suv ilon; 3)chipor ilon; 4)qora ilon; 5)ko’lvor ilon; 6)kapcha ilon; 7)qalqontumshuq ilon; 8)charx ilon; a.1,2,3,4 b.4,5,6,7,8 c.1,2,3 d.1,2,4,8

11.Ilonlarni ular tarqalgan joylar bilan juftlang: 1)Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qumloqlarida; 2)Vohalar, jarliklar, tashlandiq eski binolar, molxonalar; 3)O’zbekiston janubiy hududlari; 4)janubiy hududlardagi tog’larda va tog’ etaklarida; 5) O’rta Osiyo janubidagi cho’llarda va tog’ etaklarida; 6)Toshkent, Samarqand viloyati tog’ etaklari, Mirzacho’l va Xorazm cho’llarida; a)qum bo’g’ma iloni; b)suv ilon; v)chipor ilon; g)kapcha ilon; c)ko’lvor ilon; d)charx ilon; e)qalqontumshuq ilon;

a.1a,2v,3g,4g,5c,6d b.1g,2a,3v,4d,5c,6e c.1e,2v3c,4g,5e,6d d.1a,2v,3g,4c,5d,6e

12.Qaysi ilon(lar)da issiqlikni sezuvchi organlari bo’ladi? a.qalqontumshuq b.bo’g’ma va shaqildoq c.ko’lvor, kapcha d.suvilon

13.Quyidagilarni juftlang:1)badani shishib ketadi, 2)issig’I ko’tariladi, 3)kasal odam 10 – 15 kundan so’ng tuzaladi; 4)badanida kuchli og’riq bo’ladi; 5)qaysi ilon zahri xavfli; 6)qaysi ilon zahri o’ta zaharli? a)charx ilon; b)qalqontumshuq ilon; c)ko’lvor ilon; d)kobra;

a. a-4;b-1,2,3; c-5;d-6 b.a-1,2,3;b-4;c-6;d-5 c.a-4;b-1,2,3;c-6;d-5 d.a-6;b-5;c-23;d-14

14.Boshqa ilonlarni tutib yeydigan ilonni belgilang: a.charx b.ko’lvor c.qalqontumshuq d.kobra

15.Zaharli ilonlar:1) qum bo’gma iloni;2) suv ilon;3)chipor ilon;4)qora ilon;5)ko’lvor;6)kapcha ilon;7)qalqontumshuq; 8)charx ilon;

a. 1,2,3,4 b. 4,5,6,7,8 c. 1,2,3 d. 1,2,4,8

16.Toshbaqalarga xos bo’lgan belgilar:1)tili g’oshdor va yo’g’on; 2)tishlari rivojlanmgan, jag’lari shoxsimon plastinka bilan qoplangan; 3)kosa qalqoni muguz va ohakdan tashkil topgan; 4)kosa qovurg’alar, umurtqalar va o’mroz suyagi bilan birikkan; 5)ko’zi va hid bilish organ yaxshi rivojlangan; 6)kosa qalqoni suyak va muguzdan iborat; 7)umurtqa pog’onasida bo’yin va dum umurtqalari o’zaro harakatchan, boshqa umurtqalari orqa kosasi bilan harakatsiz birikkan; 8)tuxum qo’yib ko’payadi:

a. 1,2,3,4,5,7,8 b. 1,2,4,5,6,7,8 c. 1,2,3,5,6,7 d. 2,3,4,5,6,7,8

17.Ular o’pka bo’shlig’I to’siqlar b-n ko’plab kameralarga bo’lingan, yuragi esa 4 kamerali, lekin vena va arteriya qoni yurakdan chiqqandan so’ng aralashib ketadi – bu qaysi h-nlar a.toshbaqalar b.timsohlar c.kaptarlar d.amfibiyalar

18.Qaysi h-nlar Kubada maxsus hovuzlarda ko’paytiriladi? a.baqachanoq b.toshbaqa c.timsoh d.boshoyoqli molyuskalar

19.Tili yo'g'on, go'shtdor, tishlari yo'q, jag'lari shoxsimon plastinkalar b-n qoplangan. Ko'rish va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan, bu hayvon? a.toshbaqalar b.timsohlar c.kaltakesaklar d.ilonlar

20.Timsoh burun teshigi va ko'zlari qayerda j.gan? a.bosh oldingi qismi tepasida b.bosh ustidagi maxsus bo'rtiqlarda c.boshdagi chuqurchlarda

21.Qora ilonnning nafas olish a’zosini belgilang: a.ko’plab kameralarga bo’lingan o’pkalar

b.traxeyalaridan tuzilgan c.ko’plab katakchalarga bo’lingan o’pkalar d.1 juft xaltasimon o’pka va traxeya 22.Qaysi hayvon tuxumlari sariqlikka boy va yirik bo’ladi: 1-triton; 2-o’rta osiyo toshbaqasi; 3-yashil qurbaqa; 4-oqcha; 5-missisipi timsohi; 6-agama; 7-kapcha ilon; 8-dengiz tulkisi a.1,3,4,6,8 b.2,5,6,7 c.1,2,5,6,8 d.2,5,7,8

23.Quyida timsoh b-n ular tarqalgan joyni juftlang;a)nil timsohi;b)alligator;c)gavial;1)Amerika;2)Hindiston; 3)Afrika

a. 1a,2b,3c; b. 1b,2c,3a; c. 1c,2a,3b d. 1a,2c,3b

24.Qaysi ilonlar kemiruvchi, qush va kaltakesaklar b-n oziqlanadi?a)bo'g'ma ilon; b)chipor ilon; c)ko’lvor; d)kapcha; e)qalqontumshuq; g)charx ilon; z)suv ilon; a.a,b,c b.a,b,d c.e,g,z d.c,d,e

25.Sudralib yuruvchilar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?

a.qadimgi dumlilar va dumsizlar b.qadimgi reptiliyalar c.sovut boshlilardan(stegasfallar) d.trilobitsimonlar

26.Panja qanotli baliqlar kelib chiqishiga asosiy sabab(lar) to'g'ri ko'rsatilgan a.iqlim quruqlashuvi, suv havzalarining kamayishi b.iqlim sovishi, suv havzalarining kamayishic.yangi turlar paydo bo’lishi, yashash uchun kurash d.tabiiy tanlanish

27.Nima sababdan kaltakesaklar sovuq tushishi bilan kam harakat bo’lib qoladi. a.Oziq yetishmaydi. b.Yuragi sodda tuzilgan c.tana harorati atrof-muhit haroratiga bog’liq d.Tanasida moddalar almashinuvi sust bo’ladi.

28. Trauler nima? a.yirik sut emizuvchilarni ovlash u-n maxsus kemalar b.baliq ovlash uchun maxsus kemalar

c.kaltakesaklar u-n akvarium d.yirik baliqlar va molyuskalar boqiladigan suv osti qo’riqxonalari

29. Cho'l va adirlarda (1), Yevropaning janubida (2), Uzoq Sharq suv havzalarida (3), Tropik dengizlarda (4)tarqalgan toshbaqalarni juftlang: a) O'rta Osiyo toshbaqasi; b)terili toshbaqa; v)botqoq toshbaqasi; g)dengiz toshbaqasi

a. 1a,2b,3v,4g b. 1a,2v,3b,4g c. 1a,2g,3v,4b d. 1g,2v,2b,4g

30. Ikkita qon aylanish doirasi va uch kamerali yurakka ega bo'lgan organizmlarni ko'rsating. 1) itbaliq; 2) triton; 3)gavial; 4)maxoan; 5)siklop; 6)skat; 7)urchuqsimon kaltakesak 8)qurbaqa a. 2,7,8 b.1,2,3,7,8 c.1,3,4,5,6 d.3,4,5

31.Baliqchilik xo’jaligiga ziyon yetkazadigan hayvonlarni belgilang: 1)oq planariya; 2)medusa; 3)yomg’ir chuvalchangi; 4)baqachanoq; 5)chipor ilon; 6)suv iloni; 7)timsohlar; 8)del’fin; a. 1,2,3,4,5,6,7,8 b. 1,2,3,4 c. 2,4,5,6,7 d. 2,4,6

32.Qaysi hayvonda nog’ora pardasi tashqi quloq vazifasini bajaradi? a.ildam kaltakesak b.ko’l baqasi c.yashil qurbaqa d.dengiz tulkisi

33. Qushlar qaysi suyaklari bir qancha mayda suyaklarning qo’shilishidan hosil bo’lgan? 1)o’mrov; 2)ilik; 3)dum; 4)panja; 5)toj suyagi

a.1,2 b.2,4 c.3,5 d.1,4 e.2,5

34.Qaysi hayvonlarga ichki urug’lanish xos: 1)akula; 2)yashil baqa; 3)timsoh; 4)manta; 5)okun; 6)povetuxa; 7)qurbaqa; 8)dengiz tulkisi; 9)toshbaqa; 10)triton; a.1,3,5,8,9 b.2,4,6,7,10 c.1,3,4,8,9 d.2,5,6,7,10

35.Qushlarning chanoq suyagi umurtqa pog’onasi qaysi qismlari bilan harakatsiz birikkan: 1)bo’yin; 2)ko’krak; 3)bel; 4)dumg’aza; 5)barcha dum umurtqalari; 6)oldingi dum umurtqalari; a.3,4,6 b.1,3,5 c.2,4,6 d.1,2,5

36.Pastki va yuqori jag’lari paylar yordamida harakatchan birikmagan hayvonlar: 1)kapcha; 2)sariq ilon; 3)qalqontumshuq; 4)bo’g’ma ilon; 5)gekkon; 6)urchuqsimon kaltakesak; 7)chipor ilon; 8)echkiemar; a.1,3,4,7 b.2,5,6,8 c.1,2,4,5 d.3,6,7,8

37.Qushlarning dum suyagi vazifasini belgilang: a.qo’nayotganda zarbani kamaytiradi b.uchayotganda asosiy og’irlik tushadi c.burilish patlari uchun tayanch bo’ladi d.uchayotganda yolg’iz ko’tarish yuzasini hosil qiladi

38.O’q skleleti suyaklanmagan organizmlar: 1)oq amur; 2)sterllyard; 3)oqcha; 4)beluga; 5)laqqa; 6)qilquyruq;

a.1,2,3 b.4,5,6 c.1,3,5 d.2,4,6

39.Qovurg’alariga tayangan holda harakatlanadigan hayvonlarni belgilang: 1)kapcha; 2)sariq ilon; 3)qalqontumshuq; 4)bo’g’ma ilon; 5)gekkon; 6)urchuqsimon kaltakesak; 7)chipor ilon; 8)echkiemar; a.1,3 b.5,8 c.1,2,4,6,7 d.2,5,6,8

40.Eshitish organi yaxshi rivojlanmagan (a) va yaxshi rivojlangan (b) organizmlarni juftlang: 1)sariq ilon; 2)gulmoy; 3)kapcha ilon; 4)bo’g’ma ilon; 5)gekkon; 6)urchuqsimon kaltakesak; 7)chipor ilon; 8)qalqontumshuq ilon;

a. a-1,3,4,8; b-2,5,6,7 b. a-1,3,4,7; b-2,5,6,8 c. a-3,4,7,8; b-1,2,5,6 d. a-1,2,7,8; b-3,4,5,6

41Qushlarning ko’krak muskullarining bir uchi (a) qaysi suyakka, ikkinchi uchi (b) qaysi suyakka birikadi;

a. a-yelka; b-ko’krak b. a-panja; b-tirsak c. a-ko’krak toj; b-tirsak d. a-bilak; b-tirsak

42.Qushlar panja suyagi mustahkam bo’lishini sababi; 1)barmoqlari soni kamayishi; 2)qo’nayotganda zarbani yumshatishi; 3)havo bilan to’lganligi; 4)mayda suyaklarining qo’shilishi; a.1,2 b.2,4 c.1,3 d.1,4

43.Ko’zlari qovoq bilan ta’minlangan organizmlar: 1)triton; 2)sariq ilon; 3)salamandra; 4)dengiz tulkisi; 5)qilquyruq; 6)gekkon; 7)charx ilon; 8)beluga; 9)echkemar; 10)chipor ilon; a.1,2,4,5,9 b.4,5,7,8,10 c.3,6,7,8,10 d.1,2,3,6,9

44.Uchinchi pirpiraydigan qovoqqa ega bo’lmagan organizmlar: 1)triton; 2)salamandra; 3)povetuxa; 4)sariq ilon; 5)echkiemar; 6)agama; 7)bo’g’ma ilon; 8)gatteriya; a.4,5,6,8 b.1,3,5,7 c.2,4,6,8 d.1,2,3,7

45. Chuchuk suvda yashaydigan toshbaqaning dengiz toshbaqasidan farqini belgilang: a.bo’yin,dum umurtqalari harakatchan birikkan

b.tili yo’g’on,go’shtdor c.barmoqlari orasida suzgich parda mavjud d.tishlari bo’lmaydi

46.Bo’g’ma ilonning shaqildoq ilonga o’xshashlik (a) va farq qiluvchi (b) belgilari; 1)o’ljani bo’g’adi; 2)zaharsiz; 3)issiqni sezuvchi a’zosi mavjud; 4)yaxshi eshitmaydi; 5)tirik tug’adi; 6)po’sti yaxshi ajraladi;

a. a-3,4,6; b-1,2,5 b. a-1,2,3; b-4,5,6 c. a-2,3,6; b-1,4,5 d. a-1,2,5; b-3,4,6

47.Qushlarning qaysi patlari biri – birining ustiga cheripitsa singari tushib, ko’tarish yuzasini hosil qiladi? a. birinchi va ikkinchi tartibli o’siqchalari b.pat va parlari c.qanot va dumidagi qoqish va boshqarish patlari d.1- va 2- tartibli o’siqchalari va ulardagi ilmoqchalar

48.Qushlarning uch juft chanoq suyagi qaysi suyaklar bilan qanday birikkan

a.bel, dumg'aza va oldingi dum umurtqalari b-n, harakatsiz b.bel,dumg'aza, oldingi dum umurtqalari b-n, harakatli

c.bel, dumg'aza,keyingi dum umurtqalari b-n, harakatsiz d.bel, dumg’aza, dum suyaklari va son, harakatsiz

49.Embrionning tuxumda uzoqroq rivojlanishiga sabab nima? a.qalin qobiq b.yupqa qobiq c.tez rivojlanish d.sariqlik ko’pligi

50.Qushlar pati xillarini ko’rsating. 1.ustki 2. qoplag’ich 3.yelpig’ich 4. momiq 5. Parlar 6.kontur 7.boshqarish

a.1.3.4,7 b.2.3.5.6 c.2.4.6.7 d.1.3.5.7

51.Qushlar tanasi qanday bo’limlardan iborat. a.Bosh, gavda, oyoq b.Bosh, bo’yin, gavda, oyoq c.Bosh, bo’yin, ko’krak, oyoq d.Bosh, gavda

52.Qushlar qanoti ko’tarilishi qaysi muskullar b-n bog’liq. a.o’mrov b.yelka c.katta ko’krak d.qovurg’a

53.Qaysi umurtqalilarda 1- b/b o'rta quloq paydo bo'lgan?a.amfibiyalarda b.baliqlar c.qushlar d.sudraluvchilar

54.Havo muhitiga moslashgan issiqqonlilarni belgilang: 1)ninachi; 2)maxaon; 3)kaptar; 4)qaldirg’och; 5)asalari; 6)kuya kapalagi; 7)qarg’a; 8)qanotli o’rgimchaklar; a.2,4,5,7,8 b.1,2,5,6 c.3,4,7 d.1,2,8

55.Qushlar qaysi patida 2-tartib o’siqchalari bo’lmaydi, yelpig’ichi g’ovak? a.boshqarish b.momiq c.kontur d.qoplag’ich

56.Patlardan qaysi birida o’zagi juda kalta, o’siqchalari mo’yqalam singari j.gan? a.parlar b.momiq pat c.kontur pat d.qoplag’ich pat

57.Kaptar qaysi suyagi tanasini yerdan dast ko’tarib turadi va qo’nayotganida tanaga beriladigan zarbani kamaytiradi

a. son b. bolder c. ilik d. son va ilik

58.Qushlarning qaysi qismlari muguzdan iborat: 1)suyaklari; 2)tumshug’I; 3)par va patlari; 4)iligidagi tangachalar; 5)tirnoqlari; 6)dumg’aza bezlari; a. 1,2,3,4,5,6 b. 1,2,3,4,5 c. 2,3,4,5 d. 2,4,5,6

59.Qushlar skeleti qaysi belgilari sudralib yuruvchilarga nisbatan mustahkamligini belgilaydi:

a. naysimon suyaklari orasida havo bo’lishi b. bir qancha suyaklari qo’shilib o’sganligi

c.bir marta olgan havodan 2-marta nafas olishi d. barcha javoblar bir-birini to’ldiradi

60.Qushda qaysi suyaklari birikib yagona dumg’aza suyagini h/qiladi: 1)ko’krak; 2)dumg’aza; 3)bel; 4)dum; 5)bo’yin; 6)to’sh; 7)ko’krak tirgak;

a. 2,3,4 b. 1,3,5 c. 2,4,6 d. 1,2,3,4

61.Qushda harakatli (a) va harakatsiz (b) birikkkan umurtqani belgilag:1)ko’krak;2)dumg’aza;3)bel;4)dum; 5)bo’yin;

a. a-2,3,4,5; b-1 b. a-1,5; b-2,3,4 c. a-5; b-1,2,3,4 d. 1,2,3; b-4,5

62.Kaptarda qovurg’alar bir uchi ko’krak umtqalari, 2-uchi to’sh suyagi b-n … qo’shilgan. a.harakatsiz b.yarim harakatchan c.harakatsiz

63.Qush uchganda eng ko’p og’irlik qaysi suyagiga tushadi?a.barmoq b.panja c.yelka d.ko’krak toj suyagi

64. Kaptarda … suyaklarining pastki qismi uchi tutashib, ayrini hosil qilgan? a.o’mrov b.to’sh c.yelka d.ko’krak tirgak

65.Qaysi h-nda yelka kamariga ko’krak tirgak, kurak,o’mrov suyaklari kiradi? a.it b.baqa c.ko’k kaptar d.kapcha

66.Qushlarda … va … tufayli panja suyagi mustahkam bo’ladi. a. barmoqlari ortishi/yirik suyaklari qo’shlishi b. barmoqlari kamayishi/ yirik suyaklari qo’shlishi c.barmoqlari kamayishi/mayda suyaklari qo’shilishi d.barmoqlari kamayishi/mayda suyaklari kamayishi


Download 212.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling