Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari
Hasharotlar (Insecta) sinfi Ko‘krak bo‘Iimi
Download 464.85 Kb.
|
Zoologiya fanidan savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20. Zararkunanda va parazit hasharotlarga qarshi kurash
19. Hasharotlar (Insecta) sinfi Ko‘krak bo‘Iimi.
Ko`krak bo`limi. Hasharotlarning ko`krak bo`limi bir-biridan aniq ajralib turadigan uch bo`g`imdan iborat. Har bir ko`krak bo`g`imida bir juftdan oyo`qlari; o`rta va orqa ko`krak bo`g`imlarida esa bir juftdan qanotlari joylashgan. Oyo`qlarining tuzilishi hasharotlarning yashash muhiti bilan bog`liq. Quruqlikda yashaydigan hasharotlarning oyoqlari yuguruvchi, sakrab harakatlanuvchi hasharotlarniki sakrovchi, suvda suzuvchi hasharotlarniki yassi kuraksimon, yirtqich bеshiktеbratarlarniki tutuvchi, gul changini yig`uvchi hasharotlarniki to`plovchi, tuproqda yashaydigan hasharotlarniki qazuvchi tipda bo`ladi. (41-rasm). Hasharotlarning qanoti ham har xil tuzilgan. Qandalalar birinchi juft qanotining asosi qalinlashgan. Qo`ng`izlarning birinchi juft qanoti juda qalinlashib, qattiq xitindan iborat ustqanotni hosil qiladi. Ustqanot ostqanot va qorinni yopib turadi. Kapalaklarning qanoti tangachalar bilan qoplangan. Pashsha va chivinlarning faqat bir juftdan qanoti saqlanib qolgan, ikkinchi jufti yo`qolib ketgan. Bitlar, burgalar va ishchi chumolilarning qanoti butunlay rivojlanmagan. Qanotdagi tomirlar qanot plastinkasi uchun tayanch bo`lishi bilan birga oziq moddalar va kislorodni qanot to`qimalariga o`tkazish vazifasini ham bajaradi. Tomirlarning tuzilishi hashorotlar sistеmatikasida muhim ahamiyatga ega. 20. Zararkunanda va parazit hasharotlarga qarshi kurash Ma’lumotlarga qaraganda, har yili don ekinlarining zararkunanda hasharotlar dastidan dunyo miqyosida 83 mln. tonnadan ortig‘i yo‘qotiladi. Bu miqdordagi g‘alla bilan 400 million odamni yil davomida oziq-ovqat bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining keltirishicha, har yili yer yuzida 5-6 mln. aholi bezgak chivinlari yuqtirgan bezgak kasalligi tufayli olamdan o‘tadi, shulardan 1 mln. dan ortig‘i 4-5 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi Qishloq xo‘jalik ekinlarining xavfli zararkunandalari qatoriga Osiyo chigirtkasi, to‘qay chigirtkasi, Turkman chigirtkasini; yarim qattiq qanotlilardan zararli xasva, bеda qandalasi; tеng qanotlilardan har xil o‘simlik bitlari, qattiq qanotlilardan kolorado qo‘ng‘izi va bargxo‘r qo‘ng‘izlar; bir qancha tunlam kapalaklari qurtlarini (g‘o‘za tunlami, olma mеvaxo‘ri, karadrina) ko‘rsatish mumkin. Oziq-ovqat omborlarida saqlanadigan g‘alla va un mahsulotlarida turli qo‘ng‘izlar va tunlam kapalaklari qurtlari ko‘payib zarar yetkazadi. Hasharotlarga qarshi kurash choralari ularning biologiyasini o‘rganish asosida olib boriladi. Masalan, bezgak chivinlarining rivojlanishi, tarqalishi va qishlash joyini yaxshi o‘rganish orqali ularga qarshi muvaffaqiyatli kurashish imkonini berdi. O‘simlik zararkunandalariga qarshi turli yo‘llar bilan kurashiladi. Birinchi guruh tadbirlari zararkunandalarning oldini olishga, ikkinchi guruh tadbirlari esa o‘ldirib yo‘qotib yuborishga (agar ular paydo bo‘lganda) qaratilgan. Zararkunandalar vegetatsiya davrida o‘simliklarga va tayyor mahsulotlarga ham zarar keltiradi. Shunga ko‘ra ularga qarshi kurashda o‘simlik vegetatsiyasining turli davrlarida va turli sharoitda kurash olib borish lozim. Zararkunandalarga qarshi olib boriladigan tadbirlar va ularni qo‘llash ma’lum usullar asosida o‘tkaziladi. Har xil zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash tashkiliy-xo‘jalik, profilaktik va agrotexnik, fizik-mexanik, kimyoviy va biologik usullar asosida olib boriladi. Bulardan tashqari karantin metodi ham bor. Bu metod xavfli zararkunandalarning chetdan kelib qolishiga va ularning tarqalgan hududlari kengaymasligiga qaratilgan. Zararkunandalarga qarshi foydalaniladigan har qaysi usulning o‘ziga xos ustunlik va kamchilik tomonlari mavjud. Shu sababli, har qaysi usuldan alohidaalohida foydalanish ko‘pincha kutilgan natijani berishi qiyin. Shuning uchun zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladigan metodlarning kamchilik va yutuq268 tomonlarini hisobga olib, bir-biriga moslashtirilgan holda tizmli tadbirlar sistemasi joriy etilsa, kutilgan natijani beradi. Download 464.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling