Зоология ва экология
Urug’larning sifatiga asosiy qo’yiladigan talablar
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Urug’larning sifatiga asosiy qo’yiladigan talablar. Urug’lik donni tozalashda begona aralashmalarning bo’lmasligi. Urug’lik materialga qo’shimcha talablar kuydagilar: urug’lik tarkibida 1000 donni massasi eng ko’p bo’lgan urug’lar tanlab olinadi, bu belgisiga ko’ra tanlab olingan urug’lar yirikligini qarab saralangan bo’lishi kerak. Urug’larning har bir fraktsiyasidan alohida tanlab olinadi.
Separatsiyalash texnikasi yordamida tozalash va saralash dastlabki materialdan aralashmalarni ajratish, urug’larni standartlarda ko’zda to’tilgan me’yorlarga yetqazish, faqat bitta o’simlikka tegishli bo’lgan urug’larni ajratish, urug’larini fizik ko’rsatkichlarini yaxshilash, ekin uchun faqat xosildorligi yuqori urug’larini tanlab olish imkoniyatini beradi. Bu muamoni hal qilish asosiy o’simlik donlari va aralashmalarning fizik-mexanik xossalari orasidagi farqdan foydalanib amalga oshiriladi. Begona va madaniy o’simliklarning urug’lari fizik-mexanik xossalariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Ularning ba’zilari sferik, boshoqlari cho’zinchoq, tsilindrsimon shaklga ega. Urug’larning yuzasi silliq, tolalar bilan yoki tikanlar bilan qoplangan bo’ladi. SHunday qilib, bu aralashmalarning ko’pchiligi o’lchamlari, g’adir-budirligi bilan asosiy o’simlik donidan farq qilishi va shu belgisiga ko’ra ajratilishi mumkin. Ba’zi bir aralashmalar xech qaysi belgisi bilan asosiy o’simlik urug’laridan farq qilmaydi va shuning uchun ajratib bo’lmaydi. Bunday aralashmalar ajralmaydigan yoki qisman ajraladigan hisoblanadi, bular qiyin ajraladigan deb aytiladi. Donni qabul qilish korxonalariga keltiriladigan urug’lik aralashmalarida organik va mineral aralashmalardan tashqari, madaniy o’simliklarning urug’lari, begona o’simlik urug’lari xam bo’ladi. Ularning soni masalan, yangi o’rilgan bug’doy donida 60 xildan ortiq bo’ladi. Quyida bug’doy, javdar, arpa, sholi urug’lik donlari tarkibida ko’p uchraydigan aralashmalar keltirilgan. Bug’doy donidan aralashmalar: yozgi adonis, ko’k vasilek, vika, vinyuk, vezel, volovik. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling