Zoologiyaga oid masala va mashqlar yechish metodikasi Topshiriqlar
Download 71.24 Kb. Pdf ko'rish
|
4-amaliy mashg'ulot
4-amaliy mashg’ulot Zoologiyaga oid masala va mashqlar yechish metodikasi Topshiriqlar: 1.
Uzunligi 3 mm keladigan burga 20 sm balandlikka 35 sm uzunlikka sakrashi mumkin. Hisoblangchi agar odam ham xuddi burga singari sakray olganda bo‘yi 180 sm bo'lgan odam necha metr balanlikka va necha metr uzunlikka sakray oladi? 2. Agar haydaladigan yerning 1 m2 yomg‘ir chuvalchangi soni 1223 ta bo‘lib, uning bir donasining og‘irligi 0.48 g ni tashkil etsa 1 gektar maydondagi yomg‘ir chuvalchangining umumiy massasini toping. 3. Urg‘ochi dafniya bir tuxum qo‘yganda 60 tagacha qo'yadi. 15 kundan so‘ng tuxumdan yosh dafniyalar chiqadi va ular 15 kundan so‘ng o‘zi mustaqil ko‘paya oladi. Yozning ikki oyi davomida bitta dafniyaning avlodi nechtaga yetishi mumkin? 4.
Tovuqlarga haftada ikki marta ko‘mir kukuni beriladi. Bir martalik ko‘mir kukunini normasi ikki osh qoshig‘i miqdorida 26 gr. 12 ta tovuq uchun bir yil davomida va 200 ta tovuqqa qancha ko‘mir kukuni sarf qilinadi. Ko‘mir kukuni tovuq organizmi uchun qanday rol o‘ynaydi? 5. Sevryuga 400 000 tagacha tuxum qo‘yadi undan chiqqan lichinkalaming 10 % igina shakllangan baliq sifatida dengizga boradi, 90 % i nobud bo‘ladi. Agar yosh sevryuga balig‘ining yashab qolish imkoniyati 0.01 % bo‘lsa, qancha baliq jinsiy voyaga yetishi mumkin? Hisoblang. Download 71.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling