Trilobitlar filogeneyasi. Trilobitlar paleontologik manbalarda to’liq shakllangan va ixtisoslashgan organizmlar sifatida quyi kembriy yotqiziqlarida (540 mln yil oldin) uchraydi. Dastlabki vakillari ekzoskeleti tarkibida minerallarni bo’lmaganligi tufayli ularning qazilma turlari qoldiqlari saqlanib qolmagan. Bo’g’imoyoqlilarning kladistik tahlili shuni ko’rcatadiki, trilobitlarni qisqichbaqasimonlarga yaqin qarindosh ekanligiga shubha tug’ilmaydi. Lekin trilobitlarda segmentar juft parapodiyalarni bo’lishi ularni xelitseralilarga ham juda yaqin ajdod ekanligini ko’rsatadi. Chunki hozirgi qilichdumlilar va qisqichbaqa chayonlar tuzilishi bu qarindoshlikni tasdiqlaydi. Trilobitlar va xelitseralilar birgalikda mandibulata taksoniga egizak bo’lgan Arachnata taksonini hosil qilgan. Arachnatalardan trilobitlar antenalarini saqlab qolgan, xelitseralilarda antenalar yo’qolgan. Trilobitlar va qilichdumlilar ostki tomonidan qaraganda bir biriga aniq o’xshaydi. Shuning uchun qilichdumlilar trilobitlardan kelib chiqqan deyiladi.
Adabiyоtlar:
1. G.G.Abrikosov va boshqalar. «Zoologiya» 1 - 2 jilt. T: 1966.
2. V.F.Natali «Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi». T: 1966.
3. S.P. Naimov. «Umrtqali hayvonlar zoologiyasi» 1995 y.
4. O Mavlonov .Sh.Xurramov «Umirqasizlar zoologiyasi» T. 1988 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |