Zubilo va kreytsmeyselni ishga sozlash zubiloning charxlanish burchagi


Download 67.5 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1555912
1   2   3   4   5
Bog'liq
ZUBILO VA KREYTSMEYSELNI ISHGA SOZLASH ZUBILONING CHARXLANISH BURCHAGI

METALLNI QIRQISH 
Bu operasiya metallni plita ustida qirqishga o‘xshashi bilan birga o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Mana shu xususiyatlari birinchi galda zagotovkaning mustahkamlanishi va qirqish usullaridan iboratdir. Tiskida qirqishni bajarayotgan kishi oyoqlarini sal ochib, mahkam va to‘g‘ri turishi kerak. 
Metallni tiskida qirqishda ko‘pincha o‘quvchilar zubilaning kallagiga qaraydilar. Aksincha, zubilaning tig‘iga (ya’ni qirqilayotgan joyiga) qarashni o‘rganish kerak. Bolg‘ani aniq, ishonch va bir xil kuch bilan urish lozim. Bolg‘a har daqiqada 4560 marta urilishi zarur. Dastlabki (xomaki) qirqishda 1,5 mm dan va oxirgi (tozalab) qirqishda 0,5—1 mm dan ortiq qatlamni yo‘nmaslik.kerak. Ana shunda sirtlar o‘nqir-cho‘nqir va qing‘iriyshiq bo‘lib qolmaydi. Agar qalin qatlamni olib tashlash zarur bo‘lsa, oz-ozdan bir necha marta yo‘nish mumkin. Qirqishni kontur 
chizig‘iga 0,5I mm qolganda to‘xtatib, egovlash uchun qo‘yim qoldirish lozim. Chunki qirqishning 
o‘zi bilan ishlanayotgan sirtning tozaligini va o‘lchamlarining aniqligini ta’minlab bo‘lmaydi. Zubilani chap qo‘l bilan ushlanadi. Bunda qo‘l kallakdan 20 25 mm pastda, o‘zakning o‘rta qismida turishi lozim. Zubilani juda pastidan ushlansa, u mahkam turmaydi va qirqilayotgan joyni ko‘rish 
qiyinlashadi. (9rasm). Zubilani qattiq siqib ushlamaslik kerak, chunki bunda qo‘l darrov toliqadi. Uni uchta barmoq bilan ushlab, bosh va ko‘rsatgich barmoqlarni yerkin holda oldinga o‘zib turish lozim. 
Bunday qilish ayniqsa boshlovchilar uchun o‘ta muhimdir. Chunki bolg‘ani noto‘g‘ri urilsa, ana shu ikkita barmoq zarbni qaytaradi va qo‘lni jarohatlanishdan ma’lum darajada saklaydi. Zubilani qirqish uchun qo‘yilganda uning o‘qi ishlov berilayotgan sirtga nisbatan 20°—40° burchak hosil qilib turishi, 
tig‘i yesa tiski jag‘larining bo‘ylama o‘qiga nisbatan taxminan 45° li burchak hosil qilishi kerak. 
Zubilani ana shu holatda qo‘yish ishning yeng yuqori unumdorligini va ishlangan sirtning toza bo‘lishini ta’minlaydi (10-rasm). Metallarni tiskida qirqishda yaroqsizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun 
kuyidagi talablarga rioya qilish shart:
1. Chilangarlik tiskisining vintli moslamasi tiski jag‘larini bemalol va mustahkam qisishi kerak. 
2. Tiskining jaglari o‘zaro parallel va ularda yaxshi o‘yiqlar hosil qilingan bo‘lishi lozim. 
3. Ishlov berishga qo‘yim qolishi uchun zagotovkani o‘rnatilganda undagi reja chizig‘i 
tiski jag‘larining qirrasidan 1—2 mm ichkarida turishi zarur. 
4. Zubilani qo‘yilganda undagi kesuvchi qismning ketingi qirrasi tiski jag‘larining chetiga 
nisbatan 3—5° li burchak hosil qilib turishi va ishlanayotgan sirtda yerkin yurishi kerak. 
5. Zubilaning og‘ishini u yoki bu tomonga o‘zgartirish ishning buzilishiga, tiskining 
ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. 
6. Metall listlarini tiskida qirqishda zubilani zagotovkaning sirtiga tik holatda qo‘yish va 
asta-sekin tiski jag‘larining bo‘ylamasiga surib borish lozim. 
7. Zubila to‘g‘ri charxlangan bo‘lishi, uning kallagida yoriklar va guddalar bo‘lmasligi kerak. 
8. Bolg‘aning dastasi metall yoki yog‘och pona bilan mustahkamlanishi zarur. 
9. Zagotovka ni tiskiga o‘rnatishda uni mustahkamlangunicha qo‘l bilan mahkam ushlab turiladi. 
10. Tiskida qirqish paytida verstakka mahkam o‘rnatiladigan to‘r yekrandan foydalanish shart. 
11. Tiskida qirqishda qo‘lni toliqtirmaslik uchun zubilani qattiq siqmaslik kerak. 
Ushbu mashg‘ulotda metallarni tiskida kesish usullarini o‘rganishga doir amaliy ishlar ilgari rejalashtirilgan buyumlar va dasturda tavsiya yetilgan buyumlar bilan bajarilishi kerak. 
Metallarni bukish yo‘li bilan tomonlari birbiriga nisatan to‘g‘ri, o‘tkir va o‘tmas burchak tashkil yetuvchi yassi sirtlar xosil qilinadi. 
Yegish yo‘li bilan tomonlari ma’lum egrilik radiusiga ega bo‘lgan yoylar orqali tutashuvchi parallel tekisliklar, botiq va qavariq sirtlar (vtulka, xomut va hokazo) hosil bo‘ladi. 
Metall tiskiga o‘rnatiladi. Bunda quyidagilarga ye’tibor beriladi: 
a) reja chizig‘i tiski jag‘lari tekisligida yotishi kerak. Uning qiyshiq, tiski jag‘laridan 
yuqori yoki pastda joylashuviga yo‘l qo‘yilmaydi; 
b) metallning kesib tashlanadigan qismi tiski jag‘larida yuqorida, ishlatiladigan qismi tiski 
jag‘lari orasiga olib o‘rnatiladi. Aksincha o‘rnatilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi; 
v) kesiladigan metall tiski jag‘laridan yenlik bo‘lsa, uning ortiqcha qismi tiskidan chap tomonga chiqarib o‘rnatiladi va kesish davomida o‘ng tomonga surib boriladi. Metallni jag‘lardan o‘ng tomonga chiqarib o‘rnatmaslik kerak. 
kesiladi. Ishlov beriladigan detalning qo‘llanishiga ko‘ra, kesish toza yoki dag‘al bo‘lishi mumkin. 
Birinchi holda zubiloning bir sidra harakatida metalldan 0,5 dan 1 mm gacha, ikkinchi holda esa 1,5 dan 2 mm gacha qalinlikdagi qatlam kesib olib tashlanadi. Aniq ishlovga 0,4—1 mm gacha kesish natijasida erishish mumkin. 
Chilangarlik ishlaridagi egovlash, parmalash, shabrovkalash, pritirka kabi kesish usullarida detalning ortiqcha qismi qirindi, payraxa shaklida kesib olib tashlanadi. Bundan tashqari, listlar va metall chiviqlarning ma’lum bir qismini qirqib tashlash ham kesish ishlariga kiradi. 
Har qanday kesuvchi asbobniig (zubilo, keskich) kesuvchi (tig‘) qismi pona shaklida bo‘ladi. Masalan, metchik, plashka, metall keskich va egovlarning kesuvchi qismi bir va bir necha ponasimon elementlardan tashkil topgan (1rasm). Zubiloning kesuvchi qismi ham pona shaklidan iborat (2-rasm). Uning geometrik shakli 3-rasmda tasvirlangan, Kesuvchi asbobning o‘tkirligi, uni kesiladigan sirtga qanday burchak ostida o‘rnatilishi va kuchning qanday yo‘naltirilishiga bog‘liq holda kesish jarayoni ko‘p yoki kam jismoniy kuch talab qiladi. Kesuvchi asbob qanchalik o‘tkir bo‘lsa, qirqish burchagi shunchalik kichik bo‘ladi. Binobarin
detal sirtini tarashlash uchun kamroq kuch sarflanadi. 
Kesish nazariyasi va amaliyotida kesuvchi asbob tig‘ini o‘tkirlash uning qanday materialdan tayyorlanganligiga bog‘liqligi aniqlangan. 
Chilangarlikda ishlov beriladigan sirt deganda zagotovkadan payraxa yoki qirindi qirib tashlanadigan detalni, ishlov berilgan sirt deganda esa sirtidan qirindi qirib tashlangan detalni tushunmoq lozim. Kesish tekisligi deganda kesuvchi asbob tig‘i bilan zagotovkada hosil bo‘lgan yuza (sirt) tushuniladi. 
-rasm. Chilangarlik asboblari kesuvchi qismlarining burchaklari: 
a—zubilo; б—kreytsmeysel; в-shaber; г—egov; д— qularra polotnosi; e— parma; ё—yoygich; 
ж— metchik. 
Kesishda asbobdan qirindi chiqadigan sirtni oldingi sirt, unga qarama-qarshi joylashgan tomonini orqa sirt deb aytiladi. Oldingi va orqa sirtlar o‘rtasida hosil bo‘lgan burchakni o‘tkirlik burchagi deyiladi. Bu burchak R harfi bilan belgilanadi. Asbobning oldingi sirti va tekisligi bilan ishlov berilgan sirtdan o‘tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchakni oldingi burchak deb ataladi. Oldingi 
burchak γ harfi bilan belgilanadi. Asbobda oldingi burchak qancha katta bo‘lsa, uning o‘tkirlik burchagi shuncha kam bo‘ladi. 
kesuvchi qismining geometriyasi. 
Kesuvchi asbobning orqa burchagi (α) 3°—8° bo‘lishi kerak. Agar kesuvchi asbobni katta burchak hosil qilib, bolg‘ada zarb berilsa, asbobning tig‘i zagotovkaga botib ketishi, haddan tashqari 
kichik burchak ostidagi zarbada esa zubilo zagotovkadan (sirpanib) chiqib ketishi mumkin. Oldingi va ishlov beriladigan sirt oralig‘idagi burchakni kesish burchagi (a) deb ataladi. U o‘tkirlik burchagi bilan orqa burchak yig‘indisiga teng. 
Ponasimon kesuvchi asbobning ishlov beriladigan metallga ta’siri ponaning o‘qi va yo‘naltiriladigan Р kuchga bog‘liqdir. Agar ponaning o‘qi va Р kuch zagotovkaga nisbatan perpendikulyar zarba bilan yo‘naltirilsa, u holda zagotovka kesiladi; agar ponaning o‘qi va Р kuch zagotovkaga nisbatan 90° dan kam bo‘lgan burchak ostidagi zarba bilan yo‘naltirilsa, u holda zagotovkadan qirindi ajraladi, ya’ni ponaning oldingi sirti metall qatlamini qirindi holida ko‘chiradi. 

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling