Saqlashda don massasini shamollatish.
Saqlashning kulay temperatura rejimini yaratish uchun don va don mahsulotlari shamollatish zarur buladi. Buning uchun transport mexanizmlari tizimi va don tozalash mashinalari yoki mahsus faol shamollatish uskunalaridan foydalaniladi. Sovutish agenti sifatida tabiiy yoki sovutish uskunalari yordamida sovutilgan xavodan foydalanish mumkin.
Don massasini zararkunandalar ta’siridan ximoya qilish.
Belgilangan muddatda donni sifatli saqlashga erishish uchun uni zararkunandalar olamiga mansub bulgan xasharotlar, kanalar, shuningdek kemiruvchi va kushlar ta’siridan ximoya qilish lozim. Bu tadbir turli kimyoviy vositalar (metilbromid, 242 preparat, fosfororganik preparatlar va x.k.) ni ishlatish yuli bilan amalga oshiriladi.
Ushbu asosiy texnologik amallar bilan birga boshka xususiy usullar xam ishlatiladiki, ular saqlash davrida fakat foyda keltiradi. Masalan, dukkakli ekin uruglari rangi, ulchami bo’yicha saralanib saqlanadi.
Donni saqlash soxasida ishlaydigan zamonaviy mutaxassislar biologik, texnik yunalishlar bo’yicha mukammal tayyorgarlikka ega bulishlari talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |