Zubayr ibn Avvom


”, deganlar. Oysha roziyallohu anho: “Ularga jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Payg‘ambar


Download 0.64 Mb.
bet3/3
Sana01.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1318015
1   2   3
Bog'liq
Zubayr ibn Avvom

, deganlar.
Oysha roziyallohu anho: “Ularga jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Payg‘ambar (buyruqlari)ga itoat etgan edilar. Ularning chiroyli ish qilib, taqvoli bo‘lganlariga ulkan mukofotlar bordir” (Oli Imron surasi, 172-oyat) oyatini o‘qib, Urvaga: “Ey opamning o‘g‘li, otang Zubayr va Abu Bakr o‘shalardan edi”, degan.
Badr jangida Zubayr roziyallohu anhu boshiga sariq salla o‘rab olgan edi. Jang paytida Allohning izni bilan yordamga tushgan farishtalar ham sariq sallada bo‘lishgan. Bu haqda Nabiy alayhissalom: Farishtalar Zubayr siymosida tushishdi”, deb marhamat qilganlar.
Xandaqda jangida ittifoqdosh Banu Qurayza qabilasi o‘z ahdini buzib, dushman bilan til biriktirgani haqida xabar keldi. Buni aniqlash uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: Kim Banu Qurayzaga borib, menga ularning xabarini bilib keladi? deb so‘radilar. Zubayr roziyallohu anhu: “Men borib kelaman”, dedi. U zot: Senga ota va onam fido bo‘lsin”, dedilar.
Zubayr roziyallohu anhu ko‘p yillar mobaynida: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ota-onam senga fido bo‘lsin”, deganlar”, deb faxrlanib aytib yurgan.
Jobir ibn Abdulloh (r.a)dan rivoyat qilinadi, Rasululloh (s.a.v) aytdilar: “Har bir Nabiyning havoriysi bor. Mening havoriyim Zubayrdir”. Ikki Shayx va Termiziy rivoyati.
Havoriy so‘zi “ixlosli”, “musaffo”, “eng yaqin do‘st” va “yordamchi” degan ma’nolarni anglatadi. Alloh taolo Qur’oni karimda Iyso alayhissalomga ixlos qilgan, u zotga nisbatan ko‘ngillari eng musaffo bo‘lgan hamda eng yaqin do‘st va yordamchi bo‘lgan fidokorlarni “Havoriy” deb atagan. Ularga o‘xshash saodatli kishilar har bir nabiyning ummati ichida bo‘lgan. Muhammad (s.a.v)ning ummatlari ichida ana shunday oliy unvonga sazovor bo‘lgan Zubayr ibn Avvom raziyallohu anhuning hayotlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Jannat bashorati berilgan o‘nta sahobadan biri, Rasululloh (s.a.v) mening havoriyim deb sifatlagan zot Zubayr ibn Avvom ibn Xuvaylid ibn Asad ibn Abduluzzo ibn Qusay ibn Kilob raziyallohu anhudirlar. U kishi Payg‘ambarimizning ammalari Sofiyya binti Abdulmuttolibning o‘g‘li bo‘lganlar.
Zubayr ibn Avvom (r.a) islomni birinchi bo‘lib qabul qilgan yettita sahobiydan biridirlar. O‘sha paytda 15 yoki 16 yoshda edilar. Dastlabki musulmonlarning Alloh taoloning yo‘lida tortgan barcha mashaqqat va qiyinchiliklariga barobar sherik bo‘ldilar. Zubayrning amakisi uni bo‘yraga o‘rab, osib qo‘yar va olov yoqib, unga tutunni kiritib, “Kufrga qayt”, - der edi. Zubayr bo‘lsa, “Zinhor kufr keltirmayman” – der edi.
Yoshliklaridan chavandozlik, shijoat va bahodirlik sifatlari bilan ko‘zga ko‘ringan Zubayr ibn Avvom (r.a) musulmon bo‘lganlaridan keyin anashu sifatlarini dinu diyonat yo‘lida ishga soldilar.
Sai’d ibn Musayyib aytadilar: Alloh yo‘lida birinchi bo‘lib qilich yalang‘ochlagan kishi Zubayr ibn Avvomdir. Bir kuni Nabiy (s.a.v) o‘ldirilibdi degan xabar tarqalganda, shiddat bilan qilich ko‘tarib ko‘chaga chiqdi. Yo‘lda Nabiy (s.a.v)ga duch keldilar. “Senga nima bo‘ldi ey Zubayr?!” – dedilar. - Sizni qatl qilishdi deyishdi, Allohga qasamki, Makka ahlidan duch kelganini qilichdan o‘tkazmoqchi edim – dedilar. Rasululloh uning haqqiga duo qildilar”.
Zubayr (r.a) ikki bor Habashistonga, so‘ngra Nabiy (s.a.v) bilan birga Madinaga hijrat qilganlar. Rasululloh (s.a.v) u kishini Salama ibn Salama (r.a) bilan birodar qilib qo‘yganlar.
Abu Bakr Siddiq (r.a)ning katta qizlari Asmo (r.a)ga uylanib, Nabiy (s.a.v)ga boja bo‘lganlar. Madinaga hijrat qilib kelgan paytlarida Asmo (r.a) homilador edilar. U kishi o‘g‘il farzand dunyoga keltirdilar. Payg‘ambarimizning o‘zlari uni tanglayini ko‘tarib, Abdulloh deb ism qo‘ydilar. Bu musulmonlarni juda xursand qildi. Chunki musulmonlar Madinaga kelgach, bir muddat muhojirlar oilalarida farzand dunyoga kelmagan. Shunda yahudiylar: ”Biz ularni sehrlab qo‘ydik. Ular endi farzand ko‘rmaydilar” – deb da’vo qilishgan edi.
Zubayr ibn Avvom (r.a) Nabiy (s.a.v) bilan barcha janglarda ixlos bilan ishtirok etib, o‘zlarining fidokorliklari, jasoratlari, bahodirliklari bilan Islom tarixining zarrin sahifalariga nomlarini oltin harflar ila bitdilar.
Abdulloh ibn Zubayr (r.a)dan rivoyat qilinadi: Ahzob kuni men Umar ibn abu Salama bilan birga ayollarning ichiga qo‘yilgan edim. Qarab tursam, Zubayr otini minib 2-3 marta Bani Qurayzaga borib keldi. Keyinroq bu haqda otamdan so‘radim. – Meni ko‘rdingmi o‘g‘lim, Rasululloh (s.a.v): “Kim Bani Qurayzaga borib, menga ularning xabarini bilib keladi?” – dedilar. Men borib keldim. Shunda Rasululloh (s.a.v): “Senga otam va onam fido bo‘lsin” – dedilar. Ikki Shayx va Termiziy rivoyati.
Zubayr (r.a) Ali (r.a)ning xalifalik davrlarida musulmonlar orasida ixtilof chiqib, Ali va Muoviya (r.anhum)lar o‘rtasida bo‘lgan Siffin jangida halok bo‘lganlar deyiladi. Zubayr (r.a) Muoviya tarafda turib jang qilgan edilar. Lekin aslida Siffin jangi bo‘lib turgan paytda Zubayr (r.a) bu urush noto‘g‘ri ekanini anglab, jang maydonidan chiqib ketadilar. Bir vodiyda Alloh taologa iltijo qilib, namoz o‘qiyotgan paytlarida Amr ibn Jurmuz ismli badbaxt tomonidan qatl etildilar.
Jangdan so‘ng Ali (r.a) odamlari bilan qarorgohlarida o‘tirgan edilar. Amr ibn Jurmuz mukofot ilinjida Zubayr (r.a)ni qilichlarini olib u kishining oldilariga keldi.
- Qo‘lingdagi Zubayrning qilichimi?
- Ha, uni o‘ldirganimdan keyin oldim. Ali (r.a) qilichni o‘ng qo‘llari bilan oldilar. So‘ng ikki qo‘llari bilan ushlab, og‘izlariga olib kelib, ham mehr, ham mahzunlik ila o‘pdilar.Ko‘zlaridan duv-duv yoshlar to‘kildi. Va:
- Bu qilichning egasi u bilan Rasulullohdan g‘amni ketkazgan edi. Sen esa, Ibn Sofiyyaning qotili! Do‘zaxning bashoratini olaver.
Bu voqeaning bayonini batafsil o‘qib chiqsangiz, ko‘zingizdan oqayotgan yoshlarni to‘xtata olmaysiz. Chunki u zot Ali karramollohu vajhahuni ham mahzun qilib yig‘latgan Rasululloh (s.a.v)ning havoriylari Zubayr ibn Avvom edilar.Alloh u kishidan rozi bo‘lsin.
Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling