Chegaralangan kondisiyalar. Davlatga sotiladigan don va urug’larning sifatini pasayishi me’yor bilan cheklangan bo’lib, chegaralangan kondisiya deb aytiladi. Bu me’yorlar oxirgi ko’rsat-kich bo’lib, don qabul qiluvchi korxonalar tomonidan maxsus rux-satnomaga binoan qabul qilinadi. Agar donning sifati chegaralan-gan kondisiyadan past bo’lsa, u vaqtda don qabul qiluvchi korxona-lar maxsus ruxsatnoma bo’yicha qabul qilinishi mumkin. Don sotib olish rejasiga ko’ra quyidagi kamchiliklari bor bo’lgan donlar qabul qilinmaydi: har xil yomon hidlari bo’lib, qizib sasiydigan shamollatganda hidlar yo’qolmaydigan (benzin, kerosin); urug’lar aralashmasi tarkibida 1% dan ko’p mayda toshlar mavjud, don uyumlari aralashmasi tarkibida unib chiqqan donlar miqdori 5% dan yuqori bo’lsa va boshqalar. Asosli chegirish kondisiyadan sifat bo’yicha chetlanish yoki o’zgarishlarga yo’l qo’yilsa, u vaqtda asl va pulli chegirish hamda qo’shish qo’llaniladi (5-jadval).
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |