Zoologiya har bir bob bo’yicha testlar


Download 354.01 Kb.
bet10/45
Sana25.07.2023
Hajmi354.01 Kb.
#1662391
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
7-sinf-mavzulashgan-test

ZOOLOGIYADAN TEST.
HASHAROTLAR. 4-VARIANT
1. Iskabtoparlarga xos bo‘lmagan xususiyatlarni ko‘rsating? 1) xivchinlilar sinfiga mansub tripanasomaning oraliq xo‘jayini 2) sporalilar sinfiga mansub leyshmaniyani tarqatadi 3) xivchinlilar sinfiga mansub leyshmaniyani tarqatadi 4) og‘iz organi kemiruvchi tipda 5) og‘iz organi so‘ruvchi tipda
6) cho‘ldagi kemiruvchilar inida uchraydi
A) 1,2,4 B) 3,5,6 C) 1,5,6 D) 2,4,6

2. Ishchi arilarga xos


1. qurtlarini asal bilan boqadi 2. qurtlarini gul changi bilan boqadi 3. qurti barg bilan oziqlanadi 4. ko‘k, sariq nurlarni ajratadi , qizil nurni ko‘rmaydi 5. ultrabinafsha rangni ko‘zi ilg‘ay oladi 6. oyoqlari gul changini yig‘uvchi maxsus ―cho‘tkacha hosil qiladi 7. qizilo‘ngachining keyingi qismi kengaygan
A)1,2,6,7 B)1,4,5,6 C)2,4,5,6 D)1,2,4,5

3. Ishchi arilarga xos emas


1. qurtlarini asal bilan boqadi 2. qurtlarini gul changi bilan boqadi 3. qurti barg bilan oziqlanadi 4. ko‘k, sariq nurlarni ajratadi , qizil nurni ko‘rmaydi 5. ultrabinafsha rangni ko‘zi ilg‘ay oladi 6. oyoqlari gul changini yig‘uvchi maxsus ―cho‘tkacha hosil qiladi 7. qizilo‘ngachining keyingi qismi kengaygan
A)3,4,5 B)2,3,7 C)1,3,6,7 D)3,6,7

4. Ishchi arilar quyidagi qaysi vazifalarni bajaradi?


1. uyani tozalash 2. qo‘riqlash 3. ona ari va qurtlarni oziqlantirish 4. erkak arini oziqlantirish 5. orqa oyog‘idagi maxsus savatcha va ―cho‘tkacha yordamida gul nektari va changini yig‘ib oladi
A)1,2,3,5 B)1,2,4,5 C)1,2,3,4 D)1,2,3,4,5

5. Ishchi arilarga xos bo‘lmagan xususiyat to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang.


A) voyaga yetmagan urg‘ochi
B) boshida ikkita murakkab va uchta oddiy ko‘zi mavjud
C) sariq va kok ranglarni farqlaydi
D) voyaga yetmagan erkaklar

6. Ishchi arilarning yuqori jag‘lari qanday vazifarni bajaradi?


1) mumdan kataklar yasaydi; 2) changdonlardan gul changini oladi; 3) gul nektarini yalaydi;
4) himoya quroli.
A) 2, 3 B) 1, 2 C) 1, 3 D) 3,4 E) 2,4

7. Ishchi asalaiming murakkab (I) va oddiy (II) ko‘zchalarining soni to‘g‘ri berilgan javobni toping.


A) I - 1 ta; II - 2 ta B) I - 2 ta; II - 2 ta
C) I - 2 ta; II - 3 ta D) I - 2 ta; II - 4 ta

8. Karam kapalagi qurtidan pashsha qurtining farqi


a)tuxumini barg ostiga qo‘yadi b)quruq tuproqda g‘umbakka aylanadi c)tuxumdan chiqqan lichinka maydaligi va qanoti bo‘lmasligi bilan yetugidan farq qiladi d)soxta oyoqlari, ilmoqchali yog‘on bo‘ladi e)boshi va oyog‘ bo‘lmaydi f) ko‘krak oyoqlari bilan harakatlanadi
g) devorga chiqib g‘umbakka aylanadi
A)a,c,e B)e,g C)a,d,f,g D)b,e

9. Karam kapalagi qurtidan tut ipak qurtining farqi


1. so‗lak bezlari kuchli rivojlangan 2. boshi va oyog‘i bo‘lmaydi 3. sholg‘om va achambiti bilan oziqlanadi 4. qorin qismida soxta oyoqlari bo‘ladi 5. tut bargi bilan oziqlanadi 6. soxta oyoqlari bo‘gimlarga bo‘linmagan
A)1,4,5,6 B)1,2,5 C)1,5 D)3,4

10. Karam kapalagi qurtining pashsha qurtidan farqi


a)tuxumini barg ostiga qo‘yadi
b) quruq tuproqda g‘umbakka aylanadi c)tuxumdan chiqqan lichinka maydaligi va qanoti bo‘lmasligi bilan yetugidan farq qiladi d) soxta oyoqlari, ilmoqchali yog‘on bo‘ladi e)boshi va oyog‘ bo‘lmaydi f) ko‘krak oyoqlari bilan harakatlanadi g) devorga chiqib g‘umbakka aylanadi
A)a,d,g B)a,b,d,f C)a,d,f,g D)b,e

11. Karam kapalagi qurtining tut ipak qurtidan farqi


1. so‗lak bezlari kuchli rivojlangan 2. boshi va oyog‘i bo‘lmaydi 3. sholg‘om va achambiti bilan oziqlanadi 4. qorin qismida soxta oyoqlari bo‘ladi 5. tut bargi bilan oziqlanadi 6. soxta oyoqlari bo‘gimlarga bo‘linmagan
A)3 B)3,4 C) 3,4,6 D) 1,5

12. Ipak qurti kapalagi lichinkasining boshqa kapalaklar lichinkalariga o‘xshashlik belgilarini belgilang?


1) faqat tut bargi bilan oziqlanadi 2) tanasi bo‘gimlarga bo‘lingan 3) og‘iz apparati kemiruvchi tipda 4) so‘lak bezlari kuchli rivojlangan 5) ko‘krak bo‘limida 3 juft haqiqiy, qorin bo‘limida 5 juft soxta oyoqlari bo‘ladi
A) 1,5 B) 2,3,5 C) 1,4 D) 2,4,5

13. Ipak qurti bezlari isblab chiqargan suyuqlikdan necha metr ip hosil bo‘ladi?


A) 1000-1200 B) 300-400
C) 700-800 D) 1000-1500

14. Ipak qurti qurtlik davrida necha marta tullab, necha yoshni o‘taydi?


A) 2, 3 B) 4, 5 C) 5, 6 D) 3, 4

15. Ikki uchi ochiq bo‘lgan ayirish sistemasiga ega bo‘lmagan organizmlar qatorini belgilang


1. nereida 2. langust 3. krevetka 4. lansetnik 5. bitiniya 6. askarida 7. planariya 8. podolariy 9. bolalar gijjasi 10. kallima
A) 7,8,10,6,9 B) 1,4,8,10
C) 4,5,2,1,3 D) 1,4,5,10

16. Ikki qanotlilar turkumiga mansub hasharotlarni aniqlang.


A) iskabtopar, so‘na, bo‘ka
B) iskabtopar, chivin, asalari
C) yaydoqchi, chumoli, qovoqari
D) uy pashshasi, xonqizi, buzoqbosh

17. Ikki qanotlilardan erkak chivin nima bilan oziqlanadi?


A) odamning qoni bilan
B) o‘simlik shirasi bilan
C) faqat sovuq qonli bayvonlar qoni bilan
D) o‘simliklaming changi bilan

18. Ikki qanotlilarning ikkinchi juft qanotlaridan faqat kalta o‘simta saqlanib qolgan bo‘lib, u o‘simtaning vazifasi nima?


A) uchganida tebranib, ovoz chiqarish
B) uchayotgan hasharot uchun muvozanat saqlash organi
C) hech qanday vazifani bajarmaydi
D) hasharot qo‘nayotganda tanaga beriladigan zarbani kamaytirish

19. Ichki a'zolari va to‘qimalari qon suyuqligida joylashgan hayvonlarni belgilang.


1) asalari; 1) askarida: 3) tillaqo‘ng‘iz; 4) mart qo‘ ng‘izi; 5) kolorado qo‘ng‘izi; 6) yomg‘ir chuvalchangi 7) tibbiyot zulugi: 8) nereida
A)1,4.5.8 B) 1,13,4 C) 1.3,4,5 D) 1,3,6,7

20. Ham oddiy, ham murakkab ko‘zga ega bo‘lgan hasharotni belgilang.


A) tut ipak qurti B) temirchak
C) asalari D) qandala

21. Halqali chuvalchanglar bilan bo‘g‘imoyoqlilar o‘rtasidagi oraliq hayvon turini aniqlang?


A) ninachi B) nozema
C) trilobit D) chigirtka

22. Falanga va ninachi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating?


1) yirtqich 2) yuragining tuzilishi 3) oyoqlari soni 5)mozaik ko‘rish xos 6) tanasi bosh, ko‘krak va qorindan iborat 7) rivojlanishi 8) qon aylanish sistemasi ochiq
A) 1,2,3,4 B) 1,4,6,8 C) 2,3,5,7 D) 1,4,5,6

23. Foydali hasharotlar guruhini bеlgilang.


A) asalari, xonqizi, go‘ng qo‘g‘izi, so‘na
B) may qo‘ng‘izi, bo‘ka, go‘rkov qo‘ng‘i, yaydoqchi
C) inkarziya pashshasi, tillaqo‘ng‘iz, yaydoqchi
D) yaydoqchi, chigirtka, may qo‘ng‘izi, chumoli
24. Foydali hasharotlar keltirilgan qatorni aniqlang?
A) g‘o‘za tunlami, mita
B) bo‘xcha qo‘ng;iz, tilla qo‘ng‘iz
C) o‘laksaxo‘r va go‘ngxo‘r
D) do‘lana kapalagi, go‘rso‘xta qo‘ng‘iz

25. Falanga (I), chayon (II) va ishchi asalari (III) larda nechta va qanday ko‘zlari bo‘ladi?


1) 1 juft murakkab; 2) 1 juft yirik, oddiy; 3) besh juft mayda ko‘zchalar; 4) uchta oddiy;
A)I- 2; II-2,3; III-1,4
B) I- 1,4; II-2,3; III-2
C) I- 2, II- 2,4; III- 1,3
D) I-1,3; II-1,4; III-2,3

26. Faqat hasharotlar qon aylanish sistemasiga xos bo‘lgan belgilarni ko‘rsating?


1) qon alanish sistemasi ochiq tipda 2) yuragi naysimon 3) qoni kislorod tashiydi 4) qoni kislorod tashimaydi 5) yuragi boshko‘krak qismida joylashgan 7) yuragi qorin qismida joylashgan 8) qon aylanish sistemasi
soddalashgan
A) 2,3,6 B) 1,2,4,7 C) 2,4,7,8 D) 3,5,6

27. Faqat ipak qurti kapalagi lichinkasi uchun xos bo‘lgan xususiyatni ko‘rsating?


1) faqat tut bargi bilan oziqlanadi 2) tanasi bo‘gimlarga bo‘lingan 3) og‘iz apparati kemiruvchi tipda 4) so‘lak bezlari kuchli rivojlangan 5) ko‘krak bo‘limida 3 juft haqiqiy, qorin bo‘limida 5 juft soxta oyoqlari bo‘ladi
A) 1,5 B) 2,3,5 C) 1,4 D) 2,4,5

28. Chumolilarning og‘iz apparati qanday tipga ega?


A) so‘ruvchi B) sanchib-so‘ruvchi
C) yalovchi D) kemiruvchi

29. Chumolining og‘iz apparati ...


A) yalovchi B) kemiruvchi
C) kemiruvchi yalovchi D) chaquvchi

30. Bronza qo‘ng‘izi va ipak qurti qurtlarining farq qiluvchi (a) va o‘xshashlik (b) tomonlarini aniqlang? 1) boshi va oyoqlari qalin xitin bilan qoplangan 2) 3 juft ko‘krak oyoqlari mavjud 3) 5 juft qorinoyoqlari mavjud 4) og‘iz apparati kemiruvchi tipda 5) oziq turi 6) nafas teshiklari tanasining ikki yon tomonida


joylashgan.
A) a-1,2,4,6 b-3,5 B) 3,5 b-1,2,4,6
C) a-1,2,3,4 b-5,6 D) a-3,5,6 b-1,2,4

31. Bronza qong‘izi ko‘kragining birinchi bog‘imi ustki (1) va ostki (2) tomonida nima joylashgan


A)1-ustki qanot 2- yurish oyoqlari
B)1-ustki qanot , ostki qanot 2-yurish oyoqlari
C)1-ostki qanot 2- yurish oyoqlari
D)1-qanotlar joylashmagan 2- yurish oyoqlari

32. Boshi bo‘lmaydigan hayvonlar:


A) lansetnik, ari
B) uy pashshasini lichinkasi, baqachanoq
C) chigirtka, tridakna
D) ninachi, baqachanoq

33. Bog‘imoyoqlilarning ajdodi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?


A) tuban tuzilgan yassi chuvalchanglar B) tuban tuzilgan boshoyoqli molluskalar
C) tuban tuzilgan halqali chuvalchanglar D) tuban tuzilgan to‘garak chuvalchanglar

34. Bo‘kaning qurtlari qayerda parazitlik qiladi


A)qoramol terisi ostida, otlar burun bo‘shlig‘i, qo‘ylar oshqozoni
B) qoramol oshqozoni, otlar terisi ostida, qo‘ylar burun bo‘shlig‘i
C) qoramol terisi ostida, otlar oshqozoni, qo‘ylar burun bo‘shlig‘i
D) qoramol burun bo‘shlig‘i, qo‘ylar oshqozoni , otlar terisi ostida

35. Hayvonlarning murdasi va tezagi bilan oziqlanuvchi hasharotlarni aniqlang.


1) o‘laksaxo‘r qo‘ng‘izlar; 2) go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar; 3) pashshalarning qurtlari;
4) ninachi lichinkasi; 5) kana lichinkasi
A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 4

36. Podalariy hasharotlarning qaysi turkumiga mansub?


A) yarim qattiqqanotlilar B) tangachaqanotlilar C) to‘g‘ri qanotlilar D) ikki qanotlilar



Download 354.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling