Zo‘yo pirzod


Download 50.51 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi50.51 Kb.
#1110358
Bog'liq
aka nodir


ZO‘YO PIRZOD
زویا پیرزاد

Eron zamonaviy yozuvchilaridan biri Zo‘yo Pirzod 1952 yil Obodon shahrida Eron armanilari oilasida dunyoga kelgan. O‘sha yerda o‘rta maktabni tamomlagan. Keyinchalik Tehronga kelib, yozuvchilik sohasiga kirishishdan oldin Lyuis Kerrolning “آلیس در سرزمین عجایب” ( “Alisa ajoyibotlar mamlakatida”) asarini hamda “آوای جهیدن غوک” (“Qurbaqaning sakrashi ovozi”) nomli xokku (yapon she’riyatidagi an’anaviy qat’iy she’riy shakl)lar to‘plamini fors tiliga tarjima qilgan. Zo‘yo Pirzod hozirgi kunda Germaniyada istiqomat qiladi. Uning barcha asarlari olmon va fransuz tillariga tarjima qilingan.


1991, 1997, 1998 yillarda “مثل همه عصرها” (“Barcha asrlar singari”), “طعم گس خرمالو” (“Nordon xurmoning ta’mi”), “یک روز مانده به عید پاک” (“Pasxaga bir kun qoldi”) kabi uchta hikoyalar to‘plamlarini nashrdan chiqardi.
Keyinroq esa adibaning yuqoridagi hikoyalar to‘plamlarini o‘zida jamlagan bitta “سه کتاب”1( “Uch kitob”) nomi ostida qaytadan nashrdan chiqdi. Uning hikoyalari hozirgi kunda Eronda chop etilayotgan hikoyalardan ajralib turadi.
Uning birinchi romani “چراغ‌ها را من خاموش می‌کنم” (“Chiroqlarni men o‘chiraman”) 2001 yilda (mazkur roman Eronda 2001 yilda “Yilnig eng yaxshi romani” sovriniga sazovor bo‘lgan), keyingi romani “عادت می‌کنیم” (“Odatlanamiz” ) esa 2004 yilda nashrdan chiqdi. Adibaning “Nordon xurmoning ta’mi” to‘plami 1997 yilda “Nasriy adabiyotning yigirma yilligi” (بیست سال ادبیات داستانی ) mukofotining sovrindori bo‘lgan. Adiba ijodida ham realizm, ham modernizm tamoyillari ko‘zga tashlanadi. XX asr realizmida badiiy shartlilik (ramziy obrazlar, rivoyatlar, fantastika elementlari va sh.k. 2)ning turli ko‘rinishlari ham keng qo‘llanila boshlaganini e’tiborga olgan holda, uning hikoyalarida aynan shu metod ustuvorlik qilgan hikoyalari ham anchagina. (“همسایه ها”–“Qo‘shnilar”, “مگس”–“Pashsha”, “لکه”–“Dog‘”, “خانم ف زنی خوشبختی است”– “F. Xonim baxtli ayol”, “هسته های آلبالو”– “Olcha danaklari”, “بنفشه های سفید”–“Oq binafshalar” kabi hikoyalari shular jumlasiga kiradi.) Boshqa bir turkum hikoyalarida esa modernizmga xos umumiy xususiyatlarni ham ko‘rishimiz mumkin. (“زندکی دلخواه آقای ف”– “Janob F.ning orzu qilgan hayoti”, “لیوان دسته دار”– “Dastali fenjon”)
Uning hikoyalari qahramonlari kundalik hayotda o‘z kelishmovchiliklari, dardu alamlari bilan yashovchi Eron ayoli yoki kishisi. Hikoyalarda yozuvchi qahramonlarning bevosita ma’naviy dunyosiga, axloqiy qiyofasiga murojaat qiladi, ularning o‘zaro munosabatlarini, shaxsiy turmushini, qalb intilishlarini jozibali tasvirlaydi. Zo‘yo Pirzod psixolog yozuvchi sifatida o‘z hikoyalarida qahramonlarning qalb dialektikasini ochishga, ruhiy tovlanishlarini ko‘rsatishga alohida e’tibor beradi. Yozuvchi hikoyalarining kitobxonlarni o‘ziga ohanrabodek tortib, maftun etib, ularning ko‘ngillarida beqiyos zavq uyg‘otadigan eng yetakchi fazilatlardan biri asrlarning aksariyatida kitobxon kundalik hayot bilan yashayotgan, o‘zligini ko‘radi, yozuvchi mana shu kundalik, bir maromdagi hayotni yangicha talqin, tiniq va lirik ohangda tasvirlab beradi. hikoyalardagi obrazlar har jabhada, kundalik hayotda biz bilan necha marta uchrashib turadigan real kishilarning haqiqiy qiyofasidir. Uning hikoyalari muvaffaqiyatini ta’min etgan muhim omillardan biri hikoyalarda tasvir etilgan bugungi davr, hozirgi kun, ayniqsa, fors xalqining milliy psixologiyasi, turmush tarzini atroflicha o‘rganganligi, chuqur bilishidir. Bu xususiyat Zo‘yo Pirzod hikoyalarining butun mundarijasida, adibaning davrga xos xarakterli manzara va lavhalarni topa olishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

1 زویا پیرزاد. سه کتاب. تهران2006.



2 Адабиётшунослик луғати. Д.Қуронов, З.Мамажонов, М.Шералиева. Т. 2010., 246-б.

Download 50.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling